calendar 10 Oct 15:04
eye 69
comments 0
comments Manba: xs.uz

Poytaxt IIBB Oʻzbekiston – Eron oʻyinidan oldin futbol muxlislarini ogohlantirdi

image
Oʻyin uchun iticket.uz sayti orqali sotuvga chiqarilgan barcha chiptalar sotib boʻlingan. Bu mazkur oʻyinga qiziqish juda yuqori ekani va stadionga tashrif buyuruvchilarning koʻp sonli boʻlishini anglatadi.

Toshkent shahar IIBBga koʻra, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash uchun Milliy gvardiya bilan hamkorlikda tegishli chora-tadbirlar koʻrilmoqda.

'Hurmatli fuqarolar! Sizlardan futbol maydoniga oʻyin boshlanishidan vaqtliroq tashrif buyurishingizni, shaxsiy transportingizda emas, balki jamoat transportida kelishingizni, chiptalarsiz futbol maydoniga kelmasligingizni (chiptalarsiz maydonga kiritilmaydi) soʻrab qolamiz. Futbol ishqibozlariga qulaylik yaratish va tirbandliklarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida qoʻshimcha jamoat transportlari ajratilganini maʼlum qilamiz.

Shuningdek, futbol ishqibozlari maydonda jamoat tartibiga va oʻrnatilgan qoidalarga qatʼiy rioya qilishlarini, muxlislik madaniyatiga amal qilishlarini soʻraymiz', deyiladi IIBB murojaatida.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:46
 
44
0
xs.uz

“Portlash emas, sizib chiqish”: Qoʻqonda nima gaplar?

Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahrida joylashgan 'Indorama Kokand Fertilizers html5-dom-document-internal-entity1-amp-end Chemicals' zavodida yuzaga kelgan holat boʻyicha rasmiy izoh berildi. Ijtimoiy tarmoqlarda zavodda portlash yuz bergani haqida xabarlar tarqalgan edi. Mazkur xabarlarga aniqlik kiritilar ekan, voqea portlash emas, balki suyuq ammiak moddasi sizib chiqishi bilan bogʻliq ekani maʼlum qilindi.Zavod maʼmuriyati tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra, suyuq ammiak mo

01 Jul 04:28
 
35
0
xs.uz

Energiya va suv resurslaridan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Taʼkidlanishicha, soʻnggi yillarda mamlakatimizda energetika sohasini modernizatsiya qilish, energiya resurslaridan samarali foydalanishni taʼminlash, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish hamda hisob-kitob tizimini shaffoflashtirish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.Shu bilan birga, sohada yuzaga kelayotgan huquqbuzarliklarga qarshi samarali kurashish, javobgarlikni kuchaytirish va nazorat mexanizmlarini takomillashtirish dolzarb vazifalardan biriga aylangan.Huquqni

01 Jul 04:28
 
34
0
xs.uz

Hokimlar yoshlar bilan doimiy muloqot platformasini yoʻlga qoʻyadi

Respublika boʻyicha 15 mingga yaqin oʻquv va 7,5 mingta kasbga tayyorlash markazlari mavjud. Soʻnggi yillarda ularga 100 dan ortiq imtiyoz va yengilliklar berildi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvida qayd etildi.Fursatdan foydalanib, davlat rahbari ushbu markazlarga ham murojaat qilib, hozirgi koʻrsatkichlar bilan cheklanib qolmaslikka, kengayishga, zamonaviy kasblar va xorijiy tillarni oʻrganayotgan yoshlarni koʻpaytirishga chaqirdi, buning uchun har qanda

01 Jul 04:28
 
34
0
xs.uz

“Garvardchilar” maktabi Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida ish boshlagani aytildi

'Garvardchilar' maktabi Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida faoliyatini boshlab yubordi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvida maʼlum qilindi.Ushbu xalqaro maktabga bu yilgi 8-sinf bitiruvchilari orasidan 60 nafar oʻquvchi saralab olinadi va 3 ta yoʻnalishda oʻqitiladi. Kelgusida oʻquv oʻrinlari karrasiga koʻpaytiriladi.Umuman, milliy dastur asosida har yili eng salohiyatli 3 ming oʻquvchi seleksiya qilinib, Garvard, Yel, Kolumbiya, Kornel kabi dunyoni