calendar 13 May 14:38
eye 141
comments 0
comments Manba: xs.uz

Tramp Rossiya va Ukraina muzokaralaridan chiqadi. Agar…

image
Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi muzokaralarni talab qilmoqda, boʻlmasa jarayondan chiqib ketishini aytgan.

Uning maxsus vakili Stiv Uitkoffga koʻra, kelishuv boʻyicha muzokaralarning asosiy mavzulari Kiyevni hududlardan voz kechishga koʻndirish, Zaporojye atom elektr stansiyasidan foydalanish va Ukrainaning Dnepr hamda Qora dengizga kirishi haqida boʻladi. Uitkoff, shuningdek, prezident Vladimir Putinning roziligisiz Ukraina boʻyicha tinchlik bitimi amalga oshmasligini taʼkidladi.

'Tinchlik muzokaralarida asosiy toʻsiq beshta hudud masalasidir. Bu bizning urushimiz emas. Biz urushni boshlamadik, lekin uni tugatishga yordam berishni xohlaymiz. Buning yechimi sulh. Hamma zoʻravonlikni toʻxtatadi. Biz buni qila olamiz', ' deydi Uitkoff.

U beshta munozarali hudud haqiqiy front chizigʻi va maʼmuriy chegaralar oʻrtasidagi farqni belgilab berishini aytgan. Shu oʻrinda Uitkoff Zaporojye atom elektr stansiyasini 'tojdagi marvarid' dedi va 'katta munozara'ning bir qismi ekanini qayd etdi.

AQSHlik diplomat tomonlarni muzokaralar stoliga chaqirish orqali ijobiy yechimlar topilishiga ishonishini taʼkidlab, Putin va Zelenskiyning shaxsiy uchrashuviga ham umid bildirgan.

Oʻz navbatida, Vladimir Zelenskiy Istanbulda Vladimir Putindan boshqa birorta Rossiya vakili bilan uchrashmasligi maʼlum qilindi. Bu haqda uning idorasi maslahatchisi Mixaylo Podolyak aytib oʻtdi.

Uning soʻzlariga koʻra, davlat rahbari boshqa shaxs oʻrtasidagi uchrashuv 'toʻgʻri format emas'. Rossiya prezidenti yordamchisi va Istanbuldagi birinchi muzokaralarda Moskva delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiy esa fundamental masalalarni muhokama qilish uchun yetarli vakolatga ega emas.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:56
 
198
0
xs.uz

Isroildagi legionerlar klublaridan tekinga ketishi mumkin

Yaqin Sharqda, ayniqsa Isroil va Eron oʻrtasidagi harbiy-siyosiy keskinlik kuchaygani sababli, FIFA Isroil klublarida toʻp surayotgan xorijlik futbolchilarga hech qanday tovon toʻlamasdan jamoalarni tark etishga ruxsat berishi mumkin. Bu haqda 'The One' nashri xabar berdi. FIFA bu kabi holatlarda futbolchilarning xavfsizligini ustuvor deb biladi va shunga muvofiq favqulodda choralar koʻrishga tayyor.Ushbu holat yuzasidan amaliy misollar allaqachon paydo boʻlgan. Jumladan, Isroilning 'Xapoel

18 Jun 21:56
 
198
0
xs.uz

Eron AQSH bazalariga hujum qilish uchun raketalarni tayyorlab qoʻydi — OAV

Qayd etilishicha, AQSH allaqachon Yevropaga oʻttizga yaqin tanker samolyotlarini joʻnatgan boʻlib, ulardan Qoʻshma Shtatlar bazalarini himoya qiluvchi qiruvchilarga yordam berish mumkin. Maqolada aytilishicha, ular Eron yadroviy inshootlariga ehtimoliy zarba berishda ishtirok etuvchi bombardimonchi samolyotlar safini oshirish uchun ham ishlatilishi mumkin.Avvalroq, 'The Wall Street Journal' AQSH prezidenti Donald Tramp bir qancha variantlarni, jumladan Vashingtonning Eronga ehtimoliy zarbasi

15 Jun 10:46
 
35
0
xs.uz

“Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi

Ushbu hafta Hindistonda 'Boeing 787-8 Dreamliner' samolyoti Ahmadoboddan Londonga uchish uchun samoga koʻtarilgan, ammo 5 daqiqa oʻtib havo kemasi halokatga uchradi. Bortda 242 kishi bor edi.Dastlab dahshatli aviahalokatda qutqaruvchilar tiriklarni topishga umid qilishmagan. Shunga qaramasdan, 40 yoshli Vishvashkumar Ramesh bu fojiada tirik qolgan bortdagi yagona inson ekani maʼlum boʻldi.U akasi Ajaykumar Ramesh bilan uchayotgan edi. Ular bort oshxonasining qarama-qarshi tomonidagi favqulod

13 May 14:38
 
126
0
xs.uz

Makron va Mers poyezdda kokain isteʼmol qilganmidi?

Gap shundaki, fotosuratchilar siyosatchilarga yuzlanganda Makron stoldan gʻijimlangan qogʻozni, Mers esa tayoqcha oʻxshash jismni olib tashlagan.Internetda sharhlovchilar, bir qator blogerlar, shuningdek, Rossiya tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova sayohat paytida siyosatchilar kokain isteʼmol qilganini aytishdi. Bunga isbot tarzida Makron va Mersning harakatlarini keltirildi.Shu qatorda 'Liberation' gazetasi kokain haqida hech qanday gap-soʻz yoʻqligini yozib, yuqori