calendar 26 Jul 10:19
eye 37
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Xitoy Ukrainaga gumanitar yordam ko‘rsatishda davom etadi

image

Xitoy Ukrainaga insonparvarlik yordami yuborishda davom etadi. Bu haqda bugun, 24 iyul kuni Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I ukrainalik mavqedoshi Dmitriy Kulebaga Guanchjoudagi uchrashuvda aytdi.

“Xitoy Ukrainadagi gumanitar vaziyatdan xavotirda va unga insonparvarlik yordamini ko‘rsatishda davom etadi”, dedi Van I

Qayd etish joizki, Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli agressiyasi boshlanganidan beri Xitoyga birinchi tashrifini amalga oshirmoqda. Uning ma’lum qilishicha, xitoylik vazir Van I bilan adolatli dunyo yo‘lida batafsil, mazmunli muzokaralar olib borilmoqda.

“Biz tinchlik rejalari orasidagi raqobatdan qochishimiz kerak. Kiyev va Pekin to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot olib borishi va o‘zaro pozitsiya almashishi juda muhim. Ikki tomonlama munosabatlarni ham muhokama qilamiz. Ishonchim komilki, Ukraina Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni boshlaganidan so‘ng, Xitoy davlatimiz bilan munosabatlarga Yevropa bilan strategik munosabatlari prizmasidan qarashi kerak”, deya qo‘shimcha qildi Kuleba.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba 23-25 iyul kunlari Xitoyga tashrif buyurishini ma’lum qilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Aug 07:04
 
15
0
xs.uz

Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish sulhi. Dohada nima gap?

Dohadagi muzokaralar Gʻazoda qurbon boʻlgan falastinliklar soni 40 mingdan oshgani sababli mintaqaviy vaziyat kuchayishidan qoʻrquvlar fonida oʻtmoqda. Oq uy matbuot kotibi Jon Kirbi payshanba kuni Dohada Isroil, AQSH, Qatar va Misr rasmiylari ishtirokida muzokaralar olib borilayotganini maʼlum qilgan edi.AQSH va mintaqaviy rasmiylarning bildirishicha, Gʻazo boʻyicha yangi boshlangan oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha muzokaralar bugun ham davom etishi kutilmoqda.Muzokaralar mazmuni haqi

26 Jul 10:19
 
34
0
qalampir.uz

Ukraina Rossiya bilan muzokaralarga tayyor – Kuleba 

Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba mamlakatda harbiy harakatlar boshlanganidan beri birinchi marta rasmiy tashrif bilan Xitoyga bordi. Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuvda u Kiyev Moskva bilan muzokaralarga tayyor ekani, lekin bu faqat “adolatli shartlar” asosida bo‘lishi kerakligini aytdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi. “Dmitriy Kuleba Ukrainaning izchil pozitsiyasini isbotladi, ya’ni Rossiya vijdonli muzokaralar olib borishga tayyor

22 Jul 20:48
 
68
0
qalampir.uz

NATO 500 mingdan ortiq askarini shay holatga keltirmoqda

NATO Ukraina-Rossiya masalasida o‘zining 500 mingdan ortiq qo‘shinini jangovar shay holatga keltirishni boshladi. Bu haqda alyans matbuot kotibi Farah Daxlallah kecha, 21 iyul kuni SNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. Daxlallahga ko‘ra, 2014 yilda Qrimning noqonuniy anneksiya qilinishi ortidan 2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujumi muqarrar ravishda NATOni urushga tayyorligini qayta ko‘rib chiqishga va mudofaasini kuchaytirishga majbur qilgan. &ld

11 Aug 03:44
 
27
0
xs.uz

Isroilning yerosti kasalxonasi hujumga tayyorlanmoqda

Isroilning shimolidagi Hayfa shahrida ulkan yerosti shifoxonasi mavjud. U beton devorlar bilan qoplangan boʻlib, operatsiya xonalari, tugʻruq boʻlimi, tibbiyot anjomlari bilan taʼminlangan. Hozircha u yerda bemorlar yoʻq, kasalxona kutilajak janglar oldidan tayyor holga keltirilmoqda. Ushbu joy 2006-yilgi Isroil''Hizbulloh' urushidan keyin qurilgan.Muassasa 2 mingdan ortiq oʻringa ega. Isroilga katta hujum sodir boʻlgan taqdirda, bemorlarni qabul qiladi. Mintaqada keskinlik taranglashgan