calendar 09 Oct 12:39
eye 8
comments 0
comments Manba: xs.uz

YXHT kuzatuvchilari – Fargʻona saylov komissiyasida

image
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Ayni kunlarda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT)ning uzoq muddatli kuzatuvchilari ' Benedikt Uilyams va Mixael Xausmann Fargʻona viloyatida saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishmoqda.

Fargʻona viloyati hududiy saylov komissiyasi raisi Erkinjon Nuraliyev bilan yuzma ' yuz muloqotda xorijlik kuzatuvchilar bir qator shahar ' tumanlarda boʻlib saylovchilar bilan suhbatlashgani hamda saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan bogʻliq taraddud ishlari yuksak darajada tashkil etilayotganini eʼtirof etishdi. Oʻz navbatida, yevropalik kuzatuvchilarga hududiy saylov komissiyasi zimmasidagi asosiy vazifalar, saylov komissiyalari aʼzolarining bilim va amaliy tajribasini oshirish, saylovchilarning elektron roʻyxatini shakllantirish hamda siyosiy partiyalar tomonidan saylovoldi tashviqotini olib borish uchun yaratilgan teng sharoitlar xususida maʼlumot berildi.



' Fargʻona viloyatidagi oʻrganishlar davomida hududiy saylov komissiyasi aʼzolarining ish faoliyati, ularga yaratilgan shart 'sharoitlar bilan ham yaqindan tanishdik,'deydi YEXHTning uzoq muddatli kuzatuvchisi Benedikt Uilyams.'Saylovga tayyorgarlik ishlari milliy hamda xalqaro tartib-tamoyillarga muvofiq tarzda olib borilmoqda. Hududiy saylov komissiyalari aʼzolarining siyosiy madaniyati yuksak darajada.

Shuningdek, yurtingiz tabiati, bozorlardagi moʻl-koʻlchilik ham bizga manzur boʻldi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Sep 00:21
 
19
0
xs.uz

Surxondaryodagi xonadonda qoʻlbola yogʻ ishlab chiqarish holati fosh etildi

Surxondaryo viloyati Denov tumanida isteʼmolga yaroqsiz yogʻ mahsuloti ishlab chiqarish holati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tumani boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqaro M.D. yashash xonadonining yordamchi xoʻjaligida yashirin ravishda qoʻlbola yogʻ ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanib kelganligi aniqlangan.Us

09 Oct 12:39
 
10
0
xs.uz

Oʻzboshimchalik noqonuniy yer egalariga qimmatga tushadi

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda yer maydonlaridan foydalanish, ulardagi binolarni barpo etish, chegaralarini belgilash borasida maʼlum tartiblar ishlab chiqilgan boʻlsa-da, joylarda bu qoidalarga rioya etmaydiganlar hanuz uchrab turibdi. Buloqboshi tumanidagi 'Nur zamin' MFYda yashovchi Abdumannob Sodiqov oʻzi istiqomat qilayotgan hovliga yondosh hududda boʻlgan, tuman hokimligi zaxirasidagi yer maydonini oʻzboshimchalik bilan egallab olgan va bino qurgan. Shu tumanning 'Qum

09 Oct 12:39
 
17
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Moskva shahriga yetib bordi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Moskva shahriga yetib bordi.'Vnukovo' aeroportida davlatimiz rahbarini Rossiya Federatsiyasi Prezidentining yordamchisi Maksim Oreshkin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.Ertaga, 8-oktabr kuni MDH sammitining asosiy tadbirlari boʻlib oʻtadi. Kun tartibidan Hamdoʻstlik doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari oʻrin olgan.

20 Sep 00:21
 
20
0
xs.uz

Oʻzbekiston elchisi Fransiya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

Oʻzbekistonning yangi elchisi Nodir Gʻaniyev kecha Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda 'Dunyo' AA xabar bermoqda.Manbaga koʻra, rasmiy marosim doirasida boʻlib oʻtgan suhbatda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Toshkent va Parij oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar holati va istiqbolini yuqori baholagan.Shuningdek, u 2023-yil noyabr oyida Samarqandga boʻlgan rasmiy tashrifini iliq taassurotlar bilan eslab, oliy darajadagi siyosiy muloqotni da