calendar 20 Mar 12:55
eye 117
comments 0
comments Manba: xs.uz

Isroilning Gʻazoga bergan zarbalari oqibatida yana 71 nafar ayollar va bolalar halok boʻldi

image
Bugun, 20-mart kuni tongda Isroil Gʻazoning shimoliy hamda janubiy hududlariga zarbalar bergan. Mazkur hujum oqibatida 71 nafar falastinlik, jumladan, ayollar va bolalar halok boʻldi, deb xabar qilmoqda 'Al Jazeera' nashri.

Maʼlumotlarga koʻra, Isroil hukumati tomonidan berilgan soʻnggi zarbalar oqibatida vafot etgan falastinliklar soni 436 nafarga yetgan. Shulardan 183 nafari yosh bolalar ekanligi taʼkidlanmoqda.

18-mart, seshanba oqshomida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Gʻazo sektoriga qilingan hujumlarni 'bu hali boshlanishi' deya izohlagan edi.

'HAMAS guruhi soʻnggi 24 soat davomida bizning nimalarga qodirligimizni koʻrdi. Men sizlarga ishontirib aytamanki, bu hali boshlanishi. Biz oldimizga qoʻygan maqsadimizga yetmaguncha ortga qaytmaymiz, kurashni davom ettiramiz', ' degan Netanyaxu.

Shuningdek, Netanyaxu barcha garovda ushlab turilgan Isroil fuqarolarini ozod etish, HAMAS harakatini yoʻq qilishi orqali esa Gʻazoning Isroilga tahdid qilmasligini kafolatlashi haqida qoʻshimcha qilgan.

Vashingtondagi Amerika taraqqiyot markazi siyosiy tahlilchisi HA Heller Isroilning Gʻazoga qilayotgan ushbu hujumlari natija bermasligini aytib oʻtdi.

'Oʻn olti oylik urush davomida koʻrdikki, Isroil oʻz maqsadiga yeta olmadi. Gʻazoga hujumlarning qayta boshlanishi ham HAMASni magʻlub qila olmaydi', ' deydi Heller.

Maʼlumot uchun, hozirga qadar Isroilning Gʻazoga qarshi urushi natijasida 49 ming 547 nafar falastinliklar halok boʻlgan. 112 ming 719 nafari esa turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Shuningdek, yana minglab falastinliklar vayronalar ostida bedarak yoʻqolgani taxmin qilinmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 Jun 00:39
 
83
0
xs.uz

Isroil hujumiga Eronning javob zarba berish rejasi tayyor — “The New York Times”

Eron Isroil tomonidan hujum sodir etilgan taqdirda yahudiy davlatiga yuzlab ballistik raketalardan foydalangan holda javob zarbasi berish rejasini ishlab chiqqan.Bu haqda AQSHning 'The New York Times' gazetasi yuqori martabali Eron rasmiysiga tayanib xabar tarqatdi.'Eron harbiylari va hukumat amaldorlari Isroilning ehtimoliy zarbasiga javob choralarini muhokama qilish uchun allaqachon uchrashishgan. Tehron Isroilga yuzlab ballistik raketalardan foydalangan holda zudlik bilan qarshi hujumni oʻz

31 May 08:50
 
42
0
xs.uz

Falastinda oziq-ovqat tarqatish atrofida mojaro kuchaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ochlikdan aziyat chekkan falastinliklarning BMT omboriga bostirib kirgani aks etgan. HAMASning maʼlum qilishicha, omborga kirgan 5 kishi otib oʻldirilgan. Maʼlumotlarga koʻra, guruh BMTdan olingan mahsulotlarni aholiga yuqori narxlarda sotishni rejalashtirgan.Isroil qariyb ikki oy davomida Gʻazoga gumanitar yordam kirishini cheklagan edi. Faqatgina oʻtgan haftadan boshlab yuklar qayta kiritila boshlandi. Endi yordam tarqatishni HAMAS emas, AQSHning

13 May 14:38
 
144
0
xs.uz

Tramp Rossiya va Ukraina muzokaralaridan chiqadi. Agar…

Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi muzokaralarni talab qilmoqda, boʻlmasa jarayondan chiqib ketishini aytgan.Uning maxsus vakili Stiv Uitkoffga koʻra, kelishuv boʻyicha muzokaralarning asosiy mavzulari Kiyevni hududlardan voz kechishga koʻndirish, Zaporojye atom elektr stansiyasidan foydalanish va Ukrainaning Dnepr hamda Qora dengizga kirishi haqida boʻladi. Uitkoff, shuningdek, prezident Vladimir Putinning roziligisiz Ukraina boʻyicha tinchl

31 May 08:50
 
36
0
xs.uz

Kanadada 150 dan ortiq yongʻinlar nazoratdan chiqib ketdi

Yongʻinlar Saskatchevan va Manitobada avj olib bormoqda. Bunda iqlim oʻzgarishlari oʻtning kuchayishiga zamin yaratgan. Manitobaning oʻzida oʻrmon yongʻinlarining 22 ta yirik oʻchogʻi qayd etilgan. Ularning bittasi Flin-Flon shahri yaqinida kuchayib, qariyb 20 ming gektar hududni egallagan.Hozirda ikki provinsiyada ham favqulodda holat eʼlon qilinib, evakuatsiya ishlari ketmoqda. Koʻchirilganlar soni 17 mingga yaqinlashgan va bu soʻnggi yillardagi eng katta evakuatsiya hisoblanadi.Kan