calendar 11 Jul 20:34
eye 108
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

G‘azodagi vahshiylik uchun aybdorlar javobgarlikka tortiladi – Erdo‘g‘an 

image

G‘azodagi vahshiylik uchun aybdorlar, xuddi Srebrenitsadagi singari, sudga tortiladi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Bosniya va Gersegovinaning Srebrenitsa shahrida sodir etilgan genotsidning 29 yilligi munosabati bilan yo‘llagan videomurojaatida so‘z ochdi.

Turkiya rahbari Srebrenitsadagi genotsid insoniyat tarixida qora dog‘ bo‘lib qolganini ta’kidlab, qurbonlarning oila a’zolari va butun Bosniya xalqiga hamdardlik bildirdi.
 
Erdo‘g‘an o‘z hayotini Bosniya va Gersegovina ozodligiga bag‘ishlagan davlat arbobi Aliya Izetbegovichning so‘zlaridan iqtibos keltirdi: “Nima qilsangiz ham, genotsidni unutmang. Chunki unutilgan genotsid yana takrorlanmoqda”

“Bugun G‘azo sektori va bosib olingan hududlardagi Falastin xalqi 29 yil avval Srebrenitsada sodir bo‘lgan vahshiyliklarga duchor bo‘lmoqda”, deydi Erdo‘g‘an.

Uning aytishicha, xalqaro institut va tashkilotlar bundan 29 yil avval bo‘lgani kabi 40 mingga yaqin begunoh inson, jumladan, 16 ming bola o‘ldirilganini shunchaki kuzatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 10 iyul kuni Erdo‘g‘an Vashingtonda Germaniya kansleri Olaf Shols bilan uchrashib, G‘azodagi vaziyatni muhokama qilgandi.

Azizbek Eshmamatov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 17:37
 
46
0
xs.uz

Jo Baydenni qayta saylanishdan bosh tortishga kim koʻndirgani maʼlum boʻldi

AQSH prezidenti Jo Bayden ikki nafar eng yaqin maslahatchisi bilan uchrashuvdan soʻng qayta saylanishdan voz kechishga qaror qilgan. Bu haqda 'Politico' oʻz manbalariga tayanib xabar bermoqda.Bayden kecha ikkinchi muddatga saylanmasligini eʼlon qildi. U oʻz vitse-prezidenti Kamala Xarris nomzodini qoʻllab-quvvatladi. Oʻz navbatida, Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp Xarrisni magʻlub etish, unga Baydenni yengishdan koʻra ancha oson boʻlishini taʼkidladi.Nashrning yozishic

03 Sep 21:35
 
17
0
xs.uz

Serbiya Rossiyadan emas, Fransiyadan qiruvchi samolyot sotib oladi

Serbiya va Fransiya fransuz qiruvchi samolyotlarini sotish uchun 3 milliard dollarlik bitimini imzoladilar. Ushbu jarayon Serbiyani anʼanaviy ittifoqchi va qurol yetkazib beruvchi Moskvadan uzoqlashtirishi mumkin.Serbiya Fransiyada ishlab chiqarilgan 12 ta 'Rafale' qiruvchi samolyotlarini sotib oladi. Shu yilning 29-avgust kuni Emmanyuel Makron ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash uchun Belgradga tashrif buyurdi.'Biz Fransiya prezidentiga 'Rafale'ni sotib olishga imkon bergani uc

19 Jul 18:33
 
59
0
xs.uz

Ukraina Qrimga hujum qildi. Rossiya Kiyevni “terrorchilik”da ayblamoqda

Ukraina Qrimga dronlar orqali hujumini uyushtirdi. 'Newsweek' nashri xabariga koʻra, hujumda oʻnlab zamonaviy dronlardan foydalanilgan va bu Kiyevning Moskva mudofaasi va Qora dengiz flotiga zarba berish harakatlarini davom ettirayotganini anglatadi.Qayd etilishicha, Moskva havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari Qrim ustida 33 ta, Rossiyaning Bryansk viloyatida esa ikkita uchuvchisiz dronlarni urib tushirgan.Qora dengiz floti joylashgan Sevastopol shahri aholisi kuchli portlash ovozini eshitga

14 Aug 06:38
 
20
0
xs.uz

Trampning Maskka bergan intervyusi va Rossiyaning Ukrainani ogohlantirishi (+video)

Rossiyaning sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev Germaniyani qattiq ogohlantirdiRossiyaning sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev Germaniyani qattiq ogohlantirib, Berlinga rus tanklarini yuborish bilan tahdid qildi.Maʼlum qilinishicha, bu bayonot Germaniyaning 'Bild' gazetasining Medvedevni nemis tanklarining Rossiya hududiga qaytishini nishonlashda ayblagan maqolasiga javoban bildirildi. Medvedevning izohlari Rossiya va NATO davlatlari oʻrtasidagi munosabatlarni yanada keskinlashtirdi.Medvedev 'X' i