calendar 15 May 13:25
eye 90
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Sirdaryo hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

image

Bobur Alisher o‘g‘li Xudjamov Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari — viloyat investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bobur Xudjamov 1991 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2013 yilda Toshkentdagi Singapur menedjmentni rivojlantirish instituti va 2015 yilda Kardiff Metropolitan universitetini tamomlagan. 

Mehnat faoliyati davomida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. Ushbu tayinlovga qadar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Yangi investorlarga hamkorlik qilish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Akmal Mirzayev Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jan 00:53
 
33
0
xs.uz

Dushanba haqiqatdan ham ogʻir kunmi yoxud 27-yanvarda qanday ob-havo kutilmoqda?

Oʻzbekiston hududida 27-yanvar kuni turli ob-havo sharoitlari kuzatilishi kutilmoqda. Bir qator hududlarda shamolning kuchayishi va ayrim joylarda tuman paydo boʻlishi ehtimoli mavjud.Poytaxtimizda havo biroz bulutli boʻlib, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi esa 9-11 daraja iliq boʻlishi kutilmoqda.Qoraqalpogʻiston va Xorazmda havo biroz bulutli boʻlib, yogʻingarchilik kutilmayapti. Bir qator joylarda tuman

27 Jan 00:53
 
35
0
xs.uz

Prezident Farmoni bilan “Made in Uzbekistan” dasturi ishga tushiriladi

Oʻzbekiston Prezidentining 2025'2027-yillarda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida qayta ishlash zanjirini rivojlantirish boʻyicha Farmoni qabul qilindi. Ushbu hujjat tarmoqning barqaror rivojlanishini taʼminlash, eksport hajmini oshirish va xalqaro bozorlarda milliy mahsulotlarni keng targʻib qilishga qaratilgan.Farmon doirasida bir qator maqsadli koʻrsatkichlar belgilangan boʻlib, 2025-yilda eksportni 4 milliard, 2026-yilda 5 milliard, 2027-yilga kelib esa 7 milliard AQSH dollariga

27 Jan 00:53
 
37
0
xs.uz

Orolboʻyi mintaqasida tibbiy xizmat sifatini yaxshilash loyihasi amalga oshiriladi

Orolboʻyi mintaqasida tibbiy xizmat sifatini yaxshilash maqsadida Germaniyaning 'KfW' banki bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan yangi loyiha Prezident qarori bilan tasdiqlandi. Loyiha doirasida tibbiy muassasalar infratuzilmasini rivojlantirish, zamonaviy jihozlar xaridi va maxsus avtotransport vositalari bilan taʼminlash kabi chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Loyiha doirasida tibbiy muassasalar uchun zarur jihozlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati boʻylab adolatli taqsiml

27 Jan 00:53
 
38
0
xs.uz

Qoʻqonda oʻzini 3-qavatdan tashlab yuborgan talaba qiz vafot etdi

2024-yilning 12-dekabr kuni Qoʻqon davlat pedagogika instituti talabasi talabalar turar joyining 3-qavatidan oʻzini pastga tashlashi oqibatida shifoxonaga yotqizilgan edi.Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining xabar qilishicha, talaba qiz koʻrsatilgan zarur tibbiy yordamlarga qaramasdan, olgan ogʻir tan jarohatlari sababli vafot etgan.Maʼlum qilinishicha, Prokuratura surishtiruv natijalariga koʻra, mazkur holat shaxsiy muammolar sababli sodir boʻlgani aniqlangan va jinoyat ishi