calendar 26 Jul 10:19
eye 41
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Netanyaxu AQSHni Eronga qarshi harbiy ittifoq tuzishga taklif qildi

image

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSHga Eron tahdidiga qarshi turish uchun o‘z mamlakati bilan harbiy ittifoq tuzishni taklif qildi. Bu haqda u kecha, 24 iyul AQSH Kongressida so‘z ochdi.

Netanyaxu Vashingtonni Isroilga G‘azo sektoridagi HAMAS guruhini tezda mag‘lub etishi uchun harbiy yordam yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirdi. Netanyaxuning iddao qilishicha, Isroilning HAMASga qarshi urushi ikki sivilizatsiya o‘rtasidagi ziddiyat emas, balki “sivilizatsiya va vahshiylik o‘rtasidagi, hayot muqaddas bo‘lganlar va o‘limni ulug‘laydiganlar o‘rtasidagi to‘qnashuv”.

Uning da’vo qilishicha, Isroil nafaqat o‘ziga, balki AQSH va arab dunyosiga ham tahdid solayotgan terrorizmga qarshi urush olib bormoqda.

“Eron ham HAMAS, ham Livanning “Hizbulloh” guruhi va Yaman husiylari ortida turibdi”, deydi Isroil Bosh vaziri.

U Tehrondagi hukmron rejimni Yaqin Sharq va butun dunyo xavfsizligiga asosiy tahdid deb atadi. Isroil Bosh vaziri Falastin tarafdorlarining namoyishlarida qatnashganlarni – shunday namoyishlardan biri Vashingtondagi Kongress binosi oldida Netanyaxu u yerda nutq so‘zlaganida bo‘lib o‘tdi – “zo‘rlovchilar va qotillar tomonidagi” “Eronning foydali ahmoqlari” deb atadi.

Shuningdek, Netanyaxu Isroil zarbalari G‘azo sektoridagi tinch aholiga qaratilgani haqidagi ayblovlarni rad etdi. 

“Isroil armiyasi Falastinlik tinch aholiga zarar yetkazmaslik uchun millionlab varaqalarni tashladi, millionlab SMS yubordi, yuz minglab telefon qo‘ng‘iroqlarini amalga oshirdi”, deya iddao qildi Bosh vazir. 

AQSH qonunchisi Rashida Tlaib Netanyaxuning Kongressdagi nutqi vaqtida “harbiy jinoyatchi” degan yozuvni ko‘tarib turdi. Nutq yakunida o‘rnidan turib, Netanyaxuni olqishlagan kongressmenlardan farqli o‘laroq, o‘tirib o‘z noroziligini bildirdi.

Ma’lumot uchun, 20 may kuni Xalqaro jinoiy sud bosh prokurori Karim Xon Binyamin Netanyaxu va Isroil mudofaa vaziri Yoav Galantni Falastin hududida urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblab, hibsga olish uchun order berishni talab qildi. Uning aytishicha, Netanyaxu va Galant “Falastin tinch aholisiga qarshi keng ko‘lamli va tizimli hujumlar” uchun mas’uldir”.

Shu bilan birga, u HAMASning uch yetakchisi: Yahyo Sinvar, Muhammad Al-Masri va Ismoil Xoniyani hibsga olish uchun order berdi. Ular, shuningdek, urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar, jumladan, qotillik, garovga olish, jinsiy zo‘ravonlik va qiynoqlarda ayblanmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
34
0
qalampir.uz

Rossiya Mudofaa vazirligiga qarashli qurilish kompaniyasi rahbari qo‘lga olindi

Rossiya Mudofaa vazirligining Harbiy qurilish kompaniyasining 46 yoshli bosh direktori Andrey Belkov Moskvada qo‘lga olindi. U davlat mudofaa topshiriqlarini bajarishda mansab vakolatlarini suiiste’mol qilishda gumon qilinmoqda (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 285.4-moddasi). Bu haqda 24 iyul kuni huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayanib, “Kommersant” gazetasi xabar berdi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda o‘sha paytda maxsus ob’ektlar uchun Har

26 Jul 10:19
 
32
0
qalampir.uz

Ukraina o‘z raketalarini yaratishga yaqinlashmoqda – Zelenskiy

 Ukraina uzoq masofali raketalarini yaratish va ishlab chiqarishda muvaffaqiyatga erishmoqda. Bu haqda mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi. "Raketa dasturimiz yaxshi dinamikaga ega. Bu qiyin vazifa bo‘lsa-da, asta-sekin o‘z raketalarimizdan foydalanish qobiliyatiga yaqinlashmoqdamiz", deydi Vladimir Zelenskiy. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hamkorlardan yordam olish bilan bir qatorda, “barcha vositalar va bor kuchi bilan Rossiya qo‘shin

26 Jul 10:19
 
37
0
qalampir.uz

Lukashenko va Putin Valaam orolida uchrashdi

Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Kareliyadagi Valaam orolida (Ladoga ko‘li) uchrashdi. Bu haqda “BelTA” xabar berdi. Lukashenko hozirda Rossiyada amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi. Vladimir Putin bilan turli formatdagi muzokaralar rejalashtirilgan. Qayd etilishicha, Putin va Lukashenko Belarus-Rossiya munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari, ittifoq loyihalarini ilgari surish, mintaqaviy xavfsizlik mavzulari

19 Aug 07:04
 
13
0
xs.uz

Ukraina Sudjani toʻliq nazoratiga olganini aytmoqda

Ukraina Rossiya hududiga dadil bostirib kirishda davom etar ekan, Moskva chegara mintaqasidan koʻproq aholini evakuatsiya qilmoqda.Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat kuchlari Rossiya hududiga bostirib kirishi natijasida Kursk viloyatidagi Rossiyaning strategik ahamiyatga ega Sudja shahrini toʻliq nazoratga olganini aytdi. Shuningdek, u 5 mingga yaqin aholisi boʻlgan shaharda harbiy qoʻmondonlik idorasi tashkil etilayotganini ham maʼlum qildi. Sudjada Ukraina quvurlari orqali Yev