calendar 15 May 14:37
eye 51
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Andijonda maktab direktori o‘rinbosari o‘quvchi qizga tegajog‘lik qilgani aytilmoqda

image

Ijtimoiy tarmoqlarga Andijonda maktab direktori o‘rinbosari o‘quvchi qizlarga tegajog‘lik qilayotgani haqida xabarlar sizdirildi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 7 may kuni Andijon viloyatida joylashgan 1-sonli umumta’lim maktabiga 1957 yilda tug‘ilgan U.M. (ayol kishi) kelib, muassasa ma’muriyati va inspektor-psixologga murojaat qilgan.

O‘z murojaatida uning nabirasi N.S. (6-sinf o‘quvchisi, 2012 yilda tug‘ilgan) ga nisbatan mazkur maktab direktor o‘rinbosari M.K. (1990 yilda tug‘ilgan) tegajog‘lik qilganini aytib, bunday holat avval ham kuzatilganini bildirgan.

Hozirda holat bo‘yicha Andijon shahar IIO tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Shuningdek, Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holatga o‘z munosabatini bildirgan.

“Holatni asoslantiruvchi ma’lumotlari to‘la jamlangani va huquq-tartibot idoralari xulosalaridan so‘ng yakuniy o‘rganish natijalari e’lon qilinadi. Shu o‘rinda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ta’lim sha’ni va obro‘siga hamda pedagog imidjiga salbiy ta’sir etuvchi har qanday holatlarga keskin munosabat bildirgan holda tegishliligi bo‘yicha keskin jazo choralarini qo‘llashini ma’lum qilamiz”, deyiladi munosabatda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent shahridagi kinoteatrlardan birida “Jannat onalar oyog‘i ostida” filmi namoyishi vaqtida yonida o‘tirgan tanish qizga shahvoniy harakatlar qilgan 25 yoshli yigit qamalgandi. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:21
 
20
0
xs.uz

Buyuk oʻzgarishlarning harakatlantiruvchi kuchi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-yanvar kuni Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishar ekan, bu dargoh nafaqat oʻtmish haqida hikoya qiladigan, balki tarix, bugun va kelajakni bogʻlaydigan, taraqqiyotimizning asosiy yoʻnalishlarini belgilab beradigan aql-tafakkur markazi boʻlishi zarurligini taʼkidladi.Davlatimiz rahbarining tashabbusi va gʻoyasi asosida bunyod etilayotgan ushbu majmuada yurtimizdagi islom madaniyati bilan bogʻli

27 Jan 00:53
 
23
0
xs.uz

Andijon viloyati hokimiga oʻrinbosar tayinlandi

Ulugʻbek Odashevich Rahimov Andijon viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari ' viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.Tayinlovga qadar Ulugʻbek Rahimov viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha kotibiyati mudiri vazifasida faoliyat olib borgan.Maʼlumot uchun, Ulugʻbek Rahimov 1971-yilda Paxtaobod tumanida tugʻilgan. Namangan

31 Jan 15:21
 
17
0
xs.uz

Tergovda shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlari yanada kuchaytiriladi

Oʻzbekiston Respublikasida tergov faoliyati jarayonida shaxs huquqlari va erkinliklarini himoya qilish tizimini mustahkamlash boʻyicha muhim huquqiy oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. 2025-yil 28-yanvarda qabul qilingan yangi qonunga (OʻRQ-1022-son) muvofiq, jinoyat-protsessual qonunchiligiga qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.Ushbu oʻzgarishlar tergov sudyalari vakolatlarini aniq belgilash hamda sudga qadar ish yuritish jarayonida protsessual qarorlarni sanksiyalash tartibini m

31 Jan 15:20
 
19
0
xs.uz

Bayonnoma tuzilgan “BYD Song” avtomobilini olib ketayotgan YPX inspektori YTHga uchradi

30-yanvar kuni Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida yoʻl-transport hodisasi oqibatida 17 yoshli bola vafot etdi, deya xabar bermoqda viloyat YHXB.Taʼkidlanishicha, 20 yoshli fuqaro M.Gʻ. amakisiga tegishli 'BYD Song EV' avtomobilini tegishli hujjatlarsiz boshqargani aniqlanib unga maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.Shundan soʻng YPX inspektori R.Q. mashinani jarima maydonchasiga olib ketayotganida 17 yoshli X.N. ustoziga tegishli 'Damas' avtomobilini haydovchilik guvohnomasiz boshqarib,