calendar 27 Jul 15:55
eye 57
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Qirg‘izistonda MDH davlatlaridan birida terakt tayyorlagan shaxs qo‘lga olindi

image

Qirg‘izistonda MDH davlatlaridan birining hududida terakt tayyorlashda gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot markazi xabar berdi.

“O‘tkazilayotgan aksilterror tadbirlari davomida Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tomonidan xalqaro terrorchilik tashkiloti a’zosi, Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi, yashirin terrorchilik guruhining bir qismi sifatida MDH mamlakatlaridan birida terakt uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rayotganlikda gumon qilinib, ushlanib, tergov izolyatoriga joylashtirildi”, deyiladi xabarda.

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozircha tergov manfaati uchun ism va familiyasi e’lon qilinmagan hibsga olingan shaxsning barcha harakatlari “terrorchi tashkilotlardan birining emissarlari tomonidan muvofiqlashtirilgan” messenjerlar yordamida amalga oshirilgan.

Terrorchi guruh nomi ham e’lon qilinmagan. Matbuot markazi xabariga ko‘ra, gumonlanuvchi jinoyat sodir etishga urinishdan oldin “xalqaro terrorchi tashkilot yetakchisiga sodiqlikka qasamyod qilgan”.

“Ushbu fakt bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi hamkor razvedka xizmatlari bilan birgalikda terrorchilik guruhining boshqa ishtirokchilariga nisbatan surishtiruv ishlarini olib bormoqda”, deyiladi xabarda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
43
0
qalampir.uz

Rossiya Mudofaa vazirligiga qarashli qurilish kompaniyasi rahbari qo‘lga olindi

Rossiya Mudofaa vazirligining Harbiy qurilish kompaniyasining 46 yoshli bosh direktori Andrey Belkov Moskvada qo‘lga olindi. U davlat mudofaa topshiriqlarini bajarishda mansab vakolatlarini suiiste’mol qilishda gumon qilinmoqda (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 285.4-moddasi). Bu haqda 24 iyul kuni huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayanib, “Kommersant” gazetasi xabar berdi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda o‘sha paytda maxsus ob’ektlar uchun Har

14 Aug 06:38
 
23
0
xs.uz

Putin Ukraina munosib javob olishidan ogohlantirdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina mamlakat janubiga bostirib kirib, Rossiya barqarorligiga putur yetkazmoqchiligini taʼkidladi. Unga koʻra, shu sabab Ukrainaga munosib javob beriladi. Oʻtgan hafta Ukraina kuchlari Rossiya chegarasini kesib oʻtib, Kursk viloyatining gʻarbiy qismlarini yorib kirdi. Ukraina harbiy qoʻmondoni uning kuchlari Rossiya hududining ming kvadrat kilometrga yaqinini nazorat qilayotganini aytdi. Moskva hujumni toʻxtatish uchun oʻz qoʻshinlarini joylashtir

20 Jul 21:01
 
84
0
xs.uz

Moʻjizaviy Bodrum: Dam olishga borishingiz uchun sabablar

Ajoyib plyajlarBodrum oʻzining shishadek tiniq koʻrfazlari bilan mashhur. Shaffof dengizi, oq qumli plyajlari va koʻk bayroqli qoʻltiqlari bilan dengiz sevuvchilarni lol qoldirib kelmoqda. Bitez, Gumushluk, Turkbuku va Yalikavak Bodrumdagi eng mashhur plyajlar qatoriga kiradi. Ushbu plyajlarda quyosh botishini tomosha qilish, suzish va suv sporti bilan shugʻullanish mumkin.Mazali taomlar Bodrum oshxonasi Egey va Oʻrta yer dengizi lazzatlarining kombinatsiyasidir. Yangi dengiz mahsulotla

22 Jul 08:45
 
87
0
qalampir.uz

Zelenskiy Rossiya bilan muzokara o‘tkazishga tayyor - CNN

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z xalqiga murojaat qilar ekan, ikki yildan ko‘proq vaqt oldin rasmiy Moskvaning keng miqyosli hujumlaridan beri birinchi marta Rossiya bilan muzokaralar olib borishga tayyor ekaniga shama qildi. Bu haqda SNN yozmoqda. Zelenskiy Moskvaga joriy yilning noyabr oyida o‘tkazishga umid qilayotgan navbatdagi tinchlik sammitiga delegatsiya yuborishni taklif qildi. O‘tgan oy Shveysariyada bo‘lib o‘tgan avvalgi tinchlik konferensiyasiga Rossiya taklif