Hokimlar yoshlar bilan doimiy muloqot platformasini yoʻlga qoʻyadi

Fursatdan foydalanib, davlat rahbari ushbu markazlarga ham murojaat qilib, hozirgi koʻrsatkichlar bilan cheklanib qolmaslikka, kengayishga, zamonaviy kasblar va xorijiy tillarni oʻrganayotgan yoshlarni koʻpaytirishga chaqirdi, buning uchun har qanday sharoit yaratishga tayyorligini bildirdi.
Viloyat, tuman hokimlari har bir bolaga oʻz farzandidek qarab, sogʻligi, oʻqishi, yurish-turishi, qiziqish va orzulari, muammolaridan doim xabardor boʻlishi zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
Ular yoshlar bilan doimiy muloqot platformasini yoʻlga qoʻyib, maktab, oliygoh, oʻquv va kasb markazlari, tadbirkorlarni boshini qovushtirib, yoshlarga koʻmaklashadigan tizim qilsa, albatta natija boʻlishi taʼkidlandi.
'Bu ishlar 'kampaniyabozlik' boʻlmasligi, oʻzgarishlarni har bir mahalladagi har bir yosh har kuni chuqur his qilishi zarur.
Ana shunda Yangi Oʻzbekistonda taʼlim olmagan, ishsiz, kasb egallamagan, bir soʻz bilan aytganda, uyushmagan yoshlar degan tushunchalarning oʻzi qolmaydi!''dedi Prezident.
Joriy yil fevral oyida oʻtgan uchrashuvda yoshlar uchun 40 dan ziyod yangi tashabbuslar eʼlon qilinib, qariyb 500 million dollar ajratildi.
Bu yil 35 milliard dollarlik 8 ming 300 ta loyiha ishga tushirilib, 292 mingta ish oʻrni yaratiladi. Yana 500 mingta ish oʻrni yaratadigan 83 milliard dollarlik loyihalar rejalashtirilgan.
Masalan, energetikada 20 milliard, neft-gaz va kimyoda 11 milliard, togʻ-konda 7 milliard, elektrotexnika va avtomobilsozlikda 4,5 milliard dollarlik minglab korxonalar ishga tushadi.
Ishlar boshlanishi bilan 'yashil' iqtisodiyot, 'yashil' energiya, raqamli geologiya, texnologik minerallar, bio-injeneriya yoʻnalishlarida minglab mutaxassislarga talab paydo boʻladi.
'Yangi texnologiyalar asrida kim yutadi? Faqat kreativ fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasblarni egallagan mutaxassislar.
Shijoatingizdan koʻrib turibman, albatta siz, yoshlar bu korxonalarni boshqarib, katta-katta kashfiyotlar qilasizlar, ularga innovatsiyalarni olib kirasizlar!
Shu bois, hozirdanoq bunday loyihalarga kadrlar tayyorlashni boshlaymiz', dedi Prezident.
Ikki tanlovning respublika bosqichi Samarqandda oʻtkazilyapti
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Samarqandda 'Turon' maktab teatri' va 'Iqtidor maktab ansambli' tanlovlarining respublika bosqichiga start berildi. Har ikkala tanlovda uning quyi bosqichlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 28 jamoaning 300 nafar aʼzosi ishtirok etmoqda.Dastlab Registon maydonida tadbirning ochilish marosimi, '3D shou' namoyishi boʻlib oʻtdi. Shundan soʻng Samarqand viloyat musiqali drama teatrida 'Turon' maktab teatri' tanlovining respublika bosqichi boshlandi. 14 ta ja
19-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
'Oʻzgidromet' 19-iyun kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi, baʼzi joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25-27html5-dom-document-internal-entity1-deg-end, kunduzi 37-39html5-dom-document-internal-entity1-deg-end boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylard
Urgut tumani sudining raisi avtohalokat oqibatida vafot etdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi Samarqand viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Urgut tuman sudi raisi Temur Rustamovning avtohalokatga uchrab vafot etgani'toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi rasmiy bayonot berdi.Bildirilishicha, 2025-yil 17-iyun kuni soat 20:30 larda Urgut tumani Bogʻishamol mahallasi hududidan oʻtuvchi 4R-47 avtomobil yoʻlining 61 kilometrida 'Kamaz- 53212' rusumli yuk
Shavkat Mirziyoyev Parkent tumanidagi intensiv bogʻda sarxil mevalar hosilini koʻzdan kechirdi
'Meridian Tempo' korxonasiga qarashli ushbu 54 gektar bogʻda gilos, olma, nok va malinaning eksportbop navlari ekilgan. Koʻchatlar Fransiya va Ispaniyadan keltirilgan. Daraxtlar oʻzini oʻzi changlatish xususiyatiga ega. Bu hosildorlik yuqori boʻlishida muhim oʻrin tutadi.Zamonaviy agrotexnologik tizimlar orqali bogʻda toʻliq tomchilatib sugʻorish joriy etilgan. Avval suv maxsus havzada toʻplanadi va tabiiy nishablik orqali sugʻoriladi. Bunga energiya sarflanmay, natijada xarajat va ma