calendar 26 Jul 10:19
eye 28
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Tayvanga “Gaemi” tayfuni yopirildi. Qurbonlar bor

image

Xitoyning janubi-sharqiy qirg‘oqlariga yaqin joylashgan Tayvan oroliga “Gaemi” tayfuni kelishi pasttekisliklarda ko‘chki va suv toshqini keltirib chiqardi. Oqibatda uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “ABC News” xabar berdi.

To‘fon Tinch okeanining g‘arbiy qismini qamrab olgan. Filippinda esa mavsumiy yomg‘irlarni kuchaytirgan. Tayvandagi davlat idoralari va maktablar ikki kunga yopildi. Rasmiylar odamlarni uyda va qirg‘oq chizig‘idan uzoqroqda qolishga chaqirgan.

“Gaemi” to‘foni oqibatida halok bo‘lganlar ayrim manbalarda 2-3 nafarligi, ba’zilarida esa 22 nafarligi keltirilgan. Mamlakat favqulodda vaziyatlar idoralari esa qurbonlar soni 30 kishiga yaqinlashgani, bu raqamlar oshishda davom etayotganini bildirgan. Jarohatlanganlar soni 380 kishidan ortgan.

“Sinxua” axborot agentligi Xitoyning qirg‘oq bo‘yidagi Futszyan provinsiyasida reyslar, poyezdlar va parom qatnovlari to‘xtatilgani, to‘fon yaqinlashgani sababli 240 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilinganini yozmoqda. Nashrga ko‘ra, bo‘ron kuchsizlanishi kutilmoqda, ammo keyingi uch kun ichida bu ichki hududlarga, jumladan, poytaxt Pekinda kuchli yomg‘ir yog‘ishiga olib kelishi mumkin.

Filippinda ham cho‘kishlar va ko‘chkilar tufayli qurbonlar soni ortgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, kamida uch kishi bedarak yo‘qolgan. Filippin Qirg‘oqlarni qo‘riqlash xizmatining xabar berishicha, to‘fon tufayli taxminan 1,4 million litr (370 ming gallon) sanoat mazuti ortilgan neft tankeri Batan provinsiyasidagi Limay shahri yaqinida cho‘kib ketgan. Qutqaruvchilar esa 16 nafar ekipaj a’zosidan 15 nafarini qutqarib qolgan.

Filippin Prezidenti Ferdinand Markos izolyatsiya qilingan qishloqlarga oziq-ovqat va boshqa yordamlarni yetkazish bo‘yicha hukumatga sa’y-harakatlarni tezlashtirishni buyurgan. Filippinda ham idoralar va maktab darslari to‘xtatildi.

Ma’lumot uchun, 2023 yilning sentyabr oyida Tayvanda “Xaykui” to‘foni oqibatida kamida 44 kishi jabrlangandi, o‘n minglab uylar elektr ta’minotisiz qolgandi. 11 shahar va tumanda kamida 7113 kishi evakuatsiya qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistonida yog‘ingarchilik ortidan kuchli to‘fon yopirilgani xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jul 15:55
 
56
0
qalampir.uz

Qirg‘izistonda MDH davlatlaridan birida terakt tayyorlagan shaxs qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda MDH davlatlaridan birining hududida terakt tayyorlashda gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot markazi xabar berdi. “O‘tkazilayotgan aksilterror tadbirlari davomida Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tomonidan xalqaro terrorchilik tashkiloti a’zosi, Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi, yashirin terrorchilik guruhining bir qismi sifatida MDH mamlakatlaridan birida terakt uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rayotga

22 Jul 21:30
 
73
0
qalampir.uz

Isroil askarlari BMT karvoniga hujum qildi

Isroil askarlari G‘azo sektorida BMT karvoniga hujum qildi va bir mashinaga zarar yetkazdi. Bu haqda BMTning Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi Bosh komissari Filipp Lazzarini o‘zining ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi. Uning qayd etishicha, kecha, 21 iyul kuni Isroil kuchlari G‘azo sektorida BMT karvoniga qarata o‘t ochgan. Oqibatda BMT zirhli mashinasiga 5 ta o‘q tekkan va jiddiy zarar ko‘rgan. Shuningdek, UNRWA Bosh komissari hujum

26 Jul 10:19
 
46
0
qalampir.uz

Ukraina o‘z raketalarini yaratishga yaqinlashmoqda – Zelenskiy

 Ukraina uzoq masofali raketalarini yaratish va ishlab chiqarishda muvaffaqiyatga erishmoqda. Bu haqda mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi. "Raketa dasturimiz yaxshi dinamikaga ega. Bu qiyin vazifa bo‘lsa-da, asta-sekin o‘z raketalarimizdan foydalanish qobiliyatiga yaqinlashmoqdamiz", deydi Vladimir Zelenskiy. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hamkorlardan yordam olish bilan bir qatorda, “barcha vositalar va bor kuchi bilan Rossiya qo‘shin

26 Jul 22:52
 
139
0
qalampir.uz

Iroqdagi AQSH harbiy bazasi raketa zarbasiga uchradi

Iroq g‘arbidagi amerikalik harbiylar joylashgan Ayn al-Assad aviabazasi raketalardan o‘qqa tutildi. Bu haqda “Shafaq news” portali xavfsizlik xizmatidagi manbasiga tayanib xabar berdi.    Bidirilishicha, bazaga kamida ikkita raketa uchirilgan, biroq ishlatilgan raketalar turi noma’lumligicha qolmoqda. Hujum ortida kim turgani haqida ham hozircha noma’lum. “Xavfsizlik xizmatlari raketalar qaysi hududdan uchirilganini aniqlash bo‘yicha qidiruv ishlarini