Prezident Jahon banki guruhining operatsiyalar boʻyicha boshqaruvchi direktorini qabul qildi

O'zbekistonning Jahon banki bilan keng ko'lamli strategik hamkorligini yanada rivojlantirish, eng avvalo, ushbu global moliyaviy institut tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar strategiyasini qo'llab-quvvatlash masalalari ko'rib chiqildi.
Uchrashuv avvalida Anna Berde davlatimiz rahbariga Jahon banki prezidenti Ajay Banganing salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Keyingi yillarda sheriklik munosabatlari yuksak darajaga chiqib, salmoqli natijalar berayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Bugungi kunda O'zbekiston bankning eng yirik hamkorlaridan biridir. Loyihalar portfeli 12 milliard dollardan oshdi. Jahon banki iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari va ijtimoiy sohaning barqaror rivojini ta'minlashga qaratilgan islohotlarni amalga oshirishda moliyaviy, konsultativ va texnik ko'mak ko'rsatmoqda.
Bank ko'magida xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalar mexanizmi takomillashtirildi, ularni tayyorlashni tezlashtirish va sifatini oshirish bo'yicha yangi tartib qabul qilindi.
Kambag'allikka qarshi kurashish, eng avvalo, turizm sohasida xotin-qizlar va yoshlar uchun ish o'rinlari yaratish, xususiy sektorni va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish dasturlarini qo'llab-quvvatlash, davlat korxonalarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish kabi yo'nalishlar kelgusi amaliy sheriklikning ustuvor yo'nalishlari sifatida qayd etildi.
Uglerod chiqindilarini qisqartirish, urbanizatsiya va infratuzilmani modernizatsiya qilish, energiya samaradorligini oshirish, investitsiya muhitini yaxshilash, mamlakatimizning JSTga a'zo bo'lishiga ko'maklashish borasidagi hamkorlik rejalariga alohida e'tibor qaratildi.
Yirik mintaqaviy loyihalarni ilgari surish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Taʼlim tizimidagi korrupsiyani oldini olish masalalari muhokama qilindi
2025-yil 3-iyun kuni Senat Raisi boshchiligida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining sayyor majlisi boʻlib oʻtdi. Unda maktab va maktabgacha taʼlim tizimidagi korrupsiya holatlari, ularning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolar atroflicha muhokama qilindi. Majlisda taʼkidlanganidek, asosiy maqsad muammolarni tanqid qilish emas, balki ularni birgalikda hal qilishdan iborat.Senatning tegishli qoʻmitalari va idoralar vakillaridan iborat ishchi guru
Bundan 58 yil muqaddam qurilgan oʻyingoh zamonaviy qiyofa kasb etdi
Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Kogon shahridagi 'Lokomotiv' oʻyingohi 1967-yilda barpo etilgan. Vaqt oʻtishi bilan u zamonaviy talablarga javob bermay qoʻydi. Taʼmirtalab holga tushdi. Vaholanki, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishi, sportning u yoki bu turi bilan professional darajada shugʻullanish uchun bu inshoot juda kerak.Ana shuni hisobga olgan Buxoro viloyati hokimligi bu yerdagi eski binolarni demontaj qilish va ular oʻrniga yangi, zamonaviy qulayliklarga ega inshoot
Ertadan Toshkent metrosining ikki bekati oraligʻidagi harakat vaqtincha toʻxtatiladi
Toshkent metropolitenining 'Quruvchilar' va 'Qipchoq' bekatlari oraligʻidagi metro harakati 8-iyun kunidan vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqida 'Toshshahartransxizmat' AJ axborot xizmati xabar berdi.Unda aytilishicha, Toshkent metropolitenining yer usti halqa yoʻnalishida profilaktika ishlari olib borilishi tufayli, 'Quruvchilar' va 'Qipchoq' bekatlari oraligʻidagi metro harakati shu yilning 8-iyun kunidan boshlab vaqtincha muddatga toʻxtatiladi.Shuningdek, yoʻlovchilar tashish uzluksizligini
Fargʻonada “Ibratli oila” koʻkrak nishonlari topshirildi
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. 15-may ' Xalqaro oila kuni munosabati bilan Fargʻona viloyatida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilib, bu boradagi milliy qadriyat va anʼanalarimiz keng targʻib etildi.Xususan, qutlugʻ sana munosabati bilan Fargʻona viloyat hokimligida boʻlib oʻtgan tantanali tadbirda bir guruh namunali oila vakillariga 'Ibratli oila' koʻkrak nishoni topshirildi. Viloyat faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida oʻtkazilgan tadbirlar jamiyatimizda bunday o