calendar 21 Jul 15:50
eye 66
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Demokratlar Kamola Harrisni Bayden o‘rniga tobora ko‘proq qo‘llab-quvvatlamoqda – CNN 

image

AQSH Demokratik partiyasining tobora ko‘proq vakillari vitse-prezident Kamola Harrisni bo‘lajak saylovlarda prezident Jo Baydenga yagona muqobil sifatida ko‘rmoqda. Bu haqda CNN xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Amerika ma’muriyatining amaldagi rahbari o‘rniga aynan qanday nomzod saylanishi hozircha aniq emas, biroq ko‘pchilik demokratlarning aytishicha, har qanday tanlov jarayonida Harris nomzod bo‘lish ehtimoli har qachongidan ham yuqori. Shu bilan birga, prezidentlik saylovlarida Bayden o‘rniga Harrisga alternativa yo‘qligi haqidagi kelishuv vitse-prezident demokratlarni o‘z atrofida birlashtira olgani bilan emas, balki umuman vaziyatdan charchaganligi bilan bog‘liq.

CNN ma’lumotlariga ko‘ra, demokratlar Harris saylov kampaniyasini boshqa da’vogarlarga qaraganda tezroq boshlay olishiga ishonish mumkin. Bundan tashqari, AQSHning 59 yoshli vitse-prezidenti Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Trampga nisbatan “faolroq va baquvvatroq” ko‘rinishi haqida fikr ishlab chiqilmoqda.

Bundan tashqari, ko‘pchilik Harrisning Demokratik lagerdagi inqiroz davridagi xatti-harakatlarini yuqori baholagan. Vitse-prezident hech qachon, hatto shaxsiy suhbatlarda ham Bayden o‘rniga o‘z nomzodini ilgari surishga urinib ko‘rmagan va bu vaqt davomida u doimiy ravishda Amerika ma’muriyatining amaldagi rahbarini qo‘llab-quvvatlashini va unga sadoqatini bildirgan.

Kecha, 19 iyul kuni “Axios”ning xabar berishicha, Bayden Kongress rahbarlari, Demokratik partiya a’zolari va do‘stlarining bosimi ortib borayotgani sababli 20-21 iyulm kunlari bo‘lib o‘tadigan poygadan chiqishini e’lon qilishi mumkin. “The Wall Street Journal” esa Xarris, agar u poygadan chiqsa, Baydenning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan nomzod sifatida ko‘rilayotganini xabar qildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 14:23
 
55
0
xs.uz

Josuslik va terrorizmda ayblangan Germaniya fuqarosi Belarusda oʻlim jazosiga hukm qilindi

Krigerning qilgan jinoyatlariga aynan nima sabab boʻlgani va ular qachon sodir etilganligi nomaʼlum. Maʼlum boʻlishicha, u harbiy obyektlarni suratga olish va temir yoʻl liniyasiga portlovchi moslama oʻrnatishda ayblanib, terrorizm va josuslik boʻyicha sudlangan.Inson huquqlari tashkilotlari Belarusni qatlni toʻxtatishga chaqirib, tegishli jarayon va adolatli sudlov zarurligini taʼkidladi. Germaniya tashqi ishlar vazirligi konsullik yordamini koʻrsatmoqda va Kriger nomidan Belarus huku

26 Jul 10:19
 
42
0
qalampir.uz

Ukrainaliklarning 32 foizi Rossiyaga yerlarni berishga rozi bo‘ldi – so‘rovnoma 

Ukrainada aholi orasida tinchlikka erishish uchun Rossiyaga hududiy imtiyozlar berish borasida o‘tkazilgan so‘rovnomada qatnashganlarning 32 foizi tinch-totuv yashash uchun o‘zlari yashab turgan yerlarni Rossiyaga berishga rozi ekanligini bildirdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.  Kiyev xalqaro sotsiologiya instituti tomonidan 16-22 may kunlari Ukraina nazorati ostidagi hududda 1067 kishi ishtirok etgan so‘rov natijalariga ko‘ra, hududiy imtiyozlarga rozi bo‘lgan

26 Jul 10:19
 
40
0
qalampir.uz

Tayvanga “Gaemi” tayfuni yopirildi. Qurbonlar bor

Xitoyning janubi-sharqiy qirg‘oqlariga yaqin joylashgan Tayvan oroliga “Gaemi” tayfuni kelishi pasttekisliklarda ko‘chki va suv toshqini keltirib chiqardi. Oqibatda uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “ABC News” xabar berdi. To‘fon Tinch okeanining g‘arbiy qismini qamrab olgan. Filippinda esa mavsumiy yomg‘irlarni kuchaytirgan. Tayvandagi davlat idoralari va maktablar ikki kunga yopildi. Rasmiylar odamlarni uyda va qirg‘oq chizig‘idan uzoqroqda qolishga ch

19 Jul 20:56
 
96
0
qalampir.uz

Britaniya Ukraina  mudofaa sanoati uchun 2 mlrd funt sterling ajratdi

Buyuk Britaniya Ukrainaga mudofaa sanoati uchun 2 milliard funt sterling miqdorida kredit  beradi. Bu haqda Ukraina Prezidenti devoni xabar berdi Bildirilishicha, Buyuk Britaniya va Ukraina mudofaa qobiliyatini rivojlantirish uchun rasmiy kreditni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hukumatlararo kelishuvni imzolagan. Prezident devoni ma’lumotlariga ko‘ra, hujjat Prezident Vladimir Zelenskiy ishtirokida Ukraina Mudofaa vaziri Rustam Umarov va Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Jon Xili tomon