Konstitutsiyaviy islohotlarda fuqarolik jamiyati institutlarining oʻrni va maqomi


Poytaxtimizda Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi, Barqaror rivojlanish markazi, Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi hamda Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti hamda AQSH Xalqaro rivojlanish agentligi (USAID)ning Oʻzbekistonda huquqiy islohotlar Dasturi (LRP) koʻmagida “Konstitutsiyaviy islohotlar: fuqarolik jamiyati institutlarining oʻrni va maqomi” mavzuida xalqaro anjuman tashkil etildi.
Tadbirda “Jamiyat — islohotlar tashabbuskori” tamoyilini amalga oshirish, barqaror rivojlanishning muhim masalalarini hal etishda fuqarolik jamiyati institutlarining oʻrni hamda ahamiyatini oshirish, ular faoliyatining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini mustahkamlash sohasidagi milliy va xalqaro tajriba yuzasidan fikr almashildi.
Oflayn va onlayn formatda tashkil etilgan xalqaro anjumanda milliy hamda xorijiy ekspertlar, davlat idoralari, ilmiy muassasalar va oliy oʻquv yurtlari, fuqarolik jamiyati institutlari, xalqaro tashkilotlar, Toshkentdagi diplomatik korpus vakillari qatnashdi.
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov, shuningdek, mazkur nufuzli anjumanning yalpi sessiyalarida soʻzga chiqqan maʼruzachilar tomonidan soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda inson huquqlarini taʼminlash, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining rolini oshirish, aholi hamda jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilganligi alohida qayd etildi.
Taʼkidlanganidek, davlat byudjetidan NNTlar faoliyatini hamda ularning ijtimoiy va jamoaviy ahamiyatga molik loyihalari amalga oshirilishini qoʻllab-quvvatlash uchun ajratiladigan mablagʻlar (subsidiyalar, ijtimoiy buyurtmalar va grantlar) miqdori besh barobardan oshdi. Shuningdek, soha ekspertlari tomonidan birgina 2022-yilning oʻzida 700 dan ortiq dastur va loyihalar hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash taʼminlanadi, ularni amalga oshirishda 3 mingdan ortiq jamoat tashkilotlari ishtirok etadi.
Forum yakuni boʻyicha konferensiyaning Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi. Ushbu hujjat BMT, YEXHT, YEI, SHHT, MDH va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasida fuqarolik jamiyati institutlarining roli hamda ahamiyatini oshirish, ularni davlat va jamiyat boshqaruvi jarayonlariga jalb etish boʻyicha qabul qilingan xalqaro huquqiy hujjatlarni hisobga olgan holda tayyorlangan. Shuningdek, taqdim etilgan tahliliy materiallar va tadbir maʼruzalari toʻplam sifatida chop etilishi nazarda tutilgan.
***
Soʻz — xalqaro anjuman ishtirokchilariga
Natalya BORJELLI,
ICNLning Yevroosiyo boʻyicha vitse-prezidenti:
— Mamlakatingizda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlarni qoʻllab-quvvatlaymiz. Xususan, fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish borasidagi muhim islohotlar tahlilidan kelib chiqib ham shunday fikr bildirish mumkin. Mazkur soha huquqiy jihatdan ham mustahkamlangan.
Albatta, zamon shiddati ushbu yoʻnalishda xalqaro ekspertlar bilan hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirishni talab etadi. Bugungi forum ana shunday imkoniyatni yaratib bergani bilan eʼtiborga molik. Va bu har jihatdan foydali, deb hisoblayman.
Hoshimjon MURODOV,
Barqaror rivojlanish markazi boʻlim boshligʻi:
— Tahlillarga koʻra, soʻnggi besh yilda sohada Oʻzbekiston Prezidenti hamda Hukumatning 200 dan ortiq aktlari, xususan, 2021 — 2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi doirasida salmoqli tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Natijada nodavlat notijorat tashkilotlar soni 22 foizga oshdi, respublika boʻyicha 200 ga yaqin yirik NNTlar oʻz faoliyatini boshladi. Bugungi kunda ushbu fuqarolik institutlari inson qadr-qimmati, huquq va erkinliklarini taʼminlash hamda himoya qilish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda bagʻrikenglik va inson huquqlariga doir madaniyatni shakllantirish, barqaror rivojlanishning eng muhim vazifalarini amalga oshirishda muhim rol oʻynamoqda.
Murodjon TURGʻUNOV,
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti direktori:
— Fuqarolik jamiyati mavjud boʻlgan makon hamda zamondagina huquqiy davlat qaror topishi mumkin. Bu xalqaro anjumanda ham alohida taʼkidlandi.
Darhaqiqat, fuqarolik jamiyatini inson erkinligi va qadr-qimmatisiz tasavvur qilib boʻlmaydi.
Shu bois yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli hamda izchil demokratik islohotlar inson qadr-qimmati borasida gʻamxoʻrlik qiladigan, har bir fuqaroning qonuniy manfaatlari va farovonligini taʼminlaydigan, erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirishga asoslangan davlat qurishga yoʻnaltirilgan.
Rahim ShERQULOV, (“Xalq soʻzi”).
Prezident Jahon banki guruhining operatsiyalar boʻyicha boshqaruvchi direktorini qabul qildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-aprel kuni Jahon banki guruhining operatsiyalar bo'yicha boshqaruvchi direktori Anna Berde boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.O'zbekistonning Jahon banki bilan keng ko'lamli strategik hamkorligini yanada rivojlantirish, eng avvalo, ushbu global moliyaviy institut tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar strategiyasini qo'llab-quvvatlash masalalari ko'rib chiqildi.Uchrashuv avvalida Anna Berde davlatimiz r
Bayramga munosib tuhfa
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Navroʻz umumxalq bayrami arafasida 'Hududiy elektr tarmoqlari' aksiyadorlik jamiyati Samarqand hududiy filiali tasarrufidagi elektr taʼminoti korxonalariga 10 dona 'Damas' va 3 dona 'Isuzu' rusumli maxsus avtomashinalar topshirildi.Zamonaviy texnika vositalari ish samaradorligini oshirish imkoniyatini yaratishi bilan birga elektr tarmoqlaridagi uzilishlarni tezkor bartaraf etish, hududdagi korxona, tashkilot, muassasalar hamda aholiga elektr energiyasini si
Endilikda lotereya va bukmekerlik litsenziya asosida amalga oshiriladi
Unga koʻra, Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga kapital bozori, sugʻurta bozori va lotereyalarni tartibga solish boʻyicha vakolatlar yuklatildi. Shuningdek, 'Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida'gi qonunga ham oʻzgartish kiritilib, sugʻurta tashkilotlari rahbariyati va mulkdorlarining ishchanlik obroʻsiga qoʻyiladigan talablar belgilandi.Ushbu oʻzgarishlar Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun [OʻRQ-1057
Tersak mahallasiga “turizm qishlogʻi” sertifikati topshirildi
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Urgut tumanida 'Tersak' turizm qishlogʻining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Turizm qoʻmitasi raisi Ulugʻbek Shodiyev, viloyat va tuman hokimliklari masʼullari, soha mutaxassislari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.Taxtaqoracha dovoni yoqasida, togʻlar bagʻrida joylashgan 'Tersak' qishlogʻi zamonaviy infratuzilma hamda milliy anʼanalar uygʻunlashgan manzil sifatida mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun jozibador maska