calendar 24 Aug 17:27
eye 16
comments 0
comments Manba: xs.uz

Yunon neft tankeri Qizil dengizda hujumga uchradi

image
'Sounion' nomli Yunon neft tankeri Qizil dengizda bir nechta hujumlardan soʻng yonib ketdi. Bortida 25 ekipaj aʼzosi boʻlgan tankerga ikkita qayiqda oʻndan ortiq odam hujum qilgan. U Iroqdan Afinaga ketayotgan edi. Hujum vaqtida tanker Yamanning port shahri Hudeydadan 143 km gʻarbda boʻlgan. Ekipajda 23 nafar filippinlik va 2 nafar rossiyalik boʻlgan, jabrlanganlar haqida maʼlumot berilmagan. Gretsiya Dengiz ishlari vaziri ushbu holatni xalqaro huquqning buzilishi va xalqaro yuk tashish xavfsizligiga jiddiy tahdid deb atadi. Gretsiya hukumatining qayd etishicha, kemaga raketalar yoki dronlar bilan zarba berilgan boʻlishi mumkin.

Maʼlumot uchun, Eron qoʻllovidagi Husiylar oʻtgan yilning noyabr oyida Yaman yaqinidagi xalqaro yuklarni nishonga olishni boshladi. Harakat Gʻazodagi urush uchun falastinliklar bilan birdamlik ifodasi ekanligini aytgan edi. Guruh 'Sounion' falokati uchun javobgarlikni boʻyniga olmagan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
37
0
xs.uz

Rasman 2025-yilda Olimpiya oʻyinlariga Saudiya mezbonlik qiladi (video)

Xalqaro olimpiya qoʻmitasi (XOQ) 2025-yilda ilk bor 'Esports' boʻyicha Olimpiya oʻyinlari tashkil etilishini tasdiqladi. Saudiya Arabistonida oʻtkazilishi kutilayotgan kibersport boʻyicha eng nufuzli turnir XOQning 142-sessiyasida eʼlon qilingan. Bu haqda 'Sinxua' xabar bermoqda.Qayd etish joizki, bu qoʻmitaning raqamli inqilob bilan hamnafas ekanini koʻrsatib bera oladi. XOQ ijroiya kengashi bir ovozdan qoʻllab-quvvatlagan holda ilk tadbirni oʻtkazish uchun Saudiya Arabistoni Milliy o

26 Jul 10:19
 
36
0
qalampir.uz

Rossiya Ukrainaga yana dron va raketalar bilan hujum qildi

Rossiya qo‘shinlari bugun, 25 iyul kuni Ukrainaga 38 ta Shahed-131/136 jangovar dronlari bilan hujum qildi. Bu haqda Ukraina Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Nikolay Oleshuk o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. Oleshukning yozishicha, 25 ta dron havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilgan. Odessa viloyatining janubidagi va Ukrainaning markaziy hududlaridagi infratuzilma ob’ektlari hujumga uchragan. Havo hujumidan mudofaa kuchlari Kiyev, Odessa, Xerson, Nikolayev, S

08 Sep 16:45
 
10
0
xs.uz

Norvegiyadagi muzliklarning erishi 3000 yillik poykanlarning topilishiga sabab boʻldi

Iqlim oʻzgarishi sababli muzlarning erishi koʻplab arxeologik topilmalarning topilishiga sabab boʻlmoqda. Norvegiyadagi olimlar oʻrganishlar mobaynida yaxshi saqlanib qolgan 3000 yillik kamon oʻqini topdi. Bu haqda 'New York Times' nashri xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, 'Espen Finstad' tashkiloti tomonidan Yutunxeymen togʻlarida topilgan poykon hali ham kvartsit uchi va patlari bilan bogʻlangan. Ushbu kashfiyot butun dunyo boʻylab muzliklarning erishi natijasida topilgan minglab artefa

08 Sep 16:45
 
8
0
xs.uz

AQSH Bayden davrida yomonlashgan migratsiya inqirozi bilan zaharlandi — Tramp

Amerika Qoʻshma Shtatlari hozirgi Amerika maʼmuriyati davrida yomonlashgan migratsiya inqirozidan aziyat chekmoqda. Bu haqda AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Xarrisburgda (Pensilvaniya) saylovchilar bilan uchrashuvda aytib oʻtdi.'Bizning asosiy muammomiz bu AQSH hukumati mamlakatga ruxsat bergan 21 million odam. Ular mamlakatimizni zaharlashdi. Ular bu yerga qamoqxonalardan, psixiatrik shifoxonalardan kelishadi. Ular orasida terrorchilar ham bor', deya keskin bayonot berdi siyosatchi.Tr