calendar 11 Aug 03:44
eye 27
comments 0
comments Manba: xs.uz

Isroilning yerosti kasalxonasi hujumga tayyorlanmoqda

image
Isroilning shimolidagi Hayfa shahrida ulkan yerosti shifoxonasi mavjud. U beton devorlar bilan qoplangan boʻlib, operatsiya xonalari, tugʻruq boʻlimi, tibbiyot anjomlari bilan taʼminlangan. Hozircha u yerda bemorlar yoʻq, kasalxona kutilajak janglar oldidan tayyor holga keltirilmoqda. Ushbu joy 2006-yilgi Isroil''Hizbulloh' urushidan keyin qurilgan.

Muassasa 2 mingdan ortiq oʻringa ega. Isroilga katta hujum sodir boʻlgan taqdirda, bemorlarni qabul qiladi. Mintaqada keskinlik taranglashgan bir paytda shifokorlar ham janglar tezroq tugashidan umidvor. Hayfa shahri Livanga yaqinligi va 'Hizbulloh'ning raketalari odamlarni xavotirga soladi.

Ushbu hududda yashovchilar favqulodda vaziyatlarda mashqlar oʻtkazishga oʻrganib qolgan, hatto maktab oʻquvchilari ham hujum sodir boʻlganda nima qilish kerakligini yaxshi bilishadi.

'Bu soatli bombaga oʻxshaydi. Xohlagan vaqtda signal chalinishi mumkin. Men oʻlamanmi tirik qolamanmi? Oilamni koʻrishga imkonim boʻladimi-boʻlmaydimi, bilmayman', deya oʻz holatini tasvirlagan shu yerlik aholidan biri.

Saksondan oshgan shahar meri uyqusiz tunlari haqida gapirar ekan, oʻz boʻynida katta masʼuliyat turganligini anglaydi. Yona Yahav 2006-yilgi urush paytida ham shaharni boshqargan.

'Men juda afsusdaman. Rahbarlar qurish oʻrniga vayronagarchilik, oʻldirish, jang bilan shugʻullanadi', degan shahar meri. Hayfa 'aralash shahar' deb atalib, isroillik arablarning katta qismi isroillik yahudiylar bilan birga yashaydigan joydir. Yahavning aytishicha, bu tinch jamiyat, ammo hozirgi mojaro vaziyatni yanada ogʻirlashtiradi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jul 16:04
 
66
0
qalampir.uz

Tramp o‘ziga suiqasd uyushtirilgan shaharda miting o‘tkazmoqchi

AQSHning sobiq prezidenti va prezidentlikka nomzod Donald Tramp o‘ziga suiqasd uyushtirilgan Butler shahrida navbatdagi saylovoldi tashviqoti mitingini o‘tkazadi. Bu haqda Tramp o‘zining Truth Social’dagi sahifasida ma’lum qildi. “Men qahramonimiz o‘t o‘chiruvchi Kori va ikki hafta oldin yaralangan o‘sha jasur vatanparvarlar sharafiga katta va chiroyli miting o‘tkazish uchun Pensilvaniya shtati Butlerga qaytaman”, deb yozgan Tramp o‘zining Truth Social&rs

21 Jul 15:50
 
66
0
qalampir.uz

Demokratlar Kamola Harrisni Bayden o‘rniga tobora ko‘proq qo‘llab-quvvatlamoqda – CNN 

AQSH Demokratik partiyasining tobora ko‘proq vakillari vitse-prezident Kamola Harrisni bo‘lajak saylovlarda prezident Jo Baydenga yagona muqobil sifatida ko‘rmoqda. Bu haqda CNN xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, Amerika ma’muriyatining amaldagi rahbari o‘rniga aynan qanday nomzod saylanishi hozircha aniq emas, biroq ko‘pchilik demokratlarning aytishicha, har qanday tanlov jarayonida Harris nomzod bo‘lish ehtimoli har qachongidan ham yuqori. Shu bilan birga, prezidentlik saylov

03 Sep 21:35
 
11
0
xs.uz

Rossiya AQSHni global xavfsizlikni yoʻqqa chiqarishda aybladi

Rossiya Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narыshkin AQSHning yadroviy maydondagi harakatlari global xavfsizlikni yoʻqqa chiqarayotganini bildirdi. Bu haqda 'Newsweek' nashri xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Sovet Ittifoqining birinchi yadroviy bomba sinovi oʻtkazilganining 75-yilligiga bagʻishlangan tadbirda nutq soʻzlagan Narыshkin AQSHni asosiy yadroviy kelishuvlardan chiqqani uchun tanqid qilgan. U AQSHning yaqinda Nevadada oʻtkazgan sinovlarini Amerikaning yadroviy salohiyatini

22 Jul 13:31
 
66
0
qalampir.uz

Maxfiy xizmat Trampning xavfsizligini kuchaytirishdan bosh tortdi – WP 

AQSH Maxfiy xizmati mamlakatning sobiq prezidenti Donald Trampning xavfsizligini ta’minlash uchun qo‘shimcha mablag‘ so‘rovlarini uzoq vaqtdan beri rad etib keladi. Bu haqda to‘rtta manbaga tayanib, “The Washington Post” xabar berdi. Maxfiy xizmat vakili Entoni Gulelmi xizmat Tramp xavfsizligini mustahkamlash uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratishdan bosh tortganini tan oldi. Shu bilan birga, matbuot kotibining ta’kidlashicha, rad etilgan so‘rovlar sobiq prezident hay