calendar 25 Nov 13:21
eye 46
comments 0
comments Manba: xs

Jenevada BMTning Taraqqiyot huquqi toʻgʻrisidagi konvensiyasi loyihasi muhokama qilinmoqda

image

2021-yil 25-noyabr kuni Jenevada BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashi Taraqqiyot huquqi boʻyicha hukumatlararo ishchi guruhining 22-sessiyasi oʻz ishini davom ettirdi. 

Sessiya ishida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi ishtirok etmoqda.

Sessiyaga raislik qilayotgan Elchi Zamir Akromning maʼruzasida taqdim etilgan Taraqqiyot huquqi toʻgʻrisidagi konvensiya loyihasi bandma-band muhokama etilmoqda. 

Taraqqiyot huquqi toʻgʻrisidagi konvensiya loyihasi matni 36 ta moddadan iborat boʻlib, ular 5 ta qismga taqsimlangan.

Birinchi qismda Konvensiyaning maqsadi va vazifalari, unda qoʻllangan atamalar izohi bayon etilgan. Konvensiyani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan umumiy prinsiplar belgilangan.

Ikkinchi qismda taraqqiyot huquqiga taʼrif berilgan boʻlsa, uchinchi qismda majburiyatlar qayd etilgan.  

Toʻrtinchi qism institutsional masalalarga bagʻishlangan va beshinchi qismdan Konvensiyaning yakuniy qoidalari oʻrin olgan.

Keyingi besh yilda Oʻzbekiston Prezidenti inson qadrini har tomonlama joyiga qoʻyish yoʻlida olib borayotgan izchil siyosat bilan xalqaro hamjamiyatning taraqqiyot sohasidagi soʻnggi tendensiyalari oʻrtasidagi uygʻunlik tobora yaqqol koʻzga tashlanmoqda. 

Xususan, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi asosida amalga oshirilgan Harakatlar strategiyasining ustuvor yoʻnalishlari mohiyatan oʻzaro hamohangdir.

Oʻz navbatida, Jenevada qizgʻin muhokama etilayotgan Taraqqiyot huquqi toʻgʻrisidagi konvensiya loyihasi bilan Oʻzbekiston Prezidenti yaqinda eʼlon qilgan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi oʻrtasida ham inson huquqlarini rivojlantirish bilan bogʻliq oʻxshash tamoyillar mavjud. Oʻzbekiston delegatsiyasi ana shu ilgʻor tamoyillarning ahamiyatiga eʼtiborni qaratdi.

BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashining Taraqqiyot huquqi boʻyicha hukumatlararo ishchi guruhi sessiyasi 26-noyabr kuni oʻz ishini yakunlaydi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:53
 
63
0
xs.uz

Qadriyatlarga hamohang ayyom

Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Qashqadaryo viloyatining barcha shahar-u qishloqlarida Navroʻz bayrami 'Qadriyatlarining boqiy boʻlsin, Navroʻz!' degan bosh gʻoya asosida, umumxalq sayllari sifatida keng nishonlanmoqda. Viloyatning asosiy bayram tantanalari Qarshi shahridagi Alisher Navoiy nomli istirohat bogʻida tashkil etildi.Taʼkidlash joiz, Navroʻz bayramining zamirida xalqimizning ulkan tarixi, milliy qadriyatlari, urf-odatlari, marosimlari, udum va anʼanalari mujassam. Qariyb 30

13 May 14:37
 
4
0
xs.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga amaliy tashrif yakunlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin taklifiga binoan Moskva shahriga amaliy tashrifi yakunlandi.Davlatimiz rahbari Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 80-yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi.Tadbirlar yakunlangach, Prezidentimiz Toshkentga joʻnab ketdi. 'Vnukovo' xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Rossiya rasmiylari kuzati

20 Mar 12:53
 
54
0
xs.uz

Bayramga munosib tuhfa

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Navroʻz umumxalq bayrami arafasida 'Hududiy elektr tarmoqlari' aksiyadorlik jamiyati Samarqand hududiy filiali tasarrufidagi elektr taʼminoti korxonalariga 10 dona 'Damas' va 3 dona 'Isuzu' rusumli maxsus avtomashinalar topshirildi.Zamonaviy texnika vositalari ish samaradorligini oshirish imkoniyatini yaratishi bilan birga elektr tarmoqlaridagi uzilishlarni tezkor bartaraf etish, hududdagi korxona, tashkilot, muassasalar hamda aholiga elektr energiyasini si

22 Mar 08:54
 
69
0
xs.uz

22-mart kuni qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi

'Oʻzgidromet' 22-mart kuni qanday ob-havo kuzatilishini'maʼlum qildi.Toshkent'shahrida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14 daraja iliq, kunduzi 25-27 daraja iliq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.Buxoro'va'Nav