calendar 14 Dec 18:10
eye 51
comments 0
comments Manba: daryo

Hindistonlik 21 yoshli model va aktrisa “Koinot go‘zali — 2021” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi (foto)

image

“Koinot go‘zali — 2021” tanlovi o‘z yakuniga yetdi. Unda hindistonlik 21 yashar model Harnaaz Sandhu g‘olib deb topildi.

Foto: Marie Claire

Isroilning janubidagi Eylat shahrida bo‘lib o‘tgan tanlovda brilliant tojni qo‘lga kiritish uchun butun dunyodan 80 nafar qiz va ayollar ishtirok etdi. Natijalar 12-dekabr kechasi e’lon qilingan.  Unga ko‘ra, paragvaylik Nadya Ferreyra ikkinchi, afrikalik Lalela Msvane uchinchi o‘ringa loyiq deb topilgan.

Foto: Marie Claire

Go‘zal bo‘lish uchun o‘zini noyob deb bilish kerakligini aytgan “Koinot go‘zali” auditoriyaga: “O‘zingizni boshqalar bilan taqqoslashni bas qiling”, — deb tavsiya bergan.

Foto: Marie Claire

“Men o‘zimga ishonganim uchun ham bugun bu yerdaman”, — degan Harnaaz. Uning bu so‘zlari auditoriyadagilarning olqishlariga sabab bo‘lgan.

Foto: Marie Claire

Shuningdek, u nutqi davomida bulling (bezorilik) va bodi-sheyming (tana tuzilishi bilan bog‘liq diskriminatsiya)dan aziyat chekkanini ham ta’kidlagan. Toj kiydirilganidan keyin Sandhu Hindistonni bir necha marta panjob tilida g‘alaba bilan tabriklagan.

Harnaaz ushbu maqomga ega bo‘lgan ilk hindistonlik emas. Undan avval Sushmita Sen va Lara Duttalar ham “Koinot go‘zali” deb topilgan.

Sandhu Hindistonning shimolida joylashgan Chandigarx shahrida dunyoga kelgan. G‘olib bo‘lguniga qadar Chandigarxda model va aktrisa bo‘lib ishlagan qiz endilikda tanlov shartlaridan kelib chiqib AQShga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bo‘yi 152,4 santimetrni tashkil qiladigan ishtirokchi qo‘shiq kuylash, raqs tushish, suzish va yoga bilan shug‘ullanishdan tashqari, ot minish va pazandachilikni ham yaxshi ko‘radi. Ingliz maktabini tamomlagan model davlat boshqaruvi yo‘nalishida diplom olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Nutqi davomida u iqlim o‘zgarishi haqida ham gapirib o‘tgan. “Kamroq gapirib, ko‘proq harakat qilish vaqti keldi. Oldini olish va himoya qilish, pushaymon bo‘lish va bartaraf qilishdan yaxshiroq”, — degan u.

Uning koronavirusga qarshi kurashish, gigiyena masalalari bo‘yicha ogohlikni oshirish, shuningdek, psixologik muammolari bor odamlarga yordam berishga befarq emasligi ham ma’lum bo‘lgan.

Bu ilk marta 1952-yil Kaliforniyada bo‘lib o‘tgan “Koinot go‘zali” tanlovining 70-yubileyi hisoblanadi. Koronavirus bilan bog‘liq pandemiya hisobida esa tanlov ikkinchi marta o‘tkazilmoqda. Avvaliga Isroil hukumati minglab vaksina olgan muxlislarni qarshi olishni rejalashtirgan, ammo “omikron” shtammining paydo bo‘lishi munosabati bilan ushbu qarorga o‘zgartirish kiritilgan. Tadbir bo‘lishidan ikki hafta avval mamlakat chegaralarining xorijliklar uchun yopilishi ko‘plab mojarolarga sabab bo‘lgan.

Ishtirokchilardan biri, “Fransiya go‘zali” maqomiga egalik qiluvchi qizning Isroilga kelgandan so‘ng topshirgan test javobi ijobiy chiqqan. Shundan keyin u karantinga olingan.

Foto: Marie Claire

Eslatib o‘tamiz, pandemiya bilan bog‘liq holat sabab “Koinot go‘zali-2020” tanlovi ham 2021-yilning mart oyida bo‘lib o‘tgan. Unda birinchi o‘ringa loyiq deb topilgan 26 yashar meksikalik Andrea Meza tanlov tojini 2021-yilgi g‘olib Harnaazga topshirgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:39
 
52
0
xs.uz

Vatanga muhabbat izhori

Hazorispand boʻlsam sahrolaringda,Feruza tosh boʻlsam daryolaringda,Hayit oyi boʻlsam samolaringda,Mehr-u vafo ' koʻrar dunyolaringda,Seni yomon koʻzdan asramoq uchun!Ostonangda yotgan iting boʻloyin,Naslingni pok tutgan suting boʻloyin,Koʻzingdagi hurlik oʻting boʻloyin,Baland togʻlarda burguting boʻloyin,Seni gʻanim koʻzdan asramoq uchun!Soʻzim bor ' savashda qilich boʻloli,Shaxdim bor ' quvvati birinch boʻloli,Yaxshi-yomoningda ilinj boʻloli,Ipak jonim metindan sinch boʻlol

20 Mar 12:50
 
69
0
postda.uz

АҲДИДАН ҚАЙТМАГАН «НОРТОЙ»

Ўзбекистонда биринчи фильм 1897 йил «Эски жўва» майдонида кўрсатилган. 1936 йилдан «Ўзбекфильм» киностудиясининг ташкил топиши ўзбек кино санъати ривожини бошлаб берди. Ўзбек халқи орасидан театр ва кино санъатига ихлосманд ёшлар етишиб чиқа бошлади. Ана шундай ижодкорлард

20 Mar 12:50
 
26
0
postda.uz

YEGANDEK BO‘LDIM

«Yegandek bo‘ldim» nomli masjid haqida eshitganmisiz?!Istanbulning Fotih mintaqasida shu nomdagi masjid bor. Bu turkchada «Sanki yedim» bo‘ladi. Bu g‘aroyib nom ortida ajib bir hikoya bor. Hikoya zamirida esa ajoyib bir ibrat mujassam.Naql qilishlaricha, Fotih mintaqasida Xayriddin ismli bir kishi istiqomat qilar edi. U qachon bozorning oldidan o‘tayotib nafsi mevanimi, go‘shtnimi, halvonimi xohlab qolsa, «egandek bo‘ldim» deb shunga yetadigan pulni bir sandiqqa tashlab qo‘ya

20 Mar 12:50
 
35
0
postda.uz

НАЎРЫЗ–ДОСЛЫҚ ҲӘМ БИРЛИК БЕЛГИСИНЕ ИЙЕ БОЛҒАН УЛЫЎМАХАЛЫҚ БАЙРАМЫ

Меҳир-ақыбет ҳәм мүриўбет сыяқлы қәдириятларды өзинде сәўлелендиретуғын Наўрыз ең әййемги байрамлардан есапланады. Тарийхый мағлыўматларға көре, бул байрам 3 мың жылдан артық тарийхқа ийе.Атап айтқанда, Наўрыз ҳаққында «Авесто» дa көклем гиялары көгерип, тереклер бүртик