calendar 15 May 13:43
eye 67
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Qashqadaryoda otasining tazyiqiga uchragan qizlarga xolasi vasiy bo‘ldi

image

Qashqadaryo viloyatida onasi vafot etganidan so‘ng otasi tomonidan zulmga uchragan voyaga yetmagan opa-singilgavasiylik qilish ularning xolasiga o‘tdi. Bu haqda Bolalar ombudsmani ma’lum qildi.

Bildirilishicha, ishchi guruh tomonidan qizlarning qarindoshlaridan qay biri ular uchun yashash va ta’lim olish munosib sharoitlarini ta’minlay olishi masalasi har tomonlama o‘rganilgan. 

Qarshi shahar hokimining tegishli qarori bilan Q.D. (qizlarning xolasi) qizlarga vasiy etib tayinlangan.

“Q.D. o‘z homiy va vasiyligidagi voyaga yetmagan M.Sh. (2008 yilda tug‘ilgan) va N.Sh. (2010 yilda tug‘ilgan) larni tarbiyalashi, ularning ta’minoti, sog‘lig‘i, jismoniy, ruhiy, ma’naviy va axloqiy kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilishi, shuningdek, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun mas’ulligi tegishlicha yuklatildi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyi boshida M.Sh. onasi vafot etganidan so‘ng singlisi otasi tomonidan zulmga uchrayotgani haqida murojaat bilan chiqqandi. May oyida Bolalar ombudsmani op-singilga nisbatan sodir etilgan jismoniy va ruhiy tazyiq holatlari tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan o‘rganilganini bildirdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Mar 16:44
 
38
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev xitoylik tadbirkorni “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev TSC HK Investment taʼsischisi Tian Shuchunni 'Doʻstlik' ordeni bilan mukofotladi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining FarmoniOʻzbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, ikki tomonlama manfaatli sheriklikni rivojlantirish, mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni faol jalb etishga qoʻshayotgan munosib hissasi, yurtimizda olib borilayotgan ulkan bu

16 Apr 15:12
 
50
0
xs.uz

Issiqxonalarni namunaviy tashkil qilgan mahalla raislariga 100 foiz ustama beriladi

Joriy yildan boshlab tomorqadan foydalanish boʻyicha yangi tizim ishlamoqda. Masalan, Asaka tumani Otash mahallasidagi 810 ta xonadondan 805 tasida issiqxona bor, ularda yiliga 3-marta hosil olinayapti. Xuddi shunday, Obod mahallasidagi 922 ta xonadon egalari issiqxonalardan samarali foydalanyapti.Viloyatdagi qolgan 907 ta mahallada ham bu tajribadan unumli foydalanish muhimligi qayd etildi. Mutasaddilarga Asakadagi mahallalarga arzon urugʻ va mineral oʻgʻit yetkazib berish tizimini butun re

04 Apr 16:19
 
44
0
xs.uz

Xoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlari yigʻilishida masofadan ishtirok etish tartibi yangilanadi

Bu nizom aksiyadorlik jamiyatlari hamda masʼuliyati cheklangan jamiyatlar uchun moʻljallangan boʻlib, raqamli imkoniyatlar orqali ishtirokni yanada osonlashtirishga qaratilgan.Nizomda jamiyatlar tomonidan yigʻilish haqidagi xabarda masofaviy ishtirok etish va ovoz berish tartibi toʻgʻrisida aniq maʼlumotlar keltirilishi shartligi belgilangan. Jumladan, yigʻilishda foydalaniladigan onlayn platforma nomi, unga kirish havolasi, identifikatsiyadan oʻtish uchun talab qilinadigan maʼlumotlar

20 Mar 12:54
 
60
0
xs.uz

Endi taʼlim granti talabalarning oʻzlashtirishiga qarab har yili qayta taqsimlanadi

Oʻzlashtirish koʻrsatkichiga qarab talabalarga grantlarni qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Hukumatning Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi'nizomida soʻz boradi.Hujjatga koʻra, taʼlim grantiga talabgorlardan joriy oʻquv yilida oʻzlashtirish koʻrsatkichi boʻyicha GPA koʻrsatkichi 3,5 va undan yuqori boʻlishi talab etiladi. Oʻzlashtirishi ushbu koʻrsatkichdan past boʻlgan talabalarning taʼlim grant