Oʻzbekistonda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligi keng nishonlanadi

Buyuk vatandoshimiz, islomiy ilmlar rivojiga ulkan hissa qo'shgan benazir alloma, kalom ilmining sultoni Imom Abu Mansur 'Moturidiyning (keyingi o'rinlarda ' Imom Moturidiy) ibratli hayot yo'li va boy ilmiy-ma'naviy merosini har tomonlama chuqur o'rganishni rag'batlantirish, moturidiylik ta'limotiga xos bag'rikenglik va'mo'tadillik tamoyillarini xalqimiz va jahon jamoatchiligi o'rtasida keng targ'ib etish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida'qaror qilaman:
1.'Din ishlari bo'yicha qo'mita, O'zbekiston musulmonlari idorasi, Samarqand viloyati hokimligi, O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2025-yilda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligini keng nishonlash to'g'risidagi taklifi ma'qullansin.
2.'Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligiga bag'ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko'rish va ularni o'tkazish bo'yicha'tashkiliy qo'mita'(keyingi o'rinlarda ' Tashkiliy qo'mita) tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3.'Tashkiliy qo'mita (A.Aripov) ikki hafta muddatda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligini allomaning islom olamidagi obro'-e'tibori va nufuziga munosib tarzda yuqori saviyada nishonlash bo'yicha quyidagilarni nazarda tutadigan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin:
(a)'2025-yil aprel oyida Samarqand shahrida''Moturidiylik ' bag'rikenglik, mo'tadillik va ma'rifat ta'limoti''mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o'tkazish;
(b)'xorijlik tadqiqotchilar o'rtasida moturidiylik ta'limoti bo'yicha'ilmiy tanlov'o'tkazish, g'oliblar ishtirokida O'zbekistonda'madaniy-ma'rifiy uchrashuv'va seminar-treninglar tashkil etish;
(v)'Imom Moturidiyning''Ta'vilot al-Qur'on''va''Kitob at-tavhid''asarlari va moturidiylik ta'limotiga oid manbalarning o'zbek va'xorijiy tillardagi ilmiy-izohli akademik tarjimalarini nashr etish;
(g)'Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligiga bag'ishlangan esdalik suvenirlarini muomalaga chiqarish hamda pochta markalari, taqvimlar, buyuk mutafakkirning hayoti va ilmiy merosini yoritib beradigan boshqa ko'rgazmali axborot vositalari turkumini yaratish;
(d)'Imom Moturidiyning serqirra hayot yo'li va ilmiy merosining bugungi kundagi ahamiyatini ochib beradigan'badiiy-publitsistik film'yaratish;
(e)'Samarqand viloyatida Imom Moturidiy va moturidiylik ta'limoti yo'nalishida faoliyat olib borgan allomalarning hayoti, ilmiy va'ijodiy merosiga bag'ishlangan asarlarning'nodir qo'lyozma va'nashr nusxalari hamda kitoblari ko'rgazmasini tashkil etish;
(j)'Samarqand shahridagi Abu Mansur Moturidiy majmuasini qayta ta'mirlash va obodonlashtirish.
4.'Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
(a)'Din ishlari bo'yicha qo'mita bilan birgalikda 2025-yil may va oktyabr oylarida Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida Oliy ta'lim muassasalarini rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari hisobidan 'Moturidiylik ta'limoti va hozirgi zamon' mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini hamda'ilmiy maqolalar tanlovini o'tkazsin;
(b)'moturidiylik ta'limotiga mansub allomalarning ilmiy merosi va noyob qo'lyozma asarlarni o'rganish bo'yicha Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi mablag'lari hisobidan amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini belgilangan tartibda shakllantirib borsin.
5.'O'zbekiston musulmonlari idorasiga imom-xatiblar hamda diniy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida''Moturidiylik ta'limoti bilimdoni''tanlovini o'tkazish va g'oliblarni munosib taqdirlash tavsiya etilsin.
6.'Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Din ishlari bo'yicha qo'mita, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda 2025-yil davomida joylarda Imom'Moturidiyning ilmiy merosiga bag'ishlangan davra suhbatlarini tashkil etsin.
7.'Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Madaniy meros agentligi bilan birgalikda:
(a)'xorijiy mamlakatlarda saqlanayotgan Imom Moturidiy va''moturidiylik ta'limotiga mansub allomalarning hayoti va ilmiy merosiga oid noyob qo'lyozma asarlar va boshqa madaniy boyliklarni aniqlash, ularning nusxalarini O'zbekistonga olib kelish va tadqiq qilishni tizimli ravishda tashkil etsin;
(b)'Imom Moturidiyning hayoti va ilmiy faoliyatiga bag'ishlangan yuqori sifatli mediamahsulotlar hamda audiovizual asarlar yaratish, ularni mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida e'lon qilish, internet tarmog'i va'ijtimoiy tarmoqlarda keng targ'ib qilish choralarini ko'rsin.
8.'O'zbekiston Milliy axborot agentligi, O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, 'Dunyo' axborot agentligi va O'zbekiston milliy media assotsiatsiyasiga Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligini nishonlash bilan bog'liq tadbirlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.
9.'Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.'Aripov hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.Q.'Davletov zimmasiga yuklansin.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.'Mirziyoyev
Qamrov oshdi, lekin sifat boʻyicha qiladigan ishlarimiz koʻp — Shavkat Mirziyoyev
Soʻnggi yetti yilda bogʻchalar bilan qamrov 700 mingdan 2,3 millionga yetkazildi. Bugungi kunda Oʻzbekistonda 7 mingta davlat va 31 mingdan ziyod xususiy bogʻchalar faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan maktab taʼlimi yuzasidan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.'Qamrov oshdi, lekin sifat boʻyicha qiladigan ishlarimiz koʻp. Bogʻchalar nafaqat tarbiya, balki bolada taʼlim olish uchun ilk koʻnikmalarni shakllantiradigan maskanga aylani
Oʻzbekistondagi barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan oʻzgartiriladi
Bundan buyon barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan oʻzgarishi belgilandi. Prezident buni Termiz pedagogika instituti misolida tushuntirib berdi.Qayd etilishicha, bu oliygohga Yangi Oʻzbekiston universitetidagi kabi xalqaro boshqaruv tizimi tatbiq etiladi. 'Top' xorijiy oliygohlar tajribasi asosida fakultetlar oʻrnida aniq, tabiiy, ijtimoiy, filologiya, amaliy fanlar, maktabgacha va boshlangʻich taʼlim boʻyicha 6 ta oliy maktab tashkil qilinadi.Aniq fanlar maktabida Myunxen texnika
Fargʻonada “Ibratli oila” koʻkrak nishonlari topshirildi
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. 15-may ' Xalqaro oila kuni munosabati bilan Fargʻona viloyatida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilib, bu boradagi milliy qadriyat va anʼanalarimiz keng targʻib etildi.Xususan, qutlugʻ sana munosabati bilan Fargʻona viloyat hokimligida boʻlib oʻtgan tantanali tadbirda bir guruh namunali oila vakillariga 'Ibratli oila' koʻkrak nishoni topshirildi. Viloyat faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida oʻtkazilgan tadbirlar jamiyatimizda bunday o
Shavkat Mirziyoyev va Jorja Meloni bir qator muhim hujjatlarni imzoladi
Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni Strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiyani qabul qildilar.Ular huzurida tashrif doirasida imzolangan, jumladan:Shuningdek, rasmiy tashrif doirasida Italiya Milliy tadqiqotlar markazi, 'SIMEST' va 'Danieli' kompaniyalari, Peruja universiteti hamda boshqa tashkilotlar bilan qator hujjatlar imz