calendar 26 Jul 10:19
eye 34
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Rossiyada YouTube tezligi 70 foizga sekinlashishi mumkin

image

Rossiyada YouTube videoxostingining yuklanish tezligi 40 foizga, keyingi hafta oxiriga kelib esa 70 foizga tushishi mumkin. Bu haqda Rossiya Davlat Dumasining Axborot siyosati qo‘mitasi rahbari, deputat Aleksandr Xinshteyn o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Deputatning yozishicha, mamlakat rasmiylari platformaning ishlash tezligini sun’iy ravishda sekinlashtira boshlagan.

“Yaqin kunlarda YouTube'ning kompyuterlarda foydalanganda yuklab olish tezligi 40 foizga, keyingi hafta oxiriga kelib esa 70 foizga pasaytirilishi mumkin. Bu chora hozircha mobil internet orqali foydalanishga ta’sir qilmaydi”, deya yozadi Xinshteyn.

Aleksandr Xinshteynning so‘zlariga ko‘ra, videoxosting ishini sekinlashtirish rossiyalik foydalanuvchilarga emas, balki YouTube rahbariyatiga qarshi qaratilgan majburiy qadam bo‘lib, bu bilan Rossiya rasmiylari videoxosting ishiga ta’sir o‘tkazishga urinayotganini bilvosita tan oladi. Davlat Dumasi deputati YouTube'ning Rossiyada cheklanishini “Rossiyaga qarshi xosting siyosati” bilan ham bog‘lagan.

“ComNews Research” nashri ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda Rossiyada faoliyat ko‘rsatayotgan 700 ta mahalliy serverdan 2023 yil oxiriga kelib atigi 450 tasi qolgan.

Ma’lumot uchun, platformaning sekinlashishi joriy yilning 12 iyul kuni boshlangan. “Rostelekom” esa buni Google kompaniyasiga tegishli uskunaning ishlashidagi texnik nosozliklar tufayli yuzaga kelganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Microsoft kompaniyasi Windows ishdan chiqishi 8,5 million qurilmaga ta’sir qilgani haqida ma’lumot bergandi. Shov-shuvli hodisaga CrowdStrike antivirus yangilanishidagi xato sabab bo‘lgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
34
0
xs.uz

“Kelajakdan gapiramiz”: 2034 yilgi qishki Olimpiada ohtml5-dom-document-internal-entity2-039-endyinlari mezbonligi kutilmagan shaharga berildi

XOQ Parijdagi 142-sessiyasida shunday qaror qabul qilgan. Qayd etish kerakki, ushbu shahar avval ham, 2002-yilda, ushbu nufuzli turnirni qabul qilgan edi. Mezbonlikni qoʻlga kiritish uchun 'Yuta 2034' delegatsiyasiga Yuta gubernatori Spenser Koks, Solt-Leyk-Siti meri Erin Mendenxoll, AQSH Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitasi prezidenti Jean Sayks boshchilik qilishdi.Maʼmurlar dunyo sportchilarini Yuta shtatida kutib olishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Gubernator Koks bu turnirning qabul qi

26 Jul 10:19
 
33
0
qalampir.uz

BMT Bosh kotibi global Olimpiya sulhiga chaqirdi 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Yer yuzidagi barcha qurolli mojarolar ishtirokchilarini Olimpiya yarashuvi ruhida qurollarini tashlashga chaqirdi. Bu haqda BMT matbuot xizmati xabar berdi. Tinchlik tashabbusi BMT matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan videomurojaatda aytilgan. Guterrish bu 26 iyun kuni Fransiyada boshlanadigan yozgi Olimpiada musobaqasining tantanali ochilishiga to‘g‘ri kelishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Olimpiadadan u

26 Jul 10:19
 
26
0
qalampir.uz

Tayvanga “Gaemi” tayfuni yopirildi. Qurbonlar bor

Xitoyning janubi-sharqiy qirg‘oqlariga yaqin joylashgan Tayvan oroliga “Gaemi” tayfuni kelishi pasttekisliklarda ko‘chki va suv toshqini keltirib chiqardi. Oqibatda uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “ABC News” xabar berdi. To‘fon Tinch okeanining g‘arbiy qismini qamrab olgan. Filippinda esa mavsumiy yomg‘irlarni kuchaytirgan. Tayvandagi davlat idoralari va maktablar ikki kunga yopildi. Rasmiylar odamlarni uyda va qirg‘oq chizig‘idan uzoqroqda qolishga ch

11 Jul 17:15
 
51
0
qalampir.uz

Turkiya YeIga kirishni tezlashtirish uchun Germaniyadan yordam kutyapti – Erdo‘g‘an

Kecha, 10 iyul kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Vashingtonda Germaniya kansleri Olaf Shols bilan uchrashib, G‘azodagi vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda “Anadolu“ xabar berdi. Uchrashuvda Turkiya rahbari G‘azo sektoriga hujumlarni to‘xtatish imkoniyatini boy bermaslik uchun Isroilga bosim o‘tkazish zarurligini ta’kidlagan. Erdo‘g‘an mojaroning mintaqaga tarqalishining oldini olish borasidagi sa’y-harakatlarni kuchaytirish kerakligini ham aytgan. Sh