calendar 13 Jun 00:36
eye 15
comments 0
comments Manba: xs.uz

Taʼlim-tarbiyada tanaffus yoʻq

image
Ahmadali SHERNAZAROV/'Xalq soʻzi'. Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan 'Dolzarb 90 kun' loyihasi yozgi taʼtil kunlarida ham oʻquvchilarning bilim olishlari va jismoniy chiniqishlari uchun katta imkoniyatlar yaratmoqda. Xususan, Sirdaryo viloyatida ayni loyiha ijrosi doirasida 42 ta umumtaʼlim muassasalarida kunduzgi oromgohlar tashkil etildi. Kunduzgi oromgohlarga 5200 nafardan ziyod oʻquvchi jalb qilinishi moʻljallangan. 'Barkamol avlod' bolalar maktabining 168 ta tarmoq toʻgaraklari muntazam ishlashi taʼminlanmoqda. Eʼtiborlisi, butun yoz davomida viloyatning barcha maktablaridagi sport zallari, kutubxonalar, faollar zali, informatika xonalarining eshiklari oʻquvchilar uchun ochiq boʻladi.

' 'Dolzarb 90 kun' loyihasi dasturi keng qamrovli, ' deydi Sirdaryo viloyati maktab va maktabgacha taʼlim boshqarmasi boʻlimi boshligʻi Hilola Nazarbekova. ' Shunga mos ravishda uni amalga oshirishga masʼul boʻlgan tashkilot va idoralar soni ham salmoqli. Yaʼni mazkur loyihada maktab va maktabgacha taʼlim tizimi bilan birga jami 15 ta tashkilot ishtirok etmoqda. Ayni hamkorlik tufayli yozgi taʼtil davomida bolalarning boʻsh vaqtini mazmunli va samarali oʻtkazish, turli qiziqarli ekskursiyalar, tadbirlar, tanlovlar hamda kasbga yoʻnaltiruvchi mashgʻulotlar tashkil etish imkoniyati kengaymoqda. Ayni paytda boshqarmamiz tomonidan oʻquvchilarning yozgi taʼtil davomida hunar va kasb oʻrganishlari uchun 'Ustoz -shogird' anʼanasi asosida kasbiy koʻnikmalar markazlarida qisqa muddatli kurslar tashkil qilish boʻyicha Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga takliflar bildirdik. Oʻquvchilarda kasbiy koʻnikmani shakllantirish va ularning hunarli boʻlishini taʼminlash 'Dolzarb 90 kun' loyihasidan koʻzlangan asosiy maqsadlardan biri hisoblanadi.



Yoz davomida oʻquvchi yoshlarda vatanparvarlik, yurtga muhabbat tuygʻularini yanada mustahkamlash va Vatanimiz haqidagi taassurotlarini kengaytirish maqsadida respublikamizning diqqatga sazovor manzillariga sayohatlar uyushtirilmoqda. Barcha maktablarda tashkil etilgan 'Zakovat' intellektual oʻyinlariga 2000 dan oshiq oʻquvchi jalb etildi. Shuningdek, maktablardagi 'Yosh strateglar' shaxmat toʻgaraklari aʼzolari oʻrtasida viloyat darajasigacha musobaqa tashkil etilishi kutilmoqda.

' Taʼlim-tarbiyada tanaffus boʻlmaydi, 'deydi Shirin shahridagi 2-umumtaʼlim maktabi direktori Rayimjon Egamberdiyev. ' Shu maʼnoda 'Dolzarb 90 kun' loyihasi shu tamoyilning mukammal va yuqori samarali amaliy ifodasi boʻlmoqda. Ayni kunlarda maktabimizdagi 26 ta sinf oʻquvchilarining har biri biror foydali mashgʻulot bilan band. Toʻgaraklarimiz xuddi oʻquv yilidagidek gavjum. Quvonarlisi, ayni faollik oʻquvchilarimizda taʼlim olishga boʻlgan ishtiyoqning yuqoriligini bildiradi.



Viloyatning turli hududlarida 'Dolzarb 90 kun' mobaynida oʻquvchilarning shoirlar, yozuvchilar, ijodkorlar hamda chempionlar bilan uchrashuvlari tashkil etiladi. Shuningdek, kitobxonlik, ijodiy ishlar, 'Zakovat', 'Ixtirochilikka qadam' koʻrik-tanlovlari tashkil etilmoqda. Tadbirlar mundarijasida oʻqituvchilarni eʼzozlashdek xayrli va ibratli tadbirlar ham borligi eʼtiborga molik. Gap shundaki, 'Ustozimga ehtirom' shiori ostida oʻquvchilarning oʻz ustozlariga chuqur hurmat va minnatdorlik tuygʻulari ifoda etilgan maktublarini yozish chellenji oʻtkaziladi. Shuningdek, milliy urf-odatlar, kiyinish madaniyati, milliy taomlar tayyorlash jarayonlaridan iborat milliy videokontent tayyorlanadi. 'Dolzarb 90 kun'ning 'Mehrli yuraklar' loyihasi asosida yana bir xayrli ish ' uyda taʼlim olayotgan oʻquvchilar holidan xabar olib turilishi ham eʼtirofga loyiq.

Aytish lozimki, oʻquvchilarning yozgi taʼtilini mazmunli va samarali oʻtkazishda maktab va ota-onalar hamkorligi asosiy omil boʻlmoqda. Shu bilan birga, ota-onalar 'Dolzarb 90 kun' loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy, sport-sogʻlomlashtirish va taʼlim-tarbiya yoʻnalishida olib borilayotgan ishlardan mamnunliklarini bildirmoqda.



' Bu yil oʻgʻlim Bunyodbek tumanimizdagi 7-maktabda birinchi sinfni tugatdi, 'deydi Guliston tumanidagi Yulduz mahallasida yashovchi uy bekasi Marhabo Abduxalilova. ' Oʻqishga qiziqishi baland, ayniqsa matematikaga. Yaxshiki, yozgi taʼtilda ham shu ishtiyoqi pasaymaydigan boʻldi. Ustozi Lobar Roʻzimuhammedova olib borayotgan toʻgarakka qatnamoqda. Toʻgarak mashgʻulotlaridan boʻsh vaqtlarida shaxmat oʻynash hamda kitob oʻqish bilan mashgʻul boʻlmoqda. Albatta, bolalik oʻyinlariga ham vaqti yetyapti. Demoqchimanki, u taʼtilda ham maza qilib dam olyapti, ham oʻzi qiziqqan fan boʻyicha taʼlim olyapti.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:46
 
307
0
xs.uz

Bundan buyon xususiy oliygohlardagi pedagogik yoʻnalishlar davlat institutlari bilan bir xil boʻladi — Prezident.

Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida Avloniy malaka oshirish institutining 13 ta hududiy markazidagi yondashuvlarni ham, dasturlarni ham tubdan oʻzgartirish zarurligi taʼkidlandi.Masalan, Jizzax malaka oshirish markazidagi 60 nafar professor-oʻqituvchining barchasi AQSH, Buyuk Britaniya, Singapur, Germaniyani yetakchi oliygohlari dasturlari asosida qayta tayyorlanadi.Shu bilan birga, maktabdagi 17 ta fanni har biri boʻyicha alohida tayanch maktablari boʻladi.Har bir

21 Apr 08:33
 
53
0
xs.uz

Toshkentda mast erkak pichoq bilan odamlarga tashlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir erkak qoʻlida pichoq koʻtargancha fuqarolarga hujum qilgani aks etgan videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan poytaxt IIB rasmiy'munosabat bildirdi.Qayd etilishicha, joriy yilning 18-aprel kuni taxminan soat 19:40 larda Shayxontohur tumani Sebzor koʻchasida joylashgan avtoturargohlardan birida oʻrnatilgan 'tashvish tugmasi' bosilganligi haqida Toshkent shahar IIBB Qoʻriqlash boshqarmasiga xabar kelib tushgan.Zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan IIO xodimlari tom

04 Jun 02:44
 
23
0
xs.uz

4-iyun kuni ob-havo qanday boʻladi?

'Oʻzgidromet' 4-iyun kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 19-21 daraja, kunduzi 35-37 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda

04 Jun 02:44
 
25
0
xs.uz

O‘quvchilarimiz 19 ta medal bilan peshqadam

Umumiy hisobda 69 nafar (12'ta oltin,'24'ta'kumush,'33 ta'bronza) ishtirokchi'o'quvchilar'turli darajalardagi'medallar'bilan taqdirlandi.O'zbekistonlik'o'quvchilar 19'ta (6'ta'oltin,'8'ta'kumush,'5'ta bronza)'medal bilan'xalqaro olimpiadaning'yakka'peshqadamiga aylandi.