Ushbu sport turiga tegishli tashkilotlar uchun foyda soligʻi 3 yil muddatga 50 foizga kamaytiriladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 'Xokkey sport turini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, xokkey sport turi boʻyicha terma jamoalar va sport klublari uchun sport zaxirasini yaratish, iqtidorli sportchilarni saralash (seleksiya)ning raqamlashtirilgan tizimini joriy qilish xokkey sport turini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlaridan biri etib belgilandi.
Shuningdek, 2025-yildan boshlab har yili xokkey sport turi boʻyicha xalqaro tashkilotlar va chet ellik mutaxassislar ishtirokida seminar-treninglar, shuningdek, ilmiy-amaliy anjumanlar oʻtkazib boriladi.
Xabar qilinishicha, 'Sport faoliyati' (xokkey)' bakalavriat taʼlim yoʻnalishi talabalarining xokkey klublari sport bazalarida amaliyotini tashkil etish choralari koʻrilishi ham koʻzda tutilmoqda.
Ahamiyatli jihati shundaki, Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi, xokkey sport turi boʻyicha sport klublari va nodavlat sport taʼlim tashkilotlari uchun foyda soligʻi 3 yil muddatga 50 foizga kamaytiriladi.
'Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi, xokkey sport turi boʻyicha sport klublari va nodavlat sport taʼlim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish uchun yuridik shaxslar tomonidan yoʻnaltiriladigan homiylik xayriyalari summasi foyda soligʻini hisoblashda soliq solinadigan bazadan chegirib tashlanadi', deyiladi xabarda.
Avvalroq, qaysi yengil avtomobil Oʻzbekistonda koʻproq ishlab chiqarilgani haqida xabar berilgandi.
Ayrim tadbirkorlik subyektlari ragʻbatlantiriladi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Soliq kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanalida xabar berildi. Qonun bilan yuqori barqarorlik reytingiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari uchun ragʻbatlantirish choralari joriy etilishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda: - yuqori barqarorlik reytingiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliqlar boʻyicha (bundan QQS mustasno) ortiqcha toʻlangan summa
Choʻlponni yod etib...
Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Andijonlik bir guruh ijodkorlar Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon tavalludining 126-yilligi munosabati bilan uning Andijon shahridagi uy muzeyida boʻldi. Bu yerda shoirning hayoti va ijodiga bagʻishlangan eksponatlar bilan tanishdi.' Muzeyda Choʻlponning qalamiga mansub boʻlgan asarlarning haqiqiy qoʻlyozmasidan tortib uning qatl etilishiga doir rasmiy hujjatlarning nusxalarigacha oʻrin olgan, ' deydi Oʻzbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasining Andij
Ayrim tadbirkorlik subyektlari ragʻbatlantiriladi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Soliq kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanalida xabar berildi. Qonun bilan yuqori barqarorlik reytingiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari uchun ragʻbatlantirish choralari joriy etilishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda: - yuqori barqarorlik reytingiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliqlar boʻyicha (bundan QQS mustasno) ortiqcha toʻlangan summa
Endilikda ayrim oʻquvchilar xorijiy davlatlarga taʼlim sayohatiga yuboriladi
'Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida musiqa madaniyati fani oʻqitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan oʻqituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident qarori qabul qilindi.Qarorga koʻra, musiqa madaniyati fani oʻqituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash boʻyicha milliy baholash tizimi yoʻlga qoʻyiladi.2025-yil 1-martdan boshlab musiqa madaniyati fani oʻqituvchilari uchun nazariya va amaliyot uygʻunlashtirilg