calendar 11 Nov 03:17
eye 13
comments 0
comments Manba: xs.uz

Odamlarni tizimdan rozi qilish masalasi doimo eʼtiborimiz markazida — Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlariga bayram tabrigi yoʻlladi

image
Qadrli tibbiyot xodimlari!

Avvalo, oʻz hayotini inson salomatligini asrashdek olijanob ishga bagʻishlab kelayotgan siz azizlar ' fidoyi shifokor va hamshiralarni, soha faxriylarini kasb bayramingiz bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Barchamiz yaxshi tushunamizki, el-yurt salomatligi ' jamiyatning bebaho boyligidir. Tinchlik va sogʻliq boʻlgan joyda albatta oʻsish va oʻzgarish, baxtli va farovon hayot boʻladi.

Shu maʼnoda, Yangi Oʻzbekistonimiz erishayotgan katta yutuqlarda, inson kapitalini rivojlantirishda jonkuyar tibbiyot xodimlarining munosib hissasini eʼtirof etib, ularga har qancha rahmatlar aytsak, arziydi.

Aziz doʻstlar!

Keyingi yillarda amalga oshirayotgan keng koʻlamli islohotlarimiz tufayli sogʻliqni saqlash tizimida ham tub oʻzgarishlar yuz bermoqda.

Avvalo, ajratilayotgan byudjet mablagʻlarining bir necha bor koʻpaytirilgani, xususiy sektor rivojiga keng yoʻl ochilayotgani tufayli sohaning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyati mustahkamlanmoqda, xizmatlar tarmogʻi kengayib, sogʻlom raqobat muhiti shakllanib, sifat va samaradorlik oshmoqda. Diagnostika va davolash amaliyotiga ilgʻor zamonaviy texnologiyalar faol joriy etilmoqda.

Barcha ijtimoiy xizmatlar qatori tibbiyotni ham xalqimizga yanada yaqin qilish uchun malakali davolash va profilaktika tizimini xonadonlargacha olib kirish choralari koʻrilmoqda.

Shu maqsadda birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari faoliyati yangilanmoqda. Ushbu boʻgʻinda birinchi navbatda kasalliklarning oldini oladigan, ularni keltirib chiqaradigan sabablarga qarshi kurashadigan mexanizmlarni joriy etish boshlangani ham shundan dalolatdir.

Aholining ehtiyojmand qatlamlariga yuqori malakali tibbiy yordam koʻrsatishni mahallabay, manzilli va aniq maqsad asosida taʼminlash boʻyicha yangicha tajriba qoʻllanmoqda. Tizimda 'Elektron poliklinika', 'Elektron retsept' dasturlari joriy etilmoqda. Buning uchun patronaj xodimlari xalqaro standartlar asosida oʻqitilmoqda.

Tez tibbiy yordam tizimi avtomatlashtirilgan elektron boshqaruvga oʻtkazilib, xorijda ishlab chiqarilgan 1 000 ta maxsus zamonaviy avtomobil bilan taʼminlandi.

Ixtisoslashgan tibbiy xizmat ham aholiga yaqinlashtirilmoqda. Bu yoʻnalishda diagnostika usullari 500 dan, davolash usullari esa 800 dan oshgani eʼtiborlidir.

Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida donordan olingan suyak koʻmigi oʻzak hujayralari transplantatsiyasi, Kardiologiya markazida murakkab endoskopik jarrohlik amaliyoti yoʻlga qoʻyildi.

Milliy tibbiyot markazi shifokorlari tomonidan olis tumanlarda Yevropadan keltirilgan koʻchma kardiojarrohlik majmuasida murakkab operatsiyalar muvaffaqiyatli oʻtkazilmoqda.

Azim poytaxtimizda tibbiyot sohasidagi noyob mega loyiha sifatida barpo etilgan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya markazining yangi zamonaviy majmuasida soʻnggi namunadagi asbob-uskuna va sharoitlar asosida kasalliklarni barvaqt aniqlash va davolash hajmi bir necha barobar oshadi. Eng muhimi, yurtdoshlarimiz ortiqcha vaqt va mablagʻ sarflab, chet eldagi davolash markazlariga borish tashvishidan qutuladi.

Hech shubhasiz, tibbiyot sohasidagi yutuqlarimiz xalqaro miqyosda eʼtirof etilayotgani barchamizni quvontiradi. Bolalar milliy tibbiyot markazi xalqaro sertifikatni qoʻlga kiritgani, Xirurgiya markazida xalqaro sifat standartlari joriy etilgani, mamlakatimiz gepatit V ga qarshi kurashishda mintaqaviy maqsadli koʻrsatkichlarga erishgani tasdiqlangani shular jumlasidandir.

Albatta, barchamizning birgalikdagi mehnatimiz mahsuli boʻlgan bunday misollarni yana koʻplab keltirish mumkin.

Yaqinda davlat tibbiy sugʻurta mexanizmlarini joriy etishga oid qaror imzolandi. Ushbu hujjatga koʻra, tizim doirasidagi bepul tibbiy xizmatlar va dori-darmonlar xarajatlari davlat byudjetiga toʻlanayotgan soliqlar hisobidan qoplanishi belgilandi.

Aholi salomatligiga eʼtiborni kuchaytirish orqali inson qadrini oshirish, uning hayotiy manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan bunday muhim ishlarni kelgusida ham izchil davom ettiramiz.

Muxtasar aytganda, tibbiyotni yanada xalqchil sohaga aylantirish, odamlarni ushbu tizimdan rozi qilish masalasi doimo eʼtiborimiz markazida boʻladi.

Bu boradagi vazifalarni muvaffaqiyatli ado etishda muqaddas qasamyodiga sodiq siz, zahmatkash va olijanob tibbiyot xodimlari oʻzingizni ayamasdan, boy bilim, mahorat va tajribangizni safarbar etasiz, deb ishonaman.

Buyuk Ibn Sino bobomiz anʼanalarining munosib davomchilari boʻlgan siz, azizlarni Tibbiyot xodimlari kuni bilan yana bir bor chin dildan qutlab, barchangizga mustahkam sogʻliq, oilaviy baxt, sharafli faoliyatingizda yangi yutuqlar tilayman.

'

Shavkat Mirziyoyev,

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Nov 03:17
 
14
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev TDT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 noyabr kuni Bishkek shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.Qirg'iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov raisligida o'tgan tadbirda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog'an, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban va Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanich

18 Nov 04:57
 
16
0
xs.uz

“Banan oʻzimizning bogʻdan”

Qudratilla NAJMIDDINOV/'Xalq soʻzi'. Norin tumanining Norinkapa qishlogʻi omilkor dehqon va bogʻbonlari bilan Namangan viloyatida taniqli. Uning etagidan oqib oʻtgan daryoning moʻl-koʻl suvidan bahramand yerlarida qay bir daraxt yoki ekinni ekmang bexato koʻkaradi. Kutilgandan avval hosilga kirib, koʻngilni chogʻ qiladi. Shundan mahalliy tomorqachi va tadbirkorlarning ishi yurishgan.' Hamqishloqlarimizning katta qismi asosan yerdan baraka topayotgan insonlar, ' deydi mehnat faxriysi Zok

29 Oct 20:49
 
23
0
xs.uz

Oʻzbekiston qonunchiligida 1-noyabrdan nimalar oʻzgaradi?

Mehnat huquqlariga rioya etilishini tekshirishning yangi tartibi joriy etiladiDavlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan tekshiruv boshlangan paytdan Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor qilgan holda mehnat huquqlari va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan tekshiruvlar'oʻtkaziladi.Oilalarni kambagʻallikdan chiqarish dasturi boshlanadi'Kambagʻallikdan farovonl

18 Nov 04:57
 
14
0
xs.uz

15 yillik turmush qadri

Odatda, ish yuzasidan turli taqdir egalari bilan uchrashamiz. Bu har kungi holat boʻlgani bois ularning aksariyati ajablanarli emas. Biroq bugungi voqea meni oʻylashga majbur qildi.' Turmush oʻrtogʻim bilan 15'yil birga yashadik, ' deydi ayol suhbat chogʻida. ' Bu orada uch nafar farzandli boʻldik. Birgalikda savdo sohasida faoliyat yuritdik. Oʻzimdan, roʻzgʻordan orttirib, kredit asosida avtomobil ham sotib oldim. Taqdir emas ekan, oʻtgan yili ajralishimizga toʻgʻri keldi. Ishsiz qo