' Turmush oʻrtogʻim bilan 15'yil birga yashadik, ' deydi ayol suhbat chogʻida. ' Bu orada uch nafar farzandli boʻldik. Birgalikda savdo sohasida faoliyat yuritdik. Oʻzimdan, roʻzgʻordan orttirib, kredit asosida avtomobil ham sotib oldim. Taqdir emas ekan, oʻtgan yili ajralishimizga toʻgʻri keldi. Ishsiz qolganim yetmaganidek, sobiq erim mashinamni bermay qoʻydi. Men-ku, shunga ham rozi edim, lekin tadbirkorlik faoliyatimga doir soliq va boshqa qarzdorliklar haqida xabar kelgach, boshim qotib qoldi. Sababi, bugungi kunda daromad manbaim yoʻq, qarzlarni esa toʻlashim kerak. Shu bois Majburiy ijro byurosi (MIB)ga kelib, turmush oʻrtogʻimda qolib ketgan mening nomimdagi avtomobilni topib berishlarida yordam soʻradim.
Qarshimda oʻtirgan ayolning soʻzlariga quloq solar ekanman, xayolimda javobsiz savollar paydo boʻla boshladi. Nahotki, inson bolasi mehnat qilsa topiladigan mol-mulkni deb 15-yillik turmushiga, ayolining qadr-qimmatiga, uch nafar farzandining yuziga oyoq qoʻyishi mumkin boʻlsa?! 15-yil ichida, garchi, bir tan-u bir jon boʻlishning uddasidan chiqa olmagan boʻlsalar-da, bir-birini qalban tushunib, his qilishlari, oʻz gʻam-tashvishlari-yu quvonchlarini baham koʻra olish darajasiga yetishlari kerak emasmidi? 15-yillik turmush qadri uchun mol-mulkni yashirish shart emasdi. Bilmadim, bu holatga qanday baho berish mumkin...
Shunday qilib, fuqaro D.Q.ning murojaatiga asosan qarzdorliklar boʻyicha qidiruvda boʻlgan 'NEXIA 3' rusumli avtomashina Andijon shahar 'Toʻqqiz ariq' MFYda yashovchi sobiq turmush oʻrtogʻi O.D.ning xonadonidan topilib, jarima maydonchasiga olib kelindi.
Qarzdorlik shu tariqa oʻz yechimini topishi muqarrar. Biroq mening koʻz oldimdan 15-yil davomida ishongan suyanchi, farzandlarining otasi tomonidan zarracha mehrga tashna ayolning nigohi-yu hammasiga oyoq qoʻygan otaning gʻazabli qarashlari ketmayapti... Afsuski, bu holatga tushgan birgina shu ayol emas. Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, yilning oʻtgan davri mobaynida MIB Andijon viloyati shahar va tumanlardagi boʻlimlari orqali qarzdorliklarga oid jami 6,8 trln'soʻmlik 608 mingta hujjatlar ijroga yoʻnaltirilgan boʻlib, natijada 4,3 trln'soʻmlik 318 mingda ziyod hujjatlarning ijrosi taʼminlandi. Har bir hujjat ortida turli kechmishlarga yuz tutgan taqdir egalari mavjud.
Azizlar, inson baxtli yashashi uchun bir chimdim mehr, bir hovuch qadr boʻlsa kifoya... Iltimos, bir-birimizdan muhabbatimizni ayamaylik.
Oyistaxon ABDURAHMONOVA,
MIB Andijon viloyat boshqarmasi katta inspektori.
Yosh xodimlar uchun saylovning aralash tizimi boʻyicha targʻibot tadbiri oʻtkazildi
Joriy yilning 24-oktyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda uning tizim tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar oʻrtasida huquqiy va elektorat madaniyatini yuksaltirish boʻyicha targʻibot tadbiri oʻtkazildi.Oʻzbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti 'Huquqiy fanlar' kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari doktori (DCc), 'Maʼrifat' targʻibotchilar jamiyati aʼzosi Jaloliddin Yusubov saylovlar va islohotlar haqida umumiy maʼlumot berib oʻtib, 20
Prezident Shavkat Mirziyoyev va JST bosh direktori Ngozi Okonjo-Ivealaning uchrashuvi boʻlib oʻtdi
Boku shahrida o'tayotgan iqlim bo'yicha COP29 konferensiyasi doirasida, mamlakatimizning Milliy pavilonida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jahon savdo tashkiloti (JST) bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuv o'tkazdi.Mamlakatimizning JSTga a'zo bo'lishi masalalarida amaliy hamkorlikni mustahkamlashning dolzarb jihatlari ko'rib chiqildi.Ishchi guruh yig'ilishlarini o'tkazish, shuningdek, ushbu xalqaro tashkilotga a'zo mamlakatlar bilan olib borilayotgan muzokaral
Soʻnggi besh yilda “Korrupsiyaning mavjud emasligi” koʻrsatkichida Oʻzbekiston 23 pogʻona yuqorilagan
Soʻnggi besh yilda 'Korrupsiyaning mavjud emasligi' koʻrsatkichida Oʻzbekiston 23 pogʻona yuqori koʻtarilib, 2023-yilda 140 ta mamlakat orasida 66-oʻrinni egalladi va Markaziy Osiyo mintaqasida bu yoʻnalishda sezilarli ijobiy koʻrsatkichni namoyish etdi.Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining shaffofligini baholash boʻyicha 'Ochiqlik indeksi' joriy etildi. Biroq, bu borada hali yechimini kutayotgan masalalar ham yetarli ekani taʼkidlandi.Oʻtgan yili korrupsiyaga oid jinoyatlar
Oʻquvchilar maktabni hunarli boʻlib bitirmoqda
Ahmadali ShERNAZAROV/'Xalq soʻzi'. Sirdaryo viloyati maktablarida har yili koʻplab bitiruvchilar umumiy oʻrta taʼlim olganligi toʻgʻrisidagi shahodatnoma bilan birga qaysidir hunarni oʻrgangan holda qadrdon maskanlari bilan xayrlashmoqda.Yangiyer shahridagi 7-maktab bu borada hududdagi eng namunali taʼlim muassasalari sirasiga kiradi. Ushbu maktabda bir necha hunarlarni, xususan, tikish-bichish yoki pazandalikni mukammal oʻrganish mumkin.Bundan tashqari, oʻquvchilarga informatika va ax