calendar 24 Dec 18:20
eye 132
comments 0
comments Manba: xs

“Mening Prezidentim” ijodiy ishlar tanlovi gʻoliblari ragʻbatlantirildi

image

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida “Mening Prezidentim” ijodiy ishlar tanlovi gʻoliblarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda parlament aʼzolari, Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi mutasaddilari, yozuvchi hamda jurnalistlar, olimlar, shuningdek, hududiy studiyalardan onlayn aloqa tizimi orqali mahalliy hokimlar, oʻqituvchilar, ota-onalar, maktablar direktorlari hamda kasaba uyushmalari vakillari qatnashdi.

Taʼkidlanganidek, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida mamlakatimizda taʼlim masalasi davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Buyuk allomalar eʼtirof etganidek, Vatan taqdirini yoshlar tarbiyasi hal qiladi va najot faqat va faqat bilimdadir.

Ayni shu mezonlardan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda yurtimizda soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar mohiyatiga bagʻishlangan “Mening Prezidentim” ijodiy ishlar tanlovini oʻtkazishga qaror qildi.

Umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan ushbu tanlovdan koʻzlangan maqsad yoshlarda soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda jamiyat hayotining barcha jabhasida amalga oshirilayotgan islohotlarni teran idrok etish, Vatanimiz taqdiri, ertangi kuni va istiqboliga daxldorlik tuygʻusini rivojlantirish, ijodiy, tanqidiy hamda nostandart fikrlash, notiqlik, oʻz qarashini ijodkorona yetkazib bera olish koʻnikmalarini shakllantirishdan iboratdir.

Eʼtiborlisi, yangicha formatdagi “Mening Prezidentim” ijodiy ishlar tanlovi oʻtgan besh yilda taʼlim sohasida amalga oshirilgan tarixiy oʻzgarishlar bugun oʻz samarasini bera boshlaganini yaqqol koʻrsatib berdi. Buni oʻgʻil-qizlarimizning xalqaro fan olimpiadalari hamda tanlovlarida yuksak natijalarni qoʻlga kiritayotgani misolida ham koʻrish mumkin.

Mazkur tanlov joriy yilning noyabr-dekabr oylari davomida 4 bosqichda oʻtkazildi. Unda 9 ming 872 ta maktabda taʼlim-tarbiya olayotgan 600 ming nafarga yaqin oʻquvchi ishtirok etdi. Tanlovda qatnashgan oʻgʻil-qizlar orasida oʻzbek tilidan tashqari rus, qoraqalpoq, tojik, turkman, qirgʻiz hamda qozoq tillarida ham insho yozgan oʻquvchilar borligi shu aziz Vatanimizga millatidan qatʼi nazar har bir bolaning mehri beqiyos ekanidan dalolat.

Tanlovning mamlakatimiz tumanlari va shaharlari miqyosida oʻtkazilgan 2-bosqichida 600 ming nafarga yaqin oʻquvchi orasidan tegishli mezonlar asosida saralab olingan 9 ming 894 nafar oʻquvchi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida oʻtkazilgan 3-bosqichida 207 nafar oʻquvchi ishtirok etdi. Oʻquvchilar tanlovning quyi bosqichlarida “Yangi Oʻzbekiston — mening nigohimda”, “Yangi Oʻzbekiston — yangi imkoniyatlar” hamda “Mening Prezidentim” mavzularida ijodiy salohiyatlarini namoyon etdi.

Ijodiy ishlar tanlovining respublika bosqichi esa joriy yilning 21 — 24-dekabr kunlari Toshkent shahrida tashkil etildi.

Dasturga koʻra, tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan 45 nafar oʻquvchi va 14 nafar kuzatuvchi tantanali ravishda kutib olinib, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tasarrufidagi «Chinobod Plaza» sanatoriysiga joylashtirildi. U yerda ishtirokchilar uchun barcha shart-sharoit yaratib berildi.

Tanlov dasturi doirasida oʻquvchilarning mamlakatimiz parlamenti aʼzolari va ziyolilar, siyosatshunoslar, olimlar, yozuvchilar, ilm-fan arboblari bilan uchrashuvlari, shuningdek, zamonaviy bunyodkorlik maskanlari hamda poytaxtimizning diqqatga sazovor joylariga sayohatlari tashkil etildi.

Tanlovning respublika bosqichi ishtirokchilari Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida “Mening Prezidentim” mavzusida insho yozishdi. Ularning ijodiy ishlarini baholashda inshoning reja hamda maqsadlari, islohotlarning mohiyatini toʻliq ochib berilgani, siyosiy atamalardan oʻrinli va toʻgʻri foydalanilgani, soʻz boyligi hamda ifoda qurilishi, husnixat va insho uslubi adabiy til talablariga mosligi hamda savodxonligi, imlo yoki ishoralarning bexatoligi kabi mezonlarga alohida eʼtibor qaratildi. Barcha ijodiy ishlar, yaʼni insholar nufuzli hakamlar hayʼati aʼzolari tomonidan xolisona baholandi.

Natijalarga koʻra, tanlovning respublika bosqichi qatnashchilari orasidan 1-, 2-, va 3-oʻrin sohiblari, shuningdek, 12 ta nominatsiya boʻyicha gʻoliblar aniqlandi.

Xususan, hakamlar hayʼati qarori bilan 3-oʻringa ikki nafar gʻolib —Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi 2-umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi Marvarid Rustamova hamda Buxoro viloyati Jondor tumanidagi 3-umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi Jasmina Toʻrayeva munosib koʻrildi. Ular 3-darajali diplom bilan taqdirlandi. Shuningdek, tanlov Nizomiga koʻra, oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-shartnoma asosida talabalikka qabul qilingan taqdirda ularning 2 yillik shartnoma toʻlovlari toʻlab beriladi. Agarda davlat granti asosida oʻqishga kirsa, oʻsha summa oʻzlariga mukofot sifatida taqdim etiladi.

Xuddi shunday, tanlovning respublika bosqichida 2-oʻringa ham ikki nafar ishtirokchi munosib, deb topildi. Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Boʻzatov tumanidagi 13-umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi Gulferuz Saribayeva va Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi 6-umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi Chinigul Ismatillayeva 2-oʻrinni egallab, 2-darajali diplom bilan taqdirlandi. Shuningdek, tanlov Nizomiga koʻra, oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-shartnoma asosida talabalikka qabul qilingan taqdirda ularning 3 yillik shartnoma toʻlovlari toʻlab beriladi. Agarda davlat granti asosida oʻqishga kirsa, oʻsha summa oʻzlariga mukofot sifatida taqdim etiladi.

“Mening Prezidentim” ijodiy ishlar tanlovi respublika bosqichining mutlaq gʻolibi, yaʼni 1-oʻrin sohibi Toshkent viloyati, Parkent tumanidagi 5-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi Raʼno Abduhamidova boʻldi. U 1-darajali diplom bilan taqdirlandi. Tanlov Nizomiga koʻra, oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-shartnoma asosida talabalikka qabul qilingan taqdirda uning 4 yillik shartnoma toʻlovlari toʻlab beriladi. Agarda davlat granti asosida oʻqishga kirsa, oʻsha summa mukofot sifatida taqdim etiladi.

Bu hali hammasi emas. Gʻolib oʻquvchilarning ustozlari ham ragʻbatlantirildi. Xususan, 3-oʻrinni egallagan oʻquvchilar ustozlari 10 million soʻm, 2-oʻrin sohiblarining ustozlari 20 million soʻm, 1-oʻrin sohibining ustozi 30 million soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Gʻolib oʻquvchilar tahsil olayotgan umumtaʼlim maktablarining rahbarlari ham tashkilotchilar tomonidan munosib ragʻbatlantirilib, ularga sovgʻa tariqasida noutbuklar taqdim etildi. Xuddi shu sovgʻa tanlovning respublika bosqichi ishtirokchilarining barchasiga taqdim qilindi.

Shuningdek, tantanali tadbirda tanlov nominatsiyalari gʻoliblari ham mukofotlandi. Xususan, “Yoshlarga oid davlat siyosati yoritilgan eng yaxshi insho”, “Hududlardagi islohotlar keng yoritilgan insho”, “Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar keng yoritilgan insho”, “Gender tenglik masalasi keng yoritilgan insho”, “Maʼnaviy-maʼrifiy mavzudagi eng yaxshi insho”, “Oʻzbekistondagi yangi taraqqiyotni keng yoritgan insho”, «Dunyo hamjamiyatida Oʻzbekiston mavqei keng yoritilgan insho», “Innovatsion islohotlar va bunyodkorlik ishlari keng yoritilgan insho”, “Vatan haqida eng samimiy dil izhorlari bitilgan insho”, “Tolerantlik va ilgʻor gʻoyalar keng talqin etilgan insho” nominatsiyalari boʻyicha gʻolib boʻlgan oʻquvchilarga zamonaviy smartfonlar topshirildi.

Umuman olganda, mutlaqo yangi formatda tashkil etilgan “Mening Prezidentim” ijodiy ishlar tanlovi oʻquvchi-yoshlar isteʼdodini yuzaga chiqarish, Vatanimiz kelajagi hamda istiqboliga daxldorlik tuygʻusini yanada rivojlantirishda muhim oʻrin tutdi, desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Zero, oʻz yurti baxtu saodati yoʻlida koʻzi yonib, yuragi joʻshib turgan insonni hech kim va hech narsa yenga olmaydi.

Rahim SHERQULOV, “Xalq soʻzi”.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:18
 
39
0
xs.uz

“Inson uchun” – inklyuziv yugurish marafoniga start berildi

Marafonda 300 nafardan ziyod nogironligi bo'lgan shaxslar ishtirok etdi. Ular sport orqali o'z salohiyatlarini ko'rsatish, yangi do'stlar topish hamda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish imkoniyatiga ega bo'lishdi.'Inson uchun' marafoni ishtirokchilari quyidagi 4 yo'nalish bo'yicha, ayollar va erkaklar alohida baholanib, taqdirlandi:- ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchilar;- kar va zaif eshituvchilar;- aqliy rivojlanishda ortda qolganlar;- harakat tayanchi shikastlanganlar va boshqalar.'Inson uchun'

24 Mar 13:25
 
80
0
xs.uz

24-mart kuni ayrim hududlarda kuchli yomgʻir yogʻishi mumkin

Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-14 daraja iliq, kunduzi 15-17 daraja iliq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi,'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.Buxoro'v

20 Mar 12:54
 
44
0
xs.uz

Oʻzbekistonda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligi keng nishonlanadi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriBuyuk vatandoshimiz, islomiy ilmlar rivojiga ulkan hissa qo'shgan benazir alloma, kalom ilmining sultoni Imom Abu Mansur 'Moturidiyning (keyingi o'rinlarda ' Imom Moturidiy) ibratli hayot yo'li va boy ilmiy-ma'naviy merosini har tomonlama chuqur o'rganishni rag'batlantirish, moturidiylik ta'limotiga xos bag'rikenglik va'mo'tadillik tamoyillarini xalqimiz va jahon jamoatchiligi o'rtasida keng targ'ib etish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umumin

04 Apr 16:19
 
44
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Isroil oʻrtasidagi strategik sheriklikda parlamentlararo aloqalarning oʻrni muhokama qilindi

2025-yil 4-aprel kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Isroil Davlatining Knesseti Spikeri Amir Oxana bilan uchrashuv oʻtkazdi.Uchrashuvda Oʻzbekiston va Isroil oʻrtasidagi strategik sheriklikda parlamentlararo aloqalarning oʻrni va ahamiyati muhokama qilindi. Ikki tomonlama hamkorlikning barcha yoʻnalishlarida samarali natijalarga erishish uchun parlamentlararo munosabatlarni yanada faollashtirish muhimligi taʼkidlandi.Qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish, doʻstlik guru