calendar 25 Sep 13:14
eye 30
comments 0
comments Manba: xs.uz

Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi tashkil etiladi

image


'Kambagʻallikdan farovonlik sari' dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi Prezident Qarori bilan rahbarlar va ularning oʻrinbosarlariga ogʻir ahvoldagi kambagʻal oilalar biriktirilishi belgilandi.

Xabar qilinishicha, qaror bilan Jamoat ishlari jamgʻarmasi, Hunarmandchilik va kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hamda Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi negizida Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi tashkil etiladi.

2025-yil uchun uy-joy va ipoteka bozorini rivojlantirish dasturi doirasida ajratiladigan subsidiyalar sonini 1,2 baravarga oshirish nazarda tutiladi.

Shuningdek, 2024'2025-yillarda tajriba tariqasida ogʻir ahvoldagi oilalarni kambagʻallikdan chiqarish maqsadida joylardagi tashkilotlarining 14 mingta rahbarlari va ularning oʻrinbosarlarining har biriga har 6 oyda 5 tadan eng ogʻir ahvoldagi kambagʻal oilalar biriktiriladi.

Qayd etilishicha, 2025-yil 1-apreldan bir qator amaliyotlar joriy etiladi. Masalan, Samarqand va Toshkent shaharlarida eksperiment tariqasida autsorsing asosida Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan boquvchisini yoʻqotgan toʻliq boʻlmagan oilalar, mehnatga layoqatli aʼzosi boʻlmagan oilalar, ikki va undan ortiq nogiron aʼzolari mavjud oilalardagi oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati koʻrsatiladi.

Bundan tashqari, ijtimoiy yetimlikning oldini olish, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga individual yondashuv asosida oilaga yaqin muhitda gʻamxoʻrlik koʻrsatish hamda tarbiyalash xizmatini koʻrsatish maqsadida mahallalarda oila shaklidagi kichik hajmli bolalar uylari tashkil etilishi ham koʻzda tutilgan.

Shuningdek, YATT sifatida roʻyxatdan oʻtgan jismoniy shaxslarga alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning kunduzgi parvarish xizmatlarini hamda yuridik shaxslarga nogironligi boʻlgan bolalar, shu jumladan, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida koʻrsatishga ruxsat beriladi.

Avvalroq, qaysi yengil avtomobil Oʻzbekistonda koʻproq ishlab chiqarilgani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:39
 
40
0
xs.uz

“Avitsenna” nomli milliy brend yaratiladi. U qaysi sohani qamrab oladi?

Shavkat Mirziyoyevning 'Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi Qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Xabar qilinishicha, qarorga muvofiq, 'Tibbiy xizmatlar mehmondoʻstligi' ('Medical service hospitality') dasturi amalga oshiriladi. Shuningdek, bu orqali 'Avitsenna' nomi ostida Oʻzbekistonning tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmi brendi ishlab chiqiladiBundan ta

29 Oct 20:48
 
25
0
xs.uz

Qoraqoʻrgʻonda sel oqiza olmaydigan koʻprik qurildi

Qudratilla NAJMIDDINOV/'Xalq soʻzi'. Namangan viloyati Chust tumanining qoʻshni Qirgʻiz Respublikasi bilan chegaradosh Qoraqoʻrgʻon mahallasida 4,5 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Hududdan oʻtgan Koʻkseraksoy ustiga hashar yoʻli bilan qurilgan koʻprikni tez-tez sel olib ketishi jiddiy muammoga aylangan edi. Aholining tegishli idoralarga murojaati bilan masala yaqinda yechimini topdi ' koʻprik yangilandi. Yangilanibgina qolmay, har qanday selga bardosh bera oladigan qilib butunlay

25 Sep 13:14
 
34
0
xs.uz

Toshkentda “Lacetti” va “Malibu” ishtirokida YTH yuz berdi

Toshkentda 'Lacetti' va 'Malibu' ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt YHXB axborot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 23-sentyabr kuni soat 21:30 larda Yakkasaroy tumani Yusuf Xos Hojib koʻchasi 13-uy qarshisida yuz bergan. Oʻsha kuni 2002-yilda tugʻilgan A.K. 'Malibu' rusumli avtomashinasi va haydovchi, 1996-yilda tugʻilgan M.Q. boshqaruvida boʻlgan 'Lacetti' rusumli avtomashinalari oʻzaro toʻqnashgan.YTH oqibatida Lacetti rusumli a