Oʻzbekiston va Isroil oʻrtasidagi strategik sheriklikda parlamentlararo aloqalarning oʻrni muhokama qilindi

2025-yil 4-aprel kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Isroil Davlatining Knesseti Spikeri Amir Oxana bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va Isroil oʻrtasidagi strategik sheriklikda parlamentlararo aloqalarning oʻrni va ahamiyati muhokama qilindi. Ikki tomonlama hamkorlikning barcha yoʻnalishlarida samarali natijalarga erishish uchun parlamentlararo munosabatlarni yanada faollashtirish muhimligi taʼkidlandi.
Qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish, doʻstlik guruhlari faoliyatini jadallashtirish va parlamentlar qoʻmitalari oʻrtasidagi faol muloqotni yoʻlga qoʻyish uchun aniq dasturlar ishlab chiqishga kelishib olindi.
Uchrashuv chogʻida turizm, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, innovatsiya va yuqori texnologiyalar, sogʻliqni saqlash sohalaridagi qoʻshma loyihalarni kengaytirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Suhbat yakunida ikki mamlakat parlamentlari oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan qadamlar belgilab olindi.
Togʻdan sel kelishi oqibatida “Qamchiq” dovonida yoʻlning bir qismi vaqtincha yopildi
'Qamchiq' dovoni hududidan oʻtuvchi A-373 avtomobil yoʻlining 137-kilometrida yogʻingarchilik natijasida togʻdan kelgan sel oqibatida tosh va shagʻal aralashmalari yoʻlni qoplagan. Oqibatda dovon yoʻlining bir qismi vaqtincha yopilgan, deb xabar bermoqda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati.Qoʻshimcha qilinishicha, 'Qamchiq' dovoni hududidan oʻtuvchi A-373 avtomobil yoʻlining ushbu qismida ikki tomonlama harakat vaqtincha faqat 'Toshkent ' Vodiy' yoʻnalishida tashkil etilgan.'YPX xodiml
Nurafshon shahrida 1000 ta qush uyasi oʻrnatish aksiyasi boshlandi
Otabek ISROILOV/'Xalq soʻzi'. Nurafshon shahrida Butunjahon atrof-muhitni himoyalash kuni munosabati bilan ekologik aksiya boshlandi. Tadbir doirasida shahar boʻylab 1000 ta qush uyasi oʻrnatilishi rejalashtirilgan.' Maqsadimiz Nurafshon shahrida qushlar va insonlar uchun qulay ekologik muhit, barqaror ekotizim yaratishdir, ' dedi Nurafshon shahri hokimi Ilhom Qilichxonov.Ekomutaxassislar tomonidan amaliy koʻrsatmalar berildi. Shundan soʻng volontyor yoshlar, ekofaollar shahar boʻylab qush
Yozning ilk kunida qanday ob-havoga guvoh boʻlamiz?
'Oʻzgidromet' 1-iyun kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 30-32 daraja boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi, Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 34-39 daraja boʻladi.Buxoro'va'Navoiy'viloyatlarida havo biro
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqda keskinlashib borayotgan vaziyat, xususan, Isroilning Eron Islom Respublikasiga qarshi amalga oshirgan harbiy amaliyoti yuzasidan chuqur xavotir bildirgan rasmiy bayonot eʼlon qildi.'Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi insonlarning halokatiga va Yaqin Sharqda vaziyatning keskinlashuviga olib kelgan Isroilning Eron Islom Respublikasiga qarshi harbiy amaliyoti yuzasidan chuqur xavotir bildiradi.Barcha tomonlarni toʻliq