calendar 18 Nov 10:42
eye 23
comments 0
comments Manba: xs.uz

Namanganda soha fidoyilari oʻz bogʻini yaratmoqda

image
Qudratilla Najmiddinov/'Xalq soʻzi'. Namangan viloyatida 'Yashil makon' umummilliy loyihasining kuzgi mavsumiga start berilganiga bir hafta boʻldi. Davlatobod tumanidagi 'Yangi Oʻzbekiston' bogʻida mahallalar, mehnat jamoalarining mingga yaqin vakillari alohida shijoat koʻrsatmoqda. Jamoalarga ajratilgan maydonlar lina, kyoln, eman, kashtan, oqqayin, shamshod, majnuntol, yapon saforasi, hind sireni singari manzarali daraxt, gul koʻchatlari va butalar bilan toʻldirildi. Istirohat maskaniga yangi oʻtqazilgan koʻchatlar soni salkam 8 ming tupga yetdi.



Shu singari uyushqoqlik Namangan shahri barcha tumanlarda kuzatilib, viloyat boʻyicha bir kunda ekilgan koʻchatlar soni 50 ming tupga yaqinlashdi. Joylarda koʻplab soha vakillari oʻz bogʻlariga asos soldi. Masalan, 'Yangi Oʻzbekiston' bogʻida jurnalistlar, Toʻraqoʻrgʻonda prokuratura xodimlari, 'Adiblar xiyoboni'da nuroniylarning yashil makonlari tashkil qilindi.

' Joriy mavsum ishlarini uyushtirishda oʻtgan yil saboqlaridan jiddiy xulosa chiqarishga toʻgʻri keldi, ' deydi viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi shoʻba boshligʻi Ismoil Mahmudjonov. ' Sir emas, yoz havosining odatdagidan ancha issiq kelishi natijasida oʻtgan yili ekilgan koʻchatlarning 30 foizdan koʻprogʻi ildiz otib ketolmadi. Shundan kelib chiqib maydonlarni tayyorlashda ularning suv bilan taʼminlanishi masalasi alohida eʼtiborga olindi. Zarur joylarda alohida sugʻorish tizimlari barpo qilish orqali doimiy taʼminot kafolati yaratildi.



Maʼlumot uchun, Namanganda ayni paytda jadal davom etayotgan kuzgi mavsum oxiriga qadar 5 million 774 ming tup manzarali va mevali daraxt, buta koʻchat hamda qalamchalari oʻtqazish rejalashtirilgan. Ekilishi bilan 'Yashil makon' elektron platformasiga joylashtirilayotgan bu koʻchatlar har birining egasi aniq, ularning toʻla koʻkarishi hamda keyingi parvarishi masʼul shaxslar tomonidan muntazam qarov va nazorat orqali taʼminlanadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 22:03
 
37
0
xs.uz

Prezident Buxoro xalqaro aeroporti qurilishiga oid taqdimot bilan tanishdi

Aeroportlar boshqaruviga xususiy sektor jalb qilinayotgani ham oʻz samarasini berayapti. Xususan, Samarqand xalqaro aeroporti xususiy boshqaruvga berilib, modernizatsiya qilingach parvozlar va yoʻlovchilar soni 5 barobarga oshgan.Shunday salohiyat Buxoroda ham bor. Lekin u yerdagi aeroport aholi va turistlar talabiga javob bermayapti. Mazkur aeroport soatiga 400 nafar yoki yiliga 1 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsata oladi, xolos. Bu ' talabga nisbatan juda past.Parvozlarni boshqarish va yo

09 Oct 12:39
 
33
0
xs.uz

Oʻzboshimchalik noqonuniy yer egalariga qimmatga tushadi

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda yer maydonlaridan foydalanish, ulardagi binolarni barpo etish, chegaralarini belgilash borasida maʼlum tartiblar ishlab chiqilgan boʻlsa-da, joylarda bu qoidalarga rioya etmaydiganlar hanuz uchrab turibdi. Buloqboshi tumanidagi 'Nur zamin' MFYda yashovchi Abdumannob Sodiqov oʻzi istiqomat qilayotgan hovliga yondosh hududda boʻlgan, tuman hokimligi zaxirasidagi yer maydonini oʻzboshimchalik bilan egallab olgan va bino qurgan. Shu tumanning 'Qum

11 Nov 03:17
 
14
0
xs.uz

Prezidentning Qirgʻizistonga amaliy tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga amaliy tashrifi yakunlandi.Bugun davlatimiz rahbari Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etib, koʻp qirrali hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qator muhim taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.Sammit doirasida Oʻzbekiston Prezidenti Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv oʻtkazdi.Tashrif tadbirlari yakunlangach, davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ke

10 Oct 15:04
 
40
0
xs.uz

Poytaxt IIBB Oʻzbekiston – Eron oʻyinidan oldin futbol muxlislarini ogohlantirdi

Oʻyin uchun iticket.uz sayti orqali sotuvga chiqarilgan barcha chiptalar sotib boʻlingan. Bu mazkur oʻyinga qiziqish juda yuqori ekani va stadionga tashrif buyuruvchilarning koʻp sonli boʻlishini anglatadi.Toshkent shahar IIBBga koʻra, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash uchun Milliy gvardiya bilan hamkorlikda tegishli chora-tadbirlar koʻrilmoqda.'Hurmatli fuqarolar! Sizlardan futbol maydoniga oʻyin boshlanishidan vaqtliroq tashrif buyurishingizni, shaxsiy tra