calendar 25 Sep 13:14
eye 14
comments 0
comments Manba: xs.uz

Prezident shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolariga tabrik yoʻlladi

image
Qadrli farzandlarim!

Avvalo, siz, azizlarni Vengriyaning Budapesht shahrida boʻlib oʻtgan 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasida munosib ishtirok etib, qariyb 200 ta davlat vakillari orasida faxrli uchinchi oʻrinni egallab, oʻzbek shaxmati tarixida yana bir yorqin sahifa ochganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Gʻoyat keskin va murosasiz musobaqalarda sizlar yuksak aql-zakovat, mustahkam iroda va matonat fazilatlarini namoyon etib, Xitoy, Serbiya, Armaniston, Germaniya, Ozarbayjon, Sloveniya, Ispaniya kabi manaman degan davlatlarning jamoalarini ortda qoldirganingiz ulkan tahsin va tasannolarga sazovordir.

Sizlarning timsolingizda Yangi Oʻzbekiston yoshlari mana shunday aql va tafakkur bellashuvlarida qanday baland marralarni egallashga qodir ekanini koʻrib, qalblarimiz faxr-iftixor tuygʻulariga toʻlmoqda.

Ushbu musobaqada yuksak intellektual salohiyatini namoyish etgan Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Shamsiddin Vohidov, Nodirbek Yoqubboyev, Jahongir Vohidov kabi oʻgʻlonlarimiz erishgan natijalar biz uchun juda qadrlidir.

Ayniqsa, taxtalar kesimida Shamsiddin Vohidov oltin medalni, Nodirbek Abdusattorov kumush medalni qoʻlga kiritib, naqadar katta mahorat egasi ekanlarini yana bir bor isbotlaganlarini alohida taʼkidlash lozim.

Mard va jasur oʻgʻlonlarimiz qatorida Afroʻza Hamdamova, Nilufar Yoqubboyeva, Umida Omonova, Marjona Malikova, Nodira Nodirjonova singari azmu shijoatli shaxmatchi qizlarimiz ham musobaqalarda munosib ishtirok etib, bor kuch-gʻayrati va mahorati bilan Vatanimiz sharafini himoya qildilar.

Ular oʻtgan olimpiadada koʻrsatgan natijalarini yaxshilab, 170 mamlakat oʻrtasida 12-oʻrinni egallaganlari albatta eʼtiborga molikdir. Matonatli qizimiz Nodira Nodirjonova taxtalar kesimida faxrli 2-oʻrinni egallab, kumush medal bilan taqdirlangani ayniqsa quvonchlidir. Ularning barchasini samimiy qutlab, kelgusi musobaqalarda sovrinli oʻrinlarni zabt etishlarini tilayman.

Albatta, Oʻzbekiston shaxmat ustalari qoʻlga kiritgan ulkan yutuq Yangi Oʻzbekistonda yoshlarga qaratilayotgan yuksak eʼtibor, sport va uning eng intellektual turi boʻlgan shaxmatni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ulkan islohotlarimizning amaliy natijasi, desak, toʻgʻri boʻladi.

Hech shubhasiz, bunday muvaffaqiyatlar xalqimizni ezgu maqsadlar yoʻlida yanada birlashtiradi, ming-minglab yoshlarimiz uchun ilhom manbai boʻlib xizmat qiladi.

Fursatdan foydalanib, siz, aziz farzandlarimga, erishgan yutuqlaringizga katta hissa qoʻshgan tajribali ustoz va murabbiylaringiz, butun jamoangiz aʼzolariga, sizlarni qoʻllab-quvvatlab turgan ota-onalaringiz va barcha muxlislaringizga oʻz nomimdan, butun xalqimiz nomidan chin dildan samimiy minnatdorlik bildiraman.

Sizlarga jonajon Oʻzbekistonimiz 2026-yilda ilk bor mezbonlik qiladigan navbatdagi jahon shaxmat olimpiadasida ham eng yuksak choʻqqilarni zabt etish nasib etsin!

Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va saodat, kelgusidagi oʻqish va ishlaringizda katta muvaffaqiyatlar tilayman. Zafarli yurishlaringiz doimo bardavom boʻlsin, aziz farzandlarim!

Shavkat Mirziyoyev,

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 Oct 11:25
 
16
0
xs.uz

Muzrabotlik oʻqituvchi 2 ming dollar maosh oladi

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.'Taʼlim tizimidagi islohotlar samarasi mamlakat boʻylab boʻy koʻrsatmoqda. Buni Surxondaryo viloyatidagi umumtaʼlim maktablari faoliyatida ham koʻrish mumkin. Oʻqituvchilarning sifatli taʼlim berishi uchun barcha imkoniyat ishga solinmoqda. Elektron vositalardan tortib, yangi avlod darsliklarigacha olis va chekka hududlardagi maktablarga ham yetkazilgan. Yaratib berilayotgan bu kabi sharoitlar oʻqituvchilarning ham, oʻquvchilarning ham oʻrgatish va oʻrgani

09 Oct 12:39
 
9
0
xs.uz

Tadbirkorga 500 ming dollarlik shartnoma tuzib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

Ma'lum qilinishicha, departamentning Shayxontohur tumani bo'limi, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida tadbirkorlik sub'yektlari huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o'tkazilgan.Tadbirda 'S.S.' MChJ rahbari, muqaddam sudlangan N.Sh. tadbirkor U.I.ga tanishlari yordamida 'L.Y.' korxonasi bilan 500 ming dollarlik qurilish ishlarini bajarish yuzasidan shartnoma tuzib, buyurtma olib berishi evaziga shartnoma qiymatining 10 foizi miqdorida pul berishi kerakligini aytib, 50 ming dollar olga

09 Oct 12:39
 
16
0
xs.uz

Qasddan badanga yengil shikast yetkazganlik uchun javobgarlik yengillashtirildi

7-oktyabr kuni imzolangan qonun bilan Jinoyat hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanalida'maʼlum qilindi.Unga koʻra, kodekslarga sogʻliqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish bilan bogʻliq jinoiy qilmishni jinoiy jazo tarkibidan chiqarib, uni maʼmuriy huquqbuzarlik toifasiga oʻtk

24 Aug 17:26
 
28
0
xs.uz

Yangi Oʻzbekiston armiyasi mardlik, fidoyilik, vatanparvarlik maktabi

Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi oldidanInsoniyat tamaddunining beshigi boʻlgan muqaddas Vatanimiz ayni kunlarda yangi davrga qadam qoʻyib, jahonda yangi Oʻzbekiston nomi bilan qayta boʻy koʻrsatmoqda. Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mard va oliyjanob xalqimiz iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy sohalarda yangi marralarni koʻzlab, yangidan-yangi yutuqlarga erishmoqda. Oʻzining muqaddas qasamyodiga hamisha sodiq qolib, xizmat burchini shar