calendar 20 Mar 12:53
eye 39
comments 0
comments Manba: xs.uz

Qadriyatlarga hamohang ayyom

image
Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Qashqadaryo viloyatining barcha shahar-u qishloqlarida Navroʻz bayrami 'Qadriyatlarining boqiy boʻlsin, Navroʻz!' degan bosh gʻoya asosida, umumxalq sayllari sifatida keng nishonlanmoqda. Viloyatning asosiy bayram tantanalari Qarshi shahridagi Alisher Navoiy nomli istirohat bogʻida tashkil etildi.

Taʼkidlash joiz, Navroʻz bayramining zamirida xalqimizning ulkan tarixi, milliy qadriyatlari, urf-odatlari, marosimlari, udum va anʼanalari mujassam. Qariyb 30 gektarlik bogʻda tashkil etilgan bayram saylida ham bu jihatlar oʻz aksini topdi.



Unda viloyatning barcha shahar va tumanlari, mahallalar, milliy madaniy markazlar, folklor-etnografik dastalari, hunarmandlar, kasb-hunar, ijod maktablari, sport muassasalari oʻzlarining milliy udum va anʼanalari, milliy liboslari, taomlari, yoshlarning ijod va sportda qoʻlga kiritayotgan yutuqlari koʻrgazmasini tashkil etishdi.

Shu bilan bir qatorda, sayilgohda tashkil etilgan milliy oʻyinlar, folklor sanʼatining noyob namunalari, keksayu yosh qalbidan chuqur joy olgan qadimiy urf-odatlar, ezgu insoniy tuygʻular tarannum etilgan kuy-qoʻshiqlar, oʻlan, lapar va dostonlar ijrosi barchaga yanada oʻzgacha xushnudlik bagʻishladi.



Bayramning rasmiy qismi istirohat bogʻi hududidagi amfiteatrda boʻlib oʻtdi. Uni viloyat hokimi Murotjon Azimov tabrik soʻzi bilan ochib berdi.

Viloyat hokimi qashqadaryoliklar bu yilgi Navroʻz shodiyonalariga oʻziga xos tayyorgarlik bilan kelishganini alohida qayd etib, barcha soha va tarmoqlar kesimida sifat koʻrsatkichi taʼminlanayotganini aniq misollar, fakt va raqamlar asosida koʻrsatib berdi.

' Jumladan, viloyatda yuqori iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, tadbirkorlikni faol qoʻllab-quvvatlash hisobiga bu yil olti yuz mingta yangi ish oʻrni yaratiladi, ' deydi Murotjon Azimov. ' 'Kambagʻallikdan farovonlik sari' dasturi asosida yuz ming nafar aholi kambagʻallikdan chiqariladi. Shuningdek, viloyatda sakkiz ming xonadonli koʻp qavatli uylar qurilishi rejalashtirilgan. Ichimlik suvi bilan taʼminlash darajasi 65 foizga yetkaziladi. Viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi, Qarshi tumani tibbiyot birlashmasi qaytadan qurilib, eng ilgʻor uskunalar bilan jihozlanadi. Dehqonobod tibbiyot birlashmasi mukammal taʼmirlanadi.



Viloyat hokimi shuningdek, taʼlim, turizm, qishloq xoʻjaligi sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar, kutilayotgan natijalar haqida toʻxtalib, bularning barchasi Prezidentimiz tomonidan aholining farovon turmush tarzini taʼminlash boʻyicha olib borilayotgan siyosatning yana bir namunasi ekanligini taʼkidlab oʻtdi.

Sanʼatkorlar ijrosidagi dilbar navolar, jozibali raqslar, badiiy sahna chiqishlari barchaga xush kayfiyat, shodonlik ulashdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:53
 
37
0
xs.uz

Jizzaxdagi ayanchli YTHda 3 kishi halok boʻldi, yana 13 kishi shifoxonada qolmoqda

Jizzaxda yuk mashinasi va mikroavtobus toʻqnashuvi oqibatida 3 kishi halok boʻldi, yana 13 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Viloyat YHXB hodisa yuzasidan'maʼlumot berdi, biroq axborotda fuqarolar oʻlimi bilan bogʻliq hech qanday gap aytilmagan.Bildirilishicha, voqea joriy yilning 18-mart kuni Jizzax shahri 'Nurliobod' mahallasi hududidan oʻtuvchi xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan A-376 'Qoʻqon-Jizzax' avtomobil yoʻlining 151-kilometrida sodir boʻlgan. Harakatlanib kelayotgan yuk mashinasi o

22 Mar 08:54
 
34
0
xs.uz

Xalqaro qidiruvdan 12-yil yashiringan ayol Istanbuldan Toshkentga deportatsiya qilindi

Oʻzbekiston huquq-tartibot idoralari tomonidan 12 yildan beri xalqaro qidiruvda boʻlgan ayol Istanbul shahridan Toshkentga deportatsiya qilindi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi'xabar berdi.Qayd etilishicha, 1977-yilda tugʻilgan R.N. xorijiy davlat hududida uyushgan guruh tarkibida harakat qilib, ularning manfaatlari yoʻlida odam savdosi bilan shugʻullanganlikda ayblanmoqda.'Ushbu shaxsning noqonuniy xatti-harakatlaridan zarar koʻrgan fuqarolarda

20 Mar 12:53
 
29
0
xs.uz

Mamlakatdan noqonuniy olib chiqilayotgan katta miqdordagi valyuta toʻxtatib qolindi

Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona idoralari tomonidan Toshkent viloyati, Toshkent tumani hududida joylashgan 'Navoiy' chegara-bojxona postida tezkor tadbir oʻtkazildi. Ushbu tadbir davomida mamlakatdan noqonuniy tarzda yirik miqdordagi xorijiy valyutani olib chiqish holati fosh etildi.Tekshiruv davomida qoʻshni davlat tomon harakatlanayotgan 'Lacetti' rusumli avtomashina toʻxtatildi. Mashinani koʻzdan kechirish jarayonida unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Toshkent tumanida yashovchi 19

12 Apr 21:14
 
14
0
xs.uz

Andijonda transformator oʻrnatib berishni vaʼda qilgan firibgar qoʻlga olindi

Andijon viloyatida yuqori kuchlanishdagi transformator oʻrnatib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.Unga koʻra, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.Unda aniqlanishicha, fuqaro N.A. fuqaro X.O.ga goʻyoki elektr tarmoqlari korxonasida ishlashini aytib, Oltinkoʻl tumani, 'Ayshaxonim' MFY hududidagi 9 ta xonadonning elekt