calendar 23 Mar 16:44
eye 62
comments 0
comments Manba: xs.uz

Yer yuzidagi barcha muzliklar 2100-yilga borib erib tugashi mumkin – BMT

image


Dunyo boʻylab muzliklarning erish tezligi hozirgidek davom etsa XXI asrning oxirlariga kelib, Yer yuzi deyarli muzliklarsiz qolishi mumkin. Bu haqida BMTning iqlim boʻyicha ekspertlari 'Butunjahon muzliklar kuni' munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirdagi nutqida maʼlum qildi.

Har yili 21-mart kuni, 'Butunjahon muzliklar kuni' deya eʼtirof etilib, muzliklarning Yer sayyorasi iqlim, atrof-muhit tizimidagi hal qiluvchi ahamiyati haqida masʼuliyatni oshirishga qaratilgan tadbirlar oʻtkaziladi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻylab barcha muzliklar dunyodagi ichishga yaroqli suv zaxiralarining taxminan 70 foizini oʻzida jamlagan. Ammo har yili dunyo boʻylab 273 milliard tonna muz erib, okeanlarga quyilmoqda. Bu hajm dunyo aholisining oʻttiz yillik suv isteʼmoliga teng suv miqdorini tashkil qiladi.

Muzliklar iqlim, atrof-muhit oʻzgarishiga taʼsir oʻtkazadigan asosiy omil hisoblanib, barqaror iqlim sharoitida erimaydi. Biroq, hozirgi kunda inson omili sababli yuzaga kelayotgan global isish oqibatida muzliklarning erish maydoni katta tezlikda kengayib bormoqda. Muntazam erish oqibatida koʻplab muzliklar keskin kamayib ketyapti. Muzliklarning erish hajmi yillik koʻrsatkichda rekord darajaga yetgan. Markaziy Yevropadagi muzliklarning qariyb 40 foizi allaqachon erib ketgan.

Shuningdek, muzliklarning erish tezligi shunday davom etsa, oqibatda Afgʻonistondan Pokistongacha choʻzilgan Hindukush togʻ tizmasidagi 120 milliondan ortiq fermerlar oʻz xoʻjaliklari uchun zaruriy taʼminot boʻlib xizmat qilayotgan muzliklaridan ayrilishadi.

Jahon muzliklarini monitoring qilish xizmati rahbari Maykl Zempning maʼlum qilishicha, muzliklarning hozirgidek erish surati pasaymasa, Alp togʻlarida asrlar davomida saqlanib kelgan yirik muzliklar shu asrning yakunigacha butunlay yoʻq boʻlib ketadi.

Mutaxassislarning fikricha, dunyo boʻylab issiqxona gazlari chiqindilari kamaytirilmasa va harorat hozirgi surʼatda oshishda davom etsa, 2100-yil oxiriga borib, Yevropa, Sharqiy Afrika, Indoneziya va boshqa mintaqalardagi kichik muzliklarning qariyb 80 foizi yoʻq boʻlib ketishi ehtimoli yuqori.

'Biz bir haqiqatni unutmasligimiz kerak. Muzliklarning saqlab qolinishi dunyo boʻylab xavfsizlik, farovonlik va adolat uchun juda muhim. Keling, insoniyat manfaatlari uchun asrlar davomida muzlagan holda saqlanib kelgan hayot manbalarini asrab qolish uchun birgalikda harakat qilaylik ', ' deydi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:38
 
91
0
xs.uz

Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Amerika Qoʻshma Shtatlari rahbari Donald Trampga Rossiyaning Turkiyada taklif qilgan muzokaralariga darhol rozi boʻlish chaqirigʻiga javob berdi.'Men shaxsan Vladimir Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman. Biz ertangi kundan boshlab diplomatiya uchun zarur asos yaratishga toʻliq va uzoq muddatli sulhni kutmoqdamiz. Qotillikni kechiktirishning maʼnosi yoʻq. Umid qilamanki, ruslar bu safar bahona topmaydi', ' deya yozdi Zelenskiy oʻzining 'Telegram'

15 Apr 07:06
 
37
0
xs.uz

Elektr avtomobillar global isishga qarshi kurashda samarasiz ekani maʼlum boʻldi

Yangi Zelandiyaning Oklend va Xitoyning Syamin universitetlari olimlaridan iborat xalqaro guruh elektromobillarning atrof-muhitga haqiqiy taʼsiri boʻyicha kutilmagan xulosalarni taqdim etdi.Jamoa soʻnggi 15-yil davomida 26 mamlakat maʼlumotlarini, avtomobillarning toʻliq hayoti sikli ' ishlab chiqarishdan to utilizatsiya qilishgacha boʻlgan davrni hisobga olgan holda tahlil qildi.'Maʼlum boʻlishicha, elektromobillarning joriy etilishi iqlimning antropogen oʻzgarishining asosiy omili bo

13 May 14:38
 
83
0
xs.uz

Makron va Mers poyezdda kokain isteʼmol qilganmidi?

Gap shundaki, fotosuratchilar siyosatchilarga yuzlanganda Makron stoldan gʻijimlangan qogʻozni, Mers esa tayoqcha oʻxshash jismni olib tashlagan.Internetda sharhlovchilar, bir qator blogerlar, shuningdek, Rossiya tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova sayohat paytida siyosatchilar kokain isteʼmol qilganini aytishdi. Bunga isbot tarzida Makron va Mersning harakatlarini keltirildi.Shu qatorda 'Liberation' gazetasi kokain haqida hech qanday gap-soʻz yoʻqligini yozib, yuqori

04 Apr 16:20
 
51
0
xs.uz

AQSh elchisi ushbu mamlakatdagi oʻzbekistonliklarni ogohlantirdi

Elchining bildirishicha, soʻnggi bir necha yil ichida koʻplab oʻzbekistonliklar Markaziy Amerika hududidagi xavfli yoʻllar orqali AQShga kirgan. Buning oqibatida Qoʻshma Shtatlarda noqonuniy boʻlib turgan taxminan minglab oʻzbekistonliklar bor.'Ochigʻini aytganda, men bu shaxslarga Oʻzbekistonga oʻz ixtiyorlari bilan qaytishni maslahat berardim, chunki aks holda ular AQShda qamoqqa olinishi yoki deportatsiya qilinishi mumkin', degan Jonatan Henik.