Josuslik va terrorizmda ayblangan Germaniya fuqarosi Belarusda oʻlim jazosiga hukm qilindi

Inson huquqlari tashkilotlari Belarusni qatlni toʻxtatishga chaqirib, tegishli jarayon va adolatli sudlov zarurligini taʼkidladi. Germaniya tashqi ishlar vazirligi konsullik yordamini koʻrsatmoqda va Kriger nomidan Belarus hukumati bilan aloqada boʻlib turibdi.
Uning ishi xalqaro miqyosda katta eʼtiborni tortdi. Nemis diplomatlari va Belarus rasmiylari oʻrtasidagi muhokamalar davom etmoqda. Baʼzi ekspertlar Krigerdan siyosiy almashinuvda foydalanish mumkinligini taxmin qilmoqdalar.
Xabarlarga koʻra, Qizil Xochning sobiq xodimi boʻlgan Kriger Ukraina razvedkasi bilan bogʻlangan va Belarusda hujumlarni rejalashtirishda ayblangan. Ayblovlar josuslik va portlashda ishtirok etishni oʻz ichiga oladi. Ammo tafsilotlar nomaʼlumligicha qolmoqda.
'Viasna' va 'Liberiko' kabi inson huquqlari tashkilotlari Belarusda oʻlim jazosi qoʻllanilishini qoralab, hukumatni Krigerning qatl etilishini toʻxtatishga chaqirdi. Ularning taʼkidlashicha, mamlakatda sud jarayoni va hukm chiqarish tartiblari koʻpincha xalqaro inson huquqlari standartlariga mos kelmaydi.
Oʻz navbatida, Kriger Belarus televideniye orqali prezident Aleksandr Lukashenkodan rahm soʻrab, murojaat qildi. 'Men har bir soniyadan afsuslanaman', dedi u oʻz murojaatida.
Qayd etish kerakki, Belarus 1991-yil, mustaqil boʻlganidan beri 400 ga yaqin qatlni amalga oshirgan va Yevropada hamon oʻlim jazosini qoʻllayotgan yagona davlat boʻlib qolmoqda. Mamlakatda chet el fuqarolarini qatl qilish kamdan-kam uchraydi. Biroq prezident Lukashenko hukumati soʻnggi paytlarda muxolifatchilarga qarshi tazyiqni kuchaytirib boryapti.
Avvalroq, Suriya prezidenti Bashar Asad Rossiya rahbari bilan uchrashgani haqida xabar berilgandi.
AQSHda Trampning Isroil — Eron mojarosiga aralashishini taqiqlovchi rezolyutsiya tayyorlandi
AQSH Kongressiga Donald Trampni Isroil va Eron oʻrtasidagi mojaroga aralashishdan ogohlantiruvchi ikki partiyaviy rezolyutsiya taqdim etilgan. Bu haqda 'Sky News' telekanali xabar berdi.Hujjat respublikachi Tomas Massi va demokrat Aleksandriya Okasio-Kortez tomonidan ishlab chiqilgan. Ikkinchisiga koʻra, Konstitutsiya Amerika Qoʻshma Shtatlari ijroiya hokimiyatiga bir tomonlama 'urush harakatlari'ni amalga oshirishga ruxsat bermaydi.'Kongress Eronga urush eʼlon qilishning eksklyuziv huquqiga
Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi navbatda muzokaralar boʻlib oʻtdi. Tomonlar qanday kelishuvga erishdi?
Turkiyaning Istanbul shahrida Rossiya va Ukraina delegatsiyalari oʻrtasidagi muzokaralarning ikkinchi bosqichi boʻlib oʻtdi. Muloqot Moskva vaqti bilan taxminan soat 15:20 da yakunlandi va taxminan bir soat davom etdi. Muzokaralar boshlanishidan oldin tomonlar anʼanaviy qoʻl siqishdan bosh tortishgan. Ukraina delegatsiyasi aʼzolari harbiy formada, Rossiya vakillari esa klassik liboslarda boʻlgan. Avvalgi turda boʻlgani kabi muzokaralarning yopiq qismidan oldin Turkiya Tashqi ishlar vazir
Isroil Eronning barcha dronlarini urib tushirdi va yana Eron hududiga zarba berdi
Isroil mudofaa kuchlari Eron dronlarini muvaffaqiyatli tutib olgan. Bu haqda 'Ynet' axborot portali xabar bermoqda.Yahudiy davlati armiyasi 13-iyun, juma kuni Eronga hujum qildi. Isroil armiyasi bu operatsiyani 'Eronning yadroviy qurol ishlab chiqarish salohiyatini jilovlash uchun ogohlantiruvchi hujum' dedi.Hujumlar Natanzdagi uranni boyitish markazi, ballistik raketa infratuzilmasi, olimlar va harbiylar yashayotgan hududlar, qurol omborlari va harbiy laboratoriyalarga qaratilgan.Eronning IRNA
Tramp va Mask omma oldida janjallashdi
AQSH prezidenti Donald Tramp oʻzining sobiq doʻsti va ittifoqchisi, milliarder Ilon Maskni birinchi marta oshkora tanqid qildi. U tadbirkordan hafsalasi pir boʻlganini aytdi va Maskning 'Tesla' va 'SpaceX' kompaniyalariga davlat subsidiyalarini toʻlashni toʻxtatishni taklif qildi. Bunga javoban Mask uning yordamisiz respublikachi hech qachon prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozona olmasligini aytdi va Trampni voyaga yetmaganlarni zoʻrlashga aloqadorlikda aybladi. Sobiq doʻstlar oʻrtasi