Shavkat Mirziyoyevning sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan ochiq muloqoti — suratlarda

Toshkentdagi “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Shavkat Mirziyoyevning sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan “O‘zbekiston tibbiyoti — inson qadri uchun” mavzusidagi ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Prezident ochiq muloqotga tayyorgarlik jarayonida kelib tushgan muammolarning yechimlari va bugungi takliflar bo‘yicha qisqa muddatda qarorlar qabul qilinishini ta’kidladi.
Muloqot davomida sog‘liqni saqlash tizimida islohotlar davom ettirilishi qayd etildi. Davlat rahbari hozirda sohada transformatsiya jarayoni ketayotganini aytdi.
Xususan, O‘zbekistonda 1-apreldan boshlab chet eldan olib kiriladigan tibbiy jihozlar QQS va bojxona bojidan ozod qilinishi va tez tibbiy yordam tizimidagi barcha Damas’lar 2025-yilgacha zamonaviy avtomobillarga almashtirilishi ta’kidlandi.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda tibbiyot xodimlarining oylik maoshi kamida 10 foizga oshirilishi, tibbiyot oliygohlari talabalariga shifokor bo‘lib ishlashga ruxsat berilishi ma’lum qilindi.
“Daryo” fotomuxbiri ushbu tadbirning e’tiborga molik lahzalarini kadrlarga muhrladi.
Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov bilan salomlashmoqda.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
O‘zbekiston inson huquqlari bo‘yicha vakili — ombudsman Feruza Eshmatova.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
AKT vaziri Sherzod Shermatov va maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Sog‘liqni saqlash vazirining o'rinbosari — Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i Anvar Alimov.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori Akmal Saidov.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” partiyasi raisi Alisher Qodirov.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va bosh vazir Abdulla Aripov prezidentdan topshiriq olmoqda.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Sog'liqni saqlash vazirining o'rinbosari — Toshkent shahar sog'liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig'i Anvar Alimov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistondagi vakili Lian Kuppens.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Yer yuzidagi barcha muzliklar 2100-yilga borib erib tugashi mumkin – BMT
Dunyo boʻylab muzliklarning erish tezligi hozirgidek davom etsa XXI asrning oxirlariga kelib, Yer yuzi deyarli muzliklarsiz qolishi mumkin. Bu haqida BMTning iqlim boʻyicha ekspertlari 'Butunjahon muzliklar kuni' munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirdagi nutqida maʼlum qildi.Har yili 21-mart kuni, 'Butunjahon muzliklar kuni' deya eʼtirof etilib, muzliklarning Yer sayyorasi iqlim, atrof-muhit tizimidagi hal qiluvchi ahamiyati haqida masʼuliyatni oshirishga qaratilgan tadbirlar oʻtkaziladi.Bi
Kolumbiyada xavfli kasallik tarqalishi sababli favqulodda holat eʼlon qilindi
Kolumbiyada sariq isitma avj olgani sababli favqulodda holat eʼlon qilindi. Bu haqda mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri Gilermo Alfonso Jaramillo 'Senal Colombia' telekanali orqali maʼlum qildi.'Prezident Gustavo Petro boshchiligidagi hukumat mamlakatda sogʻliqni saqlash boʻyicha favqulodda holat eʼlon qildi', dedi u oʻz chiqishida.Vazirning taʼkidlashicha, Kolumbiyada 74 ta infeksiya holati aniqlangan, ulardan 34 tasi oʻlim bilan yakunlangan.
Afrikalik ayol Xalqaro Olimpiya qoʻmitasiga prezident etib saylandi
Yangi saylangan prezident XOQ tarixida prezident lavozimini egallagan birinchi ayol va Afrikaning birinchi vakili boʻldi. U 2025-yil 23-iyunda amaldagi rahbar Bax tomonidan vakolatlar topshirilgandan soʻng lavozimga kirishadi.'Men shunday harakat qilamanki, barchangiz bugun qabul qilgan qaroringizdan faxrlanasiz. Oldinda bizni koʻplab hamkorlikdagi ishlar kutmoqda. Bu saylov kurashi gʻoyat ajoyib boʻldi', degan Koventri sessiya ishtirokchilariga.Taʼkidlash joiz, Koventri suzish boʻyicha i
“Bir necha soniyaga kech qolganimizda biz ham oʻlgan boʻlardik”: Isroil Gʻazodagi xonadon hamda kasalxonani bombardimon qildi
Isroil harbiylari Xon-Yunis shahridagi xonadonni bombardimon qilishi oqibatida besh nafar falastinlik halok boʻldi. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Maʼlumotlariga koʻra, mazkur hujum oqibatida besh nafar falastinlik halok boʻlgan hamda bir necha kishi turli darajadagi tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan. Guvohlarning taʼkidlashicha, Isroil askarlari asosan hududdagi turar-joy binolarini yoʻq qilishga harakat qilgan.Shuningdek, 13-aprel, yakshanba kuni Isroil harbiylari