Trampning Maskka bergan intervyusi va Rossiyaning Ukrainani ogohlantirishi (+video)

Rossiyaning sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev Germaniyani qattiq ogohlantirdi
Rossiyaning sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev Germaniyani qattiq ogohlantirib, Berlinga rus tanklarini yuborish bilan tahdid qildi.
Maʼlum qilinishicha, bu bayonot Germaniyaning 'Bild' gazetasining Medvedevni nemis tanklarining Rossiya hududiga qaytishini nishonlashda ayblagan maqolasiga javoban bildirildi. Medvedevning izohlari Rossiya va NATO davlatlari oʻrtasidagi munosabatlarni yanada keskinlashtirdi.
Medvedev 'X' ijtimoiy tarmoqdagi postida Germaniyaning Ukrainani mudofaasiga yordam berish uchun 'Leopard' tanklari bilan taʼminlash qaroriga nisbatan eʼtirozi fonida paydo boʻlgan. Qayd etish kerakki, Germaniya, NATO aʼzosi sifatida, alyansning kollektiv mudofaa tamoyiliga koʻra, hujumga uchragan taqdirda ittifoqchilaridan harbiy yordam oladi.
Ushbu tamoyil NATO shartnomasining 5-moddasida koʻrsatilgan boʻlib, u aʼzo davlatlarni tajovuz sodir boʻlgan taqdirda bir-birlarini himoya qilishga majbur qiladi. Medvedevning tahdidlari davom etayotgan mojaroning potensial kuchayishini, xususan, Berlin va Moskva oʻrtasidagi munosabatga ham qattiq taʼsir qilishi mumkin.
Germaniyaning koʻmagidan tashqari, boshqa NATO ittifoqchilari Ukrainaga 'F-16' qiruvchi samolyotlarini berishga rozi boʻlib, vaziyatni yanada kuchaytirgandi. Ayni paytda Rossiya Ukrainaning olgʻa siljishlariga qarshi turish uchun oʻzining uchta chegaradosh viloyatida aksilterror amaliyotlarini oʻtkazdi. Xabarlarga koʻra, Ukraina kuchlarining ketma-ket gʻalabalari Moskvaning qoʻshimcha bosim ostida qolishiga sabab boʻlishi mumkin.
Rossiya Ukrainani munosib javob olishdan ogohlantirdi
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina mamlakat janubiga bostirib kirib, Rossiya barqarorligiga putur yetkazmoqchiligini taʼkidladi. Unga koʻra, shu sabab Ukrainaga munosib javob beriladi. Oʻtgan hafta Ukraina kuchlari Rossiya chegarasini kesib oʻtib, Kursk viloyatining gʻarbiy qismlarini yorib kirdi. Ukraina harbiy qoʻmondoni uning kuchlari Rossiya hududining ming kvadrat kilometrga yaqinini nazorat qilayotganini aytdi.
Moskva hujumni toʻxtatish uchun oʻz qoʻshinlarini joylashtirib, harbiy zarba berdi. Rossiya Mudofaa vazirligi dushanba kuni Kursk shahriga qoʻshimcha kuchlar va resurslar kelganini maʼlum qilgan. 12-avgust kuni Zelenskiy Kursk ichida Ukraina harbiy kuchlari harakatlanayotganini ilk marotaba tasdiqladi. 'Biz Rossiya Putin davrida qanday harakat qilayotganini koʻryapmiz. 24-yil oldin 'Kursk' falokati yuz berdi, bu uni hukmronligining ramziy boshlanishi edi. Putinning davri Kursk bilan boshlandi, Kursk bilan tugaydi', degan Ukraina rahbari.
Avvalroq, Kursk gubernatori Aleksey Smirnov olti kunlik Ukraina hujumlari 28 ta aholi punktlariga zarar yetkazgani va hujum chegaradan taxminan 12 km ichkarida, 40 km kenglikda davom etayotganini maʼlum qilgan. Uning qoʻshimcha qilishicha, 12 nafar tinch aholi halok boʻlgan va 121 ming kishi evakuatsiya qilingan yoki jang maydonlarini tark etgan. Rejaga koʻra, 180 ming nafar aholi evakuatsiya qilinishi lozim.
Viloyat gubernatori Vyacheslav Gladkovning soʻzlariga koʻra, dushanba kuni Rossiyaning Belgorod viloyatida ham evakuatsiya buyrugʻi chiqarildi. Bunga Kurs bilan chegaradosh Krasnaya Yaruga tumani Ukraina kuchlari tomonidan bosib olinishiga boʻlgan qoʻrquv sabab boʻlgan.
Ukraina xavfsizlik xizmati Rossiya Kiyev harbiylarini urush jinoyatlarida yolgʻon ayblashga urinayotganini maʼlum qildi. Shuningdek, Moskva ham ikkinchi tomonni soxta operatsiyalar oʻtkazishda ayblamoqda.
Ilon Mask Trampdan intervyu oldi
Ilon Maskning respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp bilan X platformasidagi muhokamasi texnik muammolar bilan boshlandi. Mask immigratsiya va inflyatsiya kabi mavzularda savollar bergan suhbat 40 daqiqadan koʻproqqa kech boshlandi. Milliarder nosozliklarni kiberhujum bilan bogʻladi, biroq ekspertlardan biri BBCga bunday boʻlishi mumkin emasligini aytgan.
Trampni qoʻllashini yana bir bor takrorlagan Ilon Mask siyosatdagi nufuzli shaxsga aylanib bormoqda. U yaqinda Trampning saylovoldi kampaniyasini qoʻllab-quvvatlovchi yangi siyosiy qoʻmita tarkibiga kirdi.
Tramp agar noyabr oyidagi saylovda gʻalaba qozonsa, federal taʼlim departamentini yopish va bu masʼuliyatni shtatlarga oʻtkazish haqida gapirdi.
Oxirgi yillarda bu ikki shaxs munosabati kelishmovchilikdan doʻstona munosabatga koʻcha boshladi. Elektr transport vositalariga shubha bilan qaragan hamda avvalroq federal subsidiyalarni bekor qilishga vaʼda bergan Tramp Maskning avtomobil ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasini alqadi.
Shuningdek, suhbat davomida Tramp AQSH havo mudofaasining 'Temir gumbaz' bilan taʼminlashi shunda mamlakatga hech kim tahdid qila olmasligini, qayta saylansa Putin bilan qayta til topishib ketishiga umid bildirgan. Uningcha Putin yaxshi muzokarachi, Bayden Ukrainani NATOga qoʻshmoqchi boʻlib ahmoqlik qilgan.
AQSH bir kunda 5 milliard dollarlik “oltin kartalar” sotdi
AQSH bir kunda 5 milliard dollarlik 'oltin kartalar' sotdi. Bu haqida Qoʻshma Shtatlar savdo vaziri Hovard Latnik 'All In' podkastidagi nutqida maʼlum qildi, deb xabar bermoqda 'Financial express' nashri.Latnikning taʼkidlashicha, AQSH bir kun ichida mingta 'oltin karta' sotgan hamda bu orqali hukumat 5 milliard dollar daromad qilgan. Uning fikricha sotilgan 'Oltin kartalar'dan tushgan mablagʻlar davlat byudjeti defitsitini qisqartirishga yoʻnaltiriladi.Maʼlumot uchun, 'Oltin kartalar' max
ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ
• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э
Tramp Ukrainadan AQSH Kiyevga bergan milliardlab dollarlik yordamni qaytarishni talab qilmoqda
Amerika yetakchisi Donald Tramp Ukrainadan Rossiya bosqini boshlanganidan keyin AQSH Kiyevga bergan milliardlab dollarlik yordamni qaytarishni talab qilmoqda. Bu haqida 'Pravda' nashri xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, Qoʻshma shtatlar Ukraina bilan tuzilishi kutilayotgan foydali qazilmalar boʻyicha shartnomaga yangi kelishuv shartlarini qoʻshgan.Yangilangan shartlarga koʻra, shartnoma imzolanishi uchun Ukraina Rossiyaning keng koʻlamli bosqini boshlanganidan keyin Qoʻshma Shtatlardan harb
Nomaʼlum shaxs Olmaota aeroporti xodimasini pichoq bilan garovga oldi (+video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Qozogʻistonning Olmaota aeroportida pichoq bilan qurollangan shaxs aeroport xodimasini garovga olgani aks etgan video tarqaldi.Maʼlum boʻlishicha, mazkur voqea bugun, 7-mart kuni soat 12:00 atrofida aeroportning ichki terminalida sodir boʻlgan.Olmaota aeroporti maʼmuriyati izohiga koʻra, pichoq bilan qurollangan erkak oʻzini yoʻlovchi sifatida koʻrsatib, parvoz oldidan xavfsizlik zonasiga yaqinlashgan. Aeroport xodimlari undan hujjatlarini koʻrsatishni soʻrashgani