calendar 02 Feb 16:10
eye 146
comments 0
comments Manba: daryo

Lola Zunnunova aktyorlar Ulug‘bek Qodirov va Farrux Soipovni mas’uliyatsizligi uchun qanday “jazo”laganini gapirib berdi (video)

image

Taniqli jurnalist, kinotanqidchi Lola Zunnunova kino olami vakillarining o‘z ishiga munosabati haqida gapirdi.

Foto: “Daryo”

Aktyorlar orasida, ayniqsa yoshi ulug‘ san’atkorlarni intervyuga aytilgan vaqtdan ham oldinroq yetib kelishini, ammo yosh aktyorlar bu holatning mutlaqo teskarisi ekanini, buning natijasida faoliyati davomida qiziq holatlar bo‘lganini esladi.

Lola Zunnunova intervyuga kech qolgan Ulug‘bek Qodirov hamda Farrux Soipovlarni qanday jazolagani haqida YouTube’dagi YashinTV kanaliga bergan intervyusida so‘zlab berdi.

Ulug‘bek Qodirov juda mashhur bo‘lgan paytlar edi, qizlar Ulug‘bek Qodirovni ko‘rsa, Maykl Jeksonni ko‘rgandek o‘zini “tap-tap” tashlaydigan davr edi. Mening Ulug‘bekdan birinchi intervyu olishim emas edi. Qolaversa, Ulug‘bek Qodirov bilan kursdosh bo‘lganmiz. Biz uchun Ulug‘bek Qodirov oldingidek kursdosh yigit edi. Bir kuni Ulug‘bekni ko‘rsatuv syomkasiga taklif etdik. Aktyorlar kech uyqudan turishini hisobga olib, soat 11:00 ga suratga olish jarayonini belgiladik.

Lekin soat 11:00 dan uch soat o‘tib, 14:00 da Ulug‘bek rejissorimizga telefon qilib, “bugun bora olmayman, ko‘zlarim shishgan”, deb aytdi. Rejissorimiz “Ulug‘bekning intervyusini ertaga suratga olamiz”, dedi. Mening juda jahlim chiqdi, ertasi kuni rejalashtirilgan ishlarim ham bor edi. Lekin rozi bo‘ldim, ertasi kuni yana syomkaga keldim. Ulug‘bek Qodirov ham keldi, kameralar tayyor. Salomlashdik, hech qanday e’tirozimni bildirganim ham yo‘q. Kamera yoqilganidan keyin “siz kimsiz” dedim. “Nimangizga ishonasiz” deb aytdim. Ulug‘bek esa hayron qoldi. “Nima uchun biz butun jamoamiz bilan kecha sizni kutdik va bugun yana vaqt ajratib sizni kutdik”, dedim. “Agar siz meni muxlisim, menga mahliyo bir jurnalist, deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz adashasiz”, deb aytdim. “Hech ham unaqa emas, sizga kursdoshimdek qarayman, juda ham noto‘g‘ri ish bo‘ldi”. “Intervyumiz tamom”, deb aytdim. Operator va rejissorimiz g‘alati bo‘lib qolishdi.

“Lola, unaqa qilmang, suratga olishimiz kerak, prodyuser iltimos qilgan, rejada bor, lavha Ulug‘bek Qodirov bilan chiqsa chiroyli bo‘ladi”, deyishdi. Men esa “yo‘q dedim” va intervyu bo‘lmadi. Keyin ozgina tortishuv bo‘ldi, “bo‘lmasa men ko‘rsatuvdan ketaman”, dedim. Qachonki aktyor va ijodkorlar jurnalistlarni hurmat qilsa, o‘shanda bizni hurmatimiz, aytayotgan so‘zlarimizning salmog‘i bo‘ladi. Bugun kechiksa, ertaga kelmasa, indinga, umuman, qoldirsa bu qanday bo‘ladi? Bu mening qaysarligim, injiqligim yoki kibrim emas, bu bir dars dedim.

Shu voqeadan keyin Ulug‘bek Qodirov bilan tortishib qolmaganmiz. U ham baribir to‘g‘ri tushungan, munosabatlar buzilmagan. Odam bunaqa vaziyatlar sabab ko‘rishmay, gaplashmay ketishi mumkin. Lekin kino sohasida bo‘lganidan keyin ko‘p ko‘rishganmiz, gaplashganmiz. Hurmatimiz hozirgi kungacha juda chiroyli bo‘lgan.

Xuddi shunaqa holat Farrux Soipov bilan ham bo‘lgan. Farrux Soipovni intervyuga taklif etganimizda u kechikib kelgan, keyin men ham Farruxni kuttirganman. Farrux kelganida men boshqa ijodkor bilan intervyuni boshlagan edim. Farrux “men shoshib turibman”, deganida unda “borib ishlaringizni bitirib keling”, deganman. Operatorimiz va rejissorimiz “o‘zi Farruxni zo‘rg‘a, ming bir tavallo bilan chaqirdik, nimaga unaqa qilasiz” deyishgan. Men esa “ko‘rasizlar u keladi, agar o‘zini hurmat qilgan inson bo‘lsa, albatta, qaytib keladi”, deb aytganman. Haqiqatan Farrux Soipov ishlarini bajarib birozdan so‘ng qaytib keldi va biz intervyu oldik. Hammasi juda chiroyli bo‘ldi.

Lekin hamma ham Ulug‘bek va Farruxdek qabul qilmasligi mumkin. Masalan, ba’zilar “kerak bo‘lsa kutasan, bu senga kerak, menga emas”, deyishi ham mumkin. Ammo Ulug‘bek Qodirov va Farrux Soipov saviyasi baland, tarbiyali va dunyoqarashi keng yigitlar ekan. Buni to‘g‘ri qabul qilishgan. Vaholanki, ular o‘zlarining eng mashhurlik nuqtasiga yetgan, menga o‘xshagan jurnalist qizlar ularning qadamiga nigoron bo‘lib turgan vaqtlar edi. Men ularga vaziyatni to‘g‘ri baholagani uchun minnatdorlik bildiraman.

Lola Zunnunova, jurnalist, kinotanqidchi

Ma’lumot uchun, Lola Zunnunova 1984-yil 29-iyunda Termiz shahrida dunyoga kelgan. Jurnalist “Yoshlar” telekanalida efirga uzatilgan “Kinomaniya” ko‘rsatuvi orqali mashhurlikka erishgan. Lola Zunnunova 2007-yilda M&TVA Award taqdimotining “Yilning eng yaxshi teleboshlovchisi” nominatsiyasi g‘olibi. 2019-yilda esa “Eng ulug‘, eng aziz” respublika tanlovida g‘olib bo‘lgan.

Lola Zunnunova 2019—2021-yillarda Milliy TV telekanallarida faoliyat olib borgan. 2019-yilning yanvar oyidan boshlab Milliy TV kanalida bosh muharrir lavozimida, 2020-yilning avgust oyida esa kanalning bosh direktori lavozimida faoliyat yuritdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:58
 
42
0
qalampir.uz

MakSim o‘z karerasini vaqtincha to‘xtatdi

40 yoshli rossiyalik xonanda MakSim o‘z karerasida bir muddat tanaffus qilishini ma’lum qildi. Bu haqda “Mash” xabar berdi. Qayd etilishicha, MakSim spirtli ichimliklarga qaramlikdan davolanganidan so‘ng, qo‘shiqlarini jonli ijroda kuylashga qiynalmoqda, shu bois u noma’lum muddatga ommaviy chiqishlar va konsertlardan bosh tortdi.  Shunga qaramay, qo‘shiqchi yopiq tadbirlarda fonogramma yordamida kuylash sharti evaziga chiqish qilishi mumkin. Shuningdek, xonand

10 May 13:30
 
33
0
postda.uz

26-aprel – O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun

Suyunchi yoki ulug‘ shoir bilan qisqa va unutilmas uchrashuvHozirgidek esimda. 2000-yilning yoz oylari edi. IIV Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmati xodimlarni tarbiyalash, ijtimoiy himoya qilish bo‘limida inspektor lavozimida leytenant unvonida xizmat qilardim.Bir kuni ustozim, polkovnik O‘tkir Jo‘rayev meni xonalariga chaqirdilar. Kirsam, biz sevgan taniqli shoir Muhammad Yusuf bilan gaplashib o‘tirgan ekanlar. Marhum O‘tkir aka she'riyatni juda yaxshi ko‘rardilar,

10 May 13:31
 
21
0
qalampir.uz

Xonanda Avazbek Olimov mualliflik huquqini buzganligi uchun sudga berildi

O‘zbekistonda  xizmat ko‘rsatgan artist Avazbek Olimov mualliflik huquqini buzganlikda ayblanmoqda. Joriy yilning 2 fevral kuni fuqaro Mahliyo Rahimjonovaning xonandadan tovon puli va ma’naviy zarar undirish haqidagi da’vo arizasi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudiga kelib tushgan. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi. Unga ko‘ra, sud majlisi 14 martga tayinlangan bo‘lib, qo‘shiqchi kelmagani sababli 28 martga qoldirilgan. Biroq yana sud javobgarning kelma

23 Apr 03:36
 
55
0
xs.uz

Sirdaryoda Xalqaro tasviriy va amaliy sanʼat festivali doirasida tadbirlar oʻtkazilmoqda

Ahmadali ShERNAZAROV/'Xalq soʻzi'. Maʼlumki, har yili 15-apreldan 19-aprel kunlari mamlakatimizda anʼanaviy tarzda Xalqaro tasviriy va amaliy sanʼat festivali oʻtkazib kelinadi. Bugun Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi tasarrufidagi Sirdaryo ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatida ana shu nufuzli anjumanning ochilishiga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.Taʼkidlandiki, mamlakatimizda tasviriy va amaliy sanʼat boʻyicha iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, boy milliy me