calendar 03 Sep 21:35
eye 12
comments 0
comments Manba: xs.uz

Rossiya AQSHni global xavfsizlikni yoʻqqa chiqarishda aybladi

image
Rossiya Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narыshkin AQSHning yadroviy maydondagi harakatlari global xavfsizlikni yoʻqqa chiqarayotganini bildirdi. Bu haqda 'Newsweek' nashri xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Sovet Ittifoqining birinchi yadroviy bomba sinovi oʻtkazilganining 75-yilligiga bagʻishlangan tadbirda nutq soʻzlagan Narыshkin AQSHni asosiy yadroviy kelishuvlardan chiqqani uchun tanqid qilgan. U AQSHning yaqinda Nevadada oʻtkazgan sinovlarini Amerikaning yadroviy salohiyatini namoyish etish niyatidan dalolat beruvchi signal sifatida talqin qildi.

Narыshkinning taʼkidlashicha, AQSH oʻtkazgan koʻrgazmalar goʻyoki hech qanday xalqaro shartnomalarga zid koʻrinmasa-da, u Sovuq urush davrida qoʻllanilgan taktikaga oʻxshash aniq dalillarni oʻrtaga chiqaradi.

Shuningdek, rus razvetkasi rahbari AQSH prezidenti Garri Trumenning Ikkinchi jahon urushi paytida Yaponiyaga atom bombalarini qoʻllash haqidagi qaroriga ishora qilib, AQSH oʻzining 'yadroviy balyoz' strategiyasini jonlantirishga urinayotganini aytgan.

AQSH va Rossiya oʻrtasidagi yadroviy muammolar boʻyicha keskinlik, ayniqsa, Moskvaning Kiyevga qarshi harakatlari boshlangandan soʻng kuchayib ketdi. Narыshkinning bunday izohlari yadroviy mojaro ehtimoli boʻyicha global xavotirlar kuchayib borayotganini aks ettiradi. Shunga qaramasdan, rus tomoni bir necha marotaba oʻz yadro qurollarini ishlatishini ishora qilib, xalqaro maydonda bosimlardan qutilishga harakat qilgani ham sir emas.

Global yadroviy arsenallar boʻyicha hisob-kitoblar turlicha, ammo hisobotlarga koʻra, Rossiya va AQSHning har birida minglab yadro kallaklari bor. 'Narыshkinning soʻnggi bayonotlari global yadro xavfsizligining zaif ahvolini va yadroviy kuchlar oʻrtasidagi muloqotni davom ettirish zarurligini koʻrsatmoqda', deb yozadi nashr.

Avvalroq, oʻzbekistonlik paralimpiadachilar musobaqanining birinchi kunini 2 ta medal bilan boshlagandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
38
0
qalampir.uz

Rossiyada YouTube tezligi 70 foizga sekinlashishi mumkin

Rossiyada YouTube videoxostingining yuklanish tezligi 40 foizga, keyingi hafta oxiriga kelib esa 70 foizga tushishi mumkin. Bu haqda Rossiya Davlat Dumasining Axborot siyosati qo‘mitasi rahbari, deputat Aleksandr Xinshteyn o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. Deputatning yozishicha, mamlakat rasmiylari platformaning ishlash tezligini sun’iy ravishda sekinlashtira boshlagan. “Yaqin kunlarda YouTube'ning kompyuterlarda foydalanganda yuklab olish tezligi 40 foizga, key

22 Jul 19:08
 
52
0
qalampir.uz

Kuleba ertaga Xitoyga boradi

Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba 23-25 ​​iyul kunlari Xitoyga tashrif buyuradi. Bu haqda Ukraina Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, ushbu tashrif Kulebaning xitoylik mavqedoshi Van Ining taklifiga binoan rejalashtirilgan. Muzokaralarning asosiy mavzusi Rossiya agressiyasini to‘xtatish yo‘llarini izlash va Xitoyning tinchlikka erishishdagi mumkin bo‘lgan roli bo‘ladi. Shuningdek, tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va rivojlanish i

22 Jul 15:17
 
53
0
qalampir.uz

Rossiya Ukrainadagi ikkita qishloqni egallab olganini e’lon qildi

Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Lugansk viloyatidagi Rozovka va Xarkov viloyatidagi Peschanoyeni egallab oldi. Bu haqda kecha, 21 iyul kuni bo‘lib o‘tgan brifing chog‘ida Rossiya Mudofaa vazirligi vakili ma’lum qildi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya harbiylari Lugansk viloyatidagi Rozovkani egallab olgan. Gap 2016 yilgacha Rozovka deb nomlangan Svatovskiy tumanidagi Andreyevka haqida ketmoqda. 2001 yilgi aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlariga ko‘ra, aholi punktida 1

08 Sep 16:45
 
7
0
xs.uz

Xitoy Rossiyadagi aktivlarini kamaytirmoqda. Bu nimadan dalolat?

Xitoy davlat banklari Rossiyadagi aktivlarini kamaytirmoqda. Xabarlarga koʻra, bunda Moskvaga qarshi sanksiyalar ikki davlat oʻrtasidagi savdoni murakkablashtirgani sabab boʻlgan. 'Newsweek' vaziyat jiddiylashayotgani haqida yozgan.Maʼlum boʻlishicha, 2024-yilning ikkinchi choragida Xitoy davlat banki Rossiyadagi aktivlarini 37 foizga, Xitoy sanoat va tijorat banki esa 27 foizga qisqartirdi. Ushbu harakatlar xalqaro sanksiyalar tufayli toʻlovlar bilan bogʻliq ortib borayotgan qiyinchilikl