calendar 18 Nov 04:58
eye 10
comments 0
comments Manba: xs.uz

Yangiyoʻl shahar hokimi lavozimidan ozod etildi

image
Bugun, 15-noyabr kuni Sultanov Dilshod Shuxratovich Yangiyoʻl shahar hokimi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, ayni vaqtda Xalq deputatlari Yangiyoʻl shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda. Unda hududdan saylangan deputatlar, shahar huquq-tartibot organlari, hududdagi korxona va tashkilot rahbarlari, faollar qatnashmoqda.

Sessiya ishida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan tanqidiy-tahliliy nutq soʻzlagan.

Xususan, viloyat hokimining Sultanov Dilshod Shuxratovichni shahar hokimi lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi qarori tasdiqlangan.

Shundan soʻng Raimov Ravshan Isakdjanovich Yangiyoʻl shahri hokimi etib tayinlandi.

Ravshan Raimov 1976-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. Mutaxassisligi-iqtisodchi.

U faoliyati davomida Davlat soliq tizimida bir qator rahbarlik lavozimlarda, shuningdek, 2020-2023-yillarda Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlagan.

Tayinlovga qadar, Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

25 Sep 13:14
 
34
0
xs.uz

Ushbu sport turiga tegishli tashkilotlar uchun foyda soligʻi 3 yil muddatga 50 foizga kamaytiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 'Xokkey sport turini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, xokkey sport turi boʻyicha terma jamoalar va sport klublari uchun sport zaxirasini yaratish, iqtidorli sportchilarni saralash (seleksiya)ning raqamlashtirilgan tizimini joriy qilish xokkey sport turini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlaridan biri etib belgila

25 Sep 13:14
 
34
0
xs.uz

Prezident shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolariga tabrik yoʻlladi

Qadrli farzandlarim!Avvalo, siz, azizlarni Vengriyaning Budapesht shahrida boʻlib oʻtgan 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasida munosib ishtirok etib, qariyb 200 ta davlat vakillari orasida faxrli uchinchi oʻrinni egallab, oʻzbek shaxmati tarixida yana bir yorqin sahifa ochganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.Gʻoyat keskin va murosasiz musobaqalarda sizlar yuksak aql-zakovat, mustahkam iroda va matonat fazilatlarini namoyon etib, Xitoy, Serbiya, Armaniston, Germaniya, Ozarba

29 Oct 20:49
 
26
0
xs.uz

Tadbirkordan ortiqcha hujjat soʻragan davlat organlari javobgarlikka tortiladi

Qayd etilishicha, kecha, 21-oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan Qonun [OʻRQ-979-son, 21.10.2024-y.] bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish kiritilgan.Qonunga koʻra, tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistika maʼlumotlarining yagona roʻyxatiga kiritilmagan statistika, moliya, soliq hisobotini va boshqa hisobotni, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilmagan oʻzga hujjatlarni, shu jumlada

11 Nov 03:18
 
19
0
xs.uz

Tamaki va alkogol mahsulotlariga aksiz markalarini qoʻllash tartibi belgilandi

Keltirilishicha, yoʻriqnoma tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini berish, qayd etish, saqlash va qaytarish tartibini belgilaydi.Aksiz markalari bilan markalanadigan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni ishlab chiqaruvchi korxonalar 'Davlat belgisi' DUKga quyidagi shaklga muvofiq aksiz markalarini xarid qilishga buyurtmanoma bilan murojaat etadi. Importchilar Bojxona qoʻmitasining hududiy organlariga belgilangan shakldagi buyurtma bilan murojaat qiladi.Quyid