calendar 15 Jun 10:46
eye 83
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi

image
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqda keskinlashib borayotgan vaziyat, xususan, Isroilning Eron Islom Respublikasiga qarshi amalga oshirgan harbiy amaliyoti yuzasidan chuqur xavotir bildirgan rasmiy bayonot eʼlon qildi.

'Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi insonlarning halokatiga va Yaqin Sharqda vaziyatning keskinlashuviga olib kelgan Isroilning Eron Islom Respublikasiga qarshi harbiy amaliyoti yuzasidan chuqur xavotir bildiradi.

Barcha tomonlarni toʻliq vazminlikka, harbiy harakatlarni darhol toʻxtatishga va nizoni siyosiy-diplomatik yoʻl bilan hal etishga chaqiramiz.

Keng koʻlamli toʻqnashuvga olib kelishi mumkin boʻlgan jiddiy Vaziyatning yanada keskinlashuvi xavotir uygʻotmoqda.

Oʻzbekiston mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlashga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi va mojaroning keskinlik darajasini kamaytirish boʻyicha saʼy-harakatlarga koʻmaklashishga tayyorligini bildiradi', deyiladi xabarda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:26
 
25
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyevning “Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari va murabbiylaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoni eʼlon qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining FarmoniMamlakatimizda sportni rivojlantirish va keng ommalashtirish, xalqimiz orasida sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishga qoʻshgan katta hissasi, futbol boʻyicha Osiyoning eng kuchli jamoalari oʻrtasidagi saralash musobaqalarida chinakam jasorat va matonat fazilatlarini, yuksak professionalizm va azmu shijoat namunasini koʻrsatib, ulkan gʻalabaga erishgani ' Vatanimiz tarixida birinchi marta jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritgani,

13 May 14:37
 
54
0
xs.uz

Fargʻona davlat texnika universitetida “Yoshlar texnoparki” tashkil etildi

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Maʼlumki, Fargʻona davlat texnika universitetida taʼlim jarayonini ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Universitet qoshida tashkil etilgan spin-off kompaniyalari professor-oʻqituvchilar, magistr va talabalarni viloyatdagi yirik sanoat korxonalari hamda tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda ilmiy va innovatsion loyihalarni hayotga tatbiq etishga keng jalb qilmoqda.Shu bilan birga, dual taʼlim tizimi

13 Jun 00:36
 
20
0
xs.uz

Taʼlim-tarbiyada tanaffus yoʻq

Ahmadali SHERNAZAROV/'Xalq soʻzi'. Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan 'Dolzarb 90 kun' loyihasi yozgi taʼtil kunlarida ham oʻquvchilarning bilim olishlari va jismoniy chiniqishlari uchun katta imkoniyatlar yaratmoqda. Xususan, Sirdaryo viloyatida ayni loyiha ijrosi doirasida 42 ta umumtaʼlim muassasalarida kunduzgi oromgohlar tashkil etildi. Kunduzgi oromgohlarga 5200 nafardan ziyod oʻquvchi jalb qilinishi moʻljallangan. 'Barkamol avlod' bolalar maktabining 168 ta tarmoq

18 Jun 21:55
 
4
0
xs.uz

Kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyildi

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirish, aholining koʻmakka muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish koʻlamini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.Samarqand shahri, Urgut va Toyloq tumanlarida 'Parvarish xizmati' masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan nogironligi boʻlgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyildi. Bu yangi xizmatning koʻrsatilishi nafaqat bolalarning mu