calendar 26 Jul 10:19
eye 32
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Rossiya Harbiy-havo kuchlariga yangi qo‘mondon tayinlandi

image

Rossiya harbiy-havo kuchlarining yangi qo‘mondoni etib avvalroq Rossiya uzoq masofali aviatsiyasiga qo‘mondonlik qilgan general-leytenant Sergey Kobilash tayinlandi. Bu haqda kecha, 24 iyul kuni Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Kobilash 1965 yilda Odessada tug‘ilgan. Yeysk oliy harbiy aviatsiya uchuvchilar maktabini, Gagarin nomidagi Harbiy-havo kuchlari akademiyasini va Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabining Harbiy akademiyasini tamomlagan. 2023 yil yanvar oyida Ukraina Xavfsizlik xizmati u Ukrainadagi tinch aholi nishonlarini o‘qqa tutganlikda gumon qilinayotganini e’lon qilib, tegishli dalillar to‘plaganini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Rossiya Federatsiyasining uzoq masofali aviatsiyasi Tu-95MS, Tu-160 strategik raketa tashuvchilari va uzoq masofali Tu-22M3 bombardimonchi samolyotlarini o‘z ichiga oladi. Ularning barchasi bir necha bor Ukraina hududiga zarba berish uchun ishlatilgan.

Charos O‘ralova 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Jul 20:34
 
106
0
qalampir.uz

G‘azodagi vahshiylik uchun aybdorlar javobgarlikka tortiladi – Erdo‘g‘an 

G‘azodagi vahshiylik uchun aybdorlar, xuddi Srebrenitsadagi singari, sudga tortiladi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Bosniya va Gersegovinaning Srebrenitsa shahrida sodir etilgan genotsidning 29 yilligi munosabati bilan yo‘llagan videomurojaatida so‘z ochdi. Turkiya rahbari Srebrenitsadagi genotsid insoniyat tarixida qora dog‘ bo‘lib qolganini ta’kidlab, qurbonlarning oila a’zolari va butun Bosniya xalqiga hamdardlik bildirdi.   Erdo‘g‘an o

24 Aug 17:27
 
13
0
xs.uz

Yunon neft tankeri Qizil dengizda hujumga uchradi

'Sounion' nomli Yunon neft tankeri Qizil dengizda bir nechta hujumlardan soʻng yonib ketdi. Bortida 25 ekipaj aʼzosi boʻlgan tankerga ikkita qayiqda oʻndan ortiq odam hujum qilgan. U Iroqdan Afinaga ketayotgan edi. Hujum vaqtida tanker Yamanning port shahri Hudeydadan 143 km gʻarbda boʻlgan. Ekipajda 23 nafar filippinlik va 2 nafar rossiyalik boʻlgan, jabrlanganlar haqida maʼlumot berilmagan. Gretsiya Dengiz ishlari vaziri ushbu holatni xalqaro huquqning buzilishi va xalqaro yuk tashi

26 Jul 10:19
 
35
0
qalampir.uz

Kongressdagi demokratlarning yarmi Netanyaxu nutqini boykot qildi

AQSH Kongressidagi demokratlarning yarmi kecha, 24 iyul kuni bo‘lib o‘tgan Kongress palatalarining qo‘shma yig‘ilishida Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning nutqiga kelmadi. Bu haqda “Axios” portali xabar berdi. Ko‘plab demokratlarning ta’kidlashicha, Isroilning ilg‘or tanqidchilari, Netanyaxuning G‘azodagi urush uchun jinoiy javobgarlikka tortilishini ta’kidlab, norozilik sifatida tadbirni ochiqdan ochiq boykot qilgan. “Isroil Bosh vazirining nut

26 Jul 10:19
 
36
0
qalampir.uz

Netanyaxu AQSHni Eronga qarshi harbiy ittifoq tuzishga taklif qildi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSHga Eron tahdidiga qarshi turish uchun o‘z mamlakati bilan harbiy ittifoq tuzishni taklif qildi. Bu haqda u kecha, 24 iyul AQSH Kongressida so‘z ochdi. Netanyaxu Vashingtonni Isroilga G‘azo sektoridagi HAMAS guruhini tezda mag‘lub etishi uchun harbiy yordam yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirdi. Netanyaxuning iddao qilishicha, Isroilning HAMASga qarshi urushi ikki sivilizatsiya o‘rtasidagi ziddiyat emas, balki “sivilizatsiya va vah