calendar 02 Apr 06:10
eye 24
comments 0
comments Manba: daryo

Yevropa Ittifoqi Eronning sakkiz nafar fuqarosi va uch yuridik shaxsiga nisbatan sanksiya qo‘llashni kelishib oldi

image

Yevropa Ittifoqining doimiy vakillari qo‘mitasi Eronda inson huquqlarining poymol qilinish holatlari kuzatilgan deb gumon qilgan holda sakkiz nafar jismoniy va uch yuridik shaxsga nisbatan cheklov choralarini qo‘llash haqida qaror chiqardi. Bu haqda Bryusseldagi manbalariga tayanib Reuters agentligi xabar berdi.

Foto: Reuters

Sanksiyalar Yevroittifoq kengashi tomonidan rasman tasdiqlanganidan keyin, yaqin kunlar ichida kuchga kiradi. Cheklovlar Eronda 2019-yilda bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlarini ayovsiz bostirish bilan bog‘liq harakatlar sabab joriy qilinadi.

Cheklov choralari Yevroittifoqdagi inson huquqlari masalalari bo‘yicha yangi sanksiyalar mexanizmi doirasida qabul qilingan, avval mazkur ro‘yxatga Rossiya hamda Xitoyning bir necha fuqarolari kiritilgan, bu Moskva, ayniqsa Pekin bilan xalqaro munosabatlardagi keskinlikni yanada oshirdi. Xitoy YeI sanksiyalariga javoban o‘z cheklovlarini e’lon qildi.

Yevropa Ittifoqi Eronga qarshi 2015-yilda Yadro dasturi bo‘yicha hamkorlik rejasining buzilishi tufayli joriy qilgan sanksiyalardan keyin ilk bor yana cheklovlar joriy qildi. Bryussel avval ham bir necha marta inson huquqlari masalasida o‘zini erkin deb hisoblashi va Eronning bu boradagi majburiyatlarni bajarishi zarurligi haqida bayonotlar bergan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
38
0
qalampir.uz

Xitoy Ukrainaga gumanitar yordam ko‘rsatishda davom etadi

Xitoy Ukrainaga insonparvarlik yordami yuborishda davom etadi. Bu haqda bugun, 24 iyul kuni Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I ukrainalik mavqedoshi Dmitriy Kulebaga Guanchjoudagi uchrashuvda aytdi. “Xitoy Ukrainadagi gumanitar vaziyatdan xavotirda va unga insonparvarlik yordamini ko‘rsatishda davom etadi”, dedi Van I Qayd etish joizki, Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli agressiyasi boshlanganidan beri Xitoyga birinchi t

28 Jul 12:56
 
106
0
qalampir.uz

Rossiyada bombardimonchi samolyot halokatga uchradi (video)

Rossiyaning Volgograd viloyatida Su-34 bombardimonchi samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda bugun, 27 iyul kuni Mudofaa vazirligiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi. Qayd etilishicha, samolyot o‘q-dorilarsiz o‘quv parvozini amalga oshirgan. Samolyot bortida faqat ikki uchuvchi bo‘lgan. Ekipaj cho‘l hududiga qulab tushgan. Mudofaa vazirligi samolyot halokatining dastlabki sababini texnik nosozlik deb atagan.   “Uchuvchilar mashg‘ulotda vazifani yaxshi o

03 Sep 21:35
 
20
0
xs.uz

Ilon Maskga tegishli kompaniya Qozogʻistondagi 1800 ta maktabni internet bilan taʼminladi

Qozogʻiston hukumati SpaseX kompaniyasining 'Starlink' terminallari yordamida deyarli 1,8 ming maktabni internetga uladi. Bu haqda Report.az xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, hozirda orbitada 4500 dan ortiq 'Starlink' sunʼiy yoʻldoshlari mavjud. Ushbu yoʻldoshlar orqali Qozogʻistondagi 1800 ta maktab endi internet bilan toʻla taʼminlanadi.'Raqamli infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha faol ishlar olib borilmoqda, bugungi kunda 1757 ta maktabda 'Starlink' sunʼiy yoʻldoshli internet tar

26 Jul 10:19
 
37
0
qalampir.uz

Rossiya Harbiy-havo kuchlariga yangi qo‘mondon tayinlandi

Rossiya harbiy-havo kuchlarining yangi qo‘mondoni etib avvalroq Rossiya uzoq masofali aviatsiyasiga qo‘mondonlik qilgan general-leytenant Sergey Kobilash tayinlandi. Bu haqda kecha, 24 iyul kuni Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi. Kobilash 1965 yilda Odessada tug‘ilgan. Yeysk oliy harbiy aviatsiya uchuvchilar maktabini, Gagarin nomidagi Harbiy-havo kuchlari akademiyasini va Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabining Harbiy akademiyasini tamomlagan. 2023 yil yanvar oyida Ukraina Xa