Toshkentda inson salomatligi uchun jiddiy xavf tugʻdiradigan muzqaymoq sotilayotgani maʼlum boʻldi


«Oʻzstandart» agentligi tomonidan respublikamizda sifatsiz mahsulotlarning sotilishini oldini olish maqsadida Agentlik huzuridagi Departament tomonidan Toshkent shahridagi savdo majmualarida sotilayotgan Turkiya davlati “OERO TRADING LTD” korxonasida ishlab chiqarilgan “RS NOGGER 44% - Pechenye boʻlgan oʻsimlik moyi asosidagi shokoladli muzqaymoq (28%), oʻsimlik moyi asosidagi karamellik muzqaymoq (28%) mahsuloti “Sut va sut mahsulotlari xavfsizligi toʻgʻrisida”gi umumiy texnik reglament talablariga javob bermaydi.
Mahsulot tarkibida salomatlik uchun jiddiy xavfga ega boʻlgan (har xil proporsiyada kokos, palma, paxta, kungaboqar) oʻsimlik moylari borligi aniqlangan.
RS NOGGER 44% - Pechenye boʻlgan oʻsimlik moyi asosidagi shokoladli muzqaymoq, oʻsimlik moyi asosidagi karamellik muzqaymoq (28%) mahsuloti amaldagi texnik reglament talablariga muvofiq emasligi sababli importini cheklash yuzasidan Bojxona qoʻmitasiga maʼlumot kiritildi.
Oʻzbekiston va Pokiston parlamentlararo aloqalari mustahkamlanmoqda
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqlarning 150-yubiley assambleyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Pokiston Islom Respublikasi parlamenti Senati Raisi Yusuf Rizo Gʻiloni boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Uchrashuvda Oʻzbekiston va Pokiston parlamentlararo munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.Tomonlar ikki davlat parlamentlaridagi doʻstlik guruhlari faoliyatini kuchaytirish, qonun ijodkorligi boʻyicha tajri
Prezident Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimda nutq so‘zladi
Muhtaram faxriylar, qadrli yoshlar!Munis opa-singillar, hurmatli mehmonlar!Siz, azizlarni, ko'pmillatli butun xalqimizni qadimiy va hamisha navqiron bayram ' Navro'zi olam bilan chin yurakdan samimiy muborakbod etaman.Bugungi munavvar kunni elu yurtimiz bilan tinch va xotirjam kutib olayotganimiz uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytamiz.Bu yilgi Navro'z muqaddas Ramazon oyida, uning tabarruk fazilatlariga uyg'un holda o'tayotgani bayramga alohida ruh, o'zgacha fayz va quvonch bag'ishlamoqda.
Samarqand davlat universiteti dotsenti xalqaro loyihada qatnashmoqda
Samarqand davlat universiteti oʻsimliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi dotsenti Shuhrat Valiyev Hindistonda oʻtkazilayotgan 'Barqaror ekotizimlar va jamiyatlar uchun tabiatga asoslangan yechimlar' nomli xalqaro loyihada ishtirok etmoqda.Mazkur loyiha BMT va Hindiston oʻrmon xoʻjaligi vazirligi tomonidan tashkil etilgan boʻlib, unda 15 davlatdan 19 nafar olim qatnashmoqda. Ushbu nufuzli anjuman ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasida dolzarb muammolarni hal etishga qaratilg
Andijonda yuk mashinasi yonib ketdi
Andijon viloyatida 'Zil' rusumli yuk transport vositasi yonib chiqdi. Bu haqda viloyat IIB JXX Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 19-mart kuni soat 22:00 lar atrofida Asaka tumani 'Navoiy' MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan.1994-yilda tugʻilgan haydovchi U.Sh. oʻzining boshqaruvida boʻlgan 'Zil-130' rusumli yuk transport vositasini 'A-373 Toshkent-Oʻsh yoʻlining Shahrixon' yoʻnalishi boʻylab bosh