' Festival qatnashchilariga maxsus teatrlashtirilgan dasturni tuhfa etdik, ' deydi teatr direktorining oʻrinbosari Nuriddinxoʻja Abdurahimov. ' Ular tomonidan ijro etilgan 'O yalli, yalli' , 'Namanganning olmasi' taronalari, milliy qoʻshiq va laparlar hamda 'Maysaraning ishi' , 'Bogʻbon qiz' spektakllaridan namoyish etilgan parchalar, doira va karnay sadolari olqishlar bilan kutib olindi.
Koreys milliy festivali, unda ijro etilgan rang-barang dasturlar namanganlik sanʼatkorlarda ham katta taassurot qoldirdi. Ijodiy aloqalarni yanada kengaytirish, yangi spektakllar almashish boʻyicha yangi rejalar belgilab olindi.
Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi yangi elchisi tayinlandi
Oʻzbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Oybek Usmonov Afgʻoniston poytaxtiga tashrif buyurdi.Diplomat 62 yoshda. Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning filologiya va sharqshunoslik fakultetini tamomlagan, 2020-2024-yillarda Pokistondagi elchi lavozimida ishlagan.Oybek Usmonov 1998-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib, markaziy apparatda va mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavoziml
“Oʻzgidromet” 4 viloyat hududida sel kelishi xavfi borligini eʼlon qildi
Joriy yilning 11 va 13-14-oktyabr kunlari kutilayotgan yomgʻirli ob-havo sabab, Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida sel xavfi eʼlon qilindi. Bu haqda 'Oʻzgidromet' xabar berdi.Qayd etilishicha, Respublika hududi boʻyicha yomgʻir suvlari toʻplanishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin. Shu munosabat bilan quyidagi hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi xavfi bor.Togʻoldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvch
YXHT kuzatuvchilari – Fargʻona saylov komissiyasida
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Ayni kunlarda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT)ning uzoq muddatli kuzatuvchilari ' Benedikt Uilyams va Mixael Xausmann Fargʻona viloyatida saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishmoqda.Fargʻona viloyati hududiy saylov komissiyasi raisi Erkinjon Nuraliyev bilan yuzma ' yuz muloqotda xorijlik kuzatuvchilar bir qator shahar ' tumanlarda boʻlib saylovchilar bilan suhbatlashgani hamda saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan bogʻliq
Saylov jarayonlari boshlandi — Fotoreportaj
Toshkent shahri Sergeli tumanidagi tashkil etilgan 170-saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlari boshlandi. Ma'lumot uchun 170-saylov uchastkasida saylovchilar soni 1453 nafarni tashkil qiladi. 27 nafar saylovchi muddatdan oldin ovoz bergan.Foto: Sirojiddin Vohidov, Yunus Bo'riyev / 'Xalq so'zi''