Prezident Buxoro xalqaro aeroporti qurilishiga oid taqdimot bilan tanishdi
Shunday salohiyat Buxoroda ham bor. Lekin u yerdagi aeroport aholi va turistlar talabiga javob bermayapti. Mazkur aeroport soatiga 400 nafar yoki yiliga 1 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsata oladi, xolos. Bu ' talabga nisbatan juda past.
Parvozlarni boshqarish va yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish tizimlari, kutish-kuzatish zallari eskirgani qatnovlarni koʻpaytirish imkonini cheklayapti. Aksariyat sayyohlar Buxoroga borish uchun Toshkent, Samarqand yoki Urganch aeroportlariga qoʻnishga majbur boʻlayapti. Masalan, 9 oyda Buxoroga tashrif buyurgan 1 milliondan ziyod xorijiy turistlarning 95 foizi poyezd yoki avtomobilda borgan.
Viloyatda mehmonxonalar tarmogʻi, ziyorat turizmi rivojlanib bormoqda. Kelgusi uch yilda Buxoroga turistlar oqimini 8 millionga yetkazish reja qilingan.
Shu bois joriy yil 31-mayda Prezidentimizning viloyatga tashrifi chogʻida Buxoro tumanida yangi xalqaro aeroport qurilishi boshlangan edi. Davlat-xususiy sheriklik asosidagi ushbu loyiha doirasida jahon standartlariga mos aeroport tashkil etiladi. Soatiga 1 ming 200 nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish imkoniyati yaratiladi. Yoʻlovchi va havo kemalariga servis sifatini oshirish orqali yangi xalqaro aviakompaniyalar jalb qilinadi.
Taqdimotda loyihaning texnik-iqtisodiy jihatlari toʻgʻrisida axborot berildi.
Davlatimiz rahbari yangi aeroportda oʻtkazuvchanlik qobiliyatini 2 barobar oshirib, soatiga 8 ta samolyot kelish-ketishiga imkoniyat yaratish zarurligini taʼkidladi. Terminalning qulayliklari, ichki va tashqi qiyofasi boʻyicha tavsiyalar berildi.
Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi tashkil etiladi
'Kambagʻallikdan farovonlik sari' dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi Prezident Qarori bilan rahbarlar va ularning oʻrinbosarlariga ogʻir ahvoldagi kambagʻal oilalar biriktirilishi belgilandi.Xabar qilinishicha, qaror bilan Jamoat ishlari jamgʻarmasi, Hunarmandchilik va kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hamda Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi negizida Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi ta
583-saylov uchastkasida ham ovoz berish jarayonlari bohtml5-dom-document-internal-entity2-039-endlib ohtml5-dom-document-internal-entity2-039-endtmoqda
Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi tashkil etilgan 583-saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlari qizghtml5-dom-document-internal-entity2-39-endin davom etmoqda.Saylovchilar soni 2870 ta. Shundan 16 nafar saylovchi muddatdan oldin ovoz bergan. Shu bilan birga 31 nafar birinchi marta ovoz beruvchilar ishtiroki kutilmoqda.Foto: Yunus Bo'riyev / 'Xalq so'zi'
Ayrim fuqarolar daromad solig‘idan ozod qilinadi
Qonunga ko'ra, 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar bo'lgan davrda:
Muzrabotlik oʻqituvchi 2 ming dollar maosh oladi
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.'Taʼlim tizimidagi islohotlar samarasi mamlakat boʻylab boʻy koʻrsatmoqda. Buni Surxondaryo viloyatidagi umumtaʼlim maktablari faoliyatida ham koʻrish mumkin. Oʻqituvchilarning sifatli taʼlim berishi uchun barcha imkoniyat ishga solinmoqda. Elektron vositalardan tortib, yangi avlod darsliklarigacha olis va chekka hududlardagi maktablarga ham yetkazilgan. Yaratib berilayotgan bu kabi sharoitlar oʻqituvchilarning ham, oʻquvchilarning ham oʻrgatish va oʻrgani