Moʻjizaviy Bodrum: Dam olishga borishingiz uchun sabablar

Bodrum oʻzining shishadek tiniq koʻrfazlari bilan mashhur. Shaffof dengizi, oq qumli plyajlari va koʻk bayroqli qoʻltiqlari bilan dengiz sevuvchilarni lol qoldirib kelmoqda. Bitez, Gumushluk, Turkbuku va Yalikavak Bodrumdagi eng mashhur plyajlar qatoriga kiradi. Ushbu plyajlarda quyosh botishini tomosha qilish, suzish va suv sporti bilan shugʻullanish mumkin.
Mazali taomlar Bodrum oshxonasi Egey va Oʻrta yer dengizi lazzatlarining kombinatsiyasidir. Yangi dengiz mahsulotlari, zaytun moyidan tayyorlangan salatlar, gazaklar va mahalliy oʻtlardan tayyorlangan taomlar sizning didingizga manzur boʻlishiga ishonamiz! Bodrumdagi mahalliy restoranlarda bu noz-neʼmatlardan tatib koʻrish va ayniqsa dengiz boʻyidagi baliq restoranlarida ovqatlanish unutilmas oʻziga xos zavq bagʻishlaydi. Tungi hayot Bodrum jonli tungi hayoti bilan ham mashhur. Bar koʻchasi deb nomlanuvchi hududda turli xil barlar, tungi klublar va koʻngilochar joylar mavjud. Bodrum qalʼasi yonida joylashgan Galikarnas diskotekasi dunyodagi eng katta ochiq diskotekalardan biri boʻlib, bu yerda ertalabgacha raqsga tushish mumkin. Bodrum Marinadagi hashamatli maskanlar ham tashrif buyuruvchilarning koʻlidan joy olishga shak-shubha yoʻq!
Tabiat va sport faoliyati Bodrum tabiatda sayr qilish, velosipedda sayohatlar va suv sporti kabi koʻplab mashgʻulotlarni taklif etadi. Ayniqsa, Bodrum yarim orolidagi piyoda yurish yoʻllarida tabiat ixlosmandlari uchun kashf etilishini kutayotgan goʻzalliklar bisyor. Shuningdek, Bodrumning suv osti dunyosini dengizga shoʻngʻish orqali kashf qilish yoki suzish orqali dengizdan bahramand boʻlish mumkin. Xarid qilish Bodrumda xarid qilish mumkin boʻlgan koʻplab joylar mavjud. Bodrum bozori mahalliy hunarmandchilik, suvenirlar va yangi mahsulotlarga liq toʻla. Bundan tashqari, Bodrum Marina va bozorida koʻplab butik doʻkonlari va mashhur brendlarning doʻkonlari mavjud.
Turar joy Bodrum har bir byudjet uchun turar joy variantlari bilan boshqa dam olish maskanlaridan butkul farqlanadi. Hashamatli mehmonxonalardan butik mehmonxonalargacha, kvartiralardan yotoqxonalargacha boʻlgan koʻplab turar joy muqobillari mavjud. Dengiz boʻyidagi mehmonxonalarda qolib, ajoyib manzaradan bahramand boʻlish yoxud Bodrumning ichki qismlarida joylashgan mehmonxonalarda tinchroq dam mumkin. Xulosa Muxtasar qilib aytganda, Bodrum oʻzining tarixi, tabiati, plyajlari, taomlari va tungi hayoti bilan oilaviy maroqli hordiq chiqarish uchun munosib va noyob maskan. Ushbu maftunkor shaharda oʻtkazgan har bir daqiqangiz unutilmas xotiralarga boy boʻladi. Egey dengizining durdonasi Bodrumda dam olish hayotingizga oʻzgacha rang qoʻshadi va sizga energiya beradi. Rejalaringizni amalga oshirishda Bodrumni roʻyxatingizga qoʻshishni unutmang!
'
Yevropa “katta oʻyinga” qoʻshildi — Parijda Ukraina boʻyicha “koʻngillilar koalitsiyasi” yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Kecha Parijda bir qator diplomatik uchrashuvlar ham boʻlib oʻtdi va bu Ukrainadagi mojaroni tartibga solishning yangi bosqichini belgilab berdi. Shu kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AQSH Davlat kotibi Marko Rubio va AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoffni qabul qildi.Shu bilan birga, Parijda Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak, tashqi ishlar vaziri Andrey Sibixa va mudofaa vaziri Rustem Umerovdan iborat Ukraina delegatsiyasi hamda 30 ga yaqin davlat, jumladan, Fran
Oʻzbekistonning Bosniya va Gersegovinaga birinchi elchisi tayinlandi
Oʻzbekistonning Bosniya va Gersegovinaga tayinlangan birinchi Favqulodda va Muxtor Elchisi Baxtiyor Ibragimov ushbu davlat Prezidiumi raisi Jelka Sviyanovichga ishonch yorligʻini topshirdi. Bu haqida 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Tadbir chogʻida Oʻzbekiston va Bosniya va Gersegovina oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm sohalarida hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.'Bo
AQSH Ukrainaning “qarzini” uch barobarga kamaytirdi
Kiyev vakillari bilan muzokaralar yakuniga koʻra, AQSH Ukrainaga ajratilgan yordam uchun ajratilgan mablagʻlarni qaytarish boʻyicha oʻz talablarini uch barobarga qisqartirgan. Bu haqda 'Bloomberg' vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib xabar bermoqda.'Oʻtgan hafta Vashingtonda boʻlib oʻtgan muzokaralar yakuniga koʻra, prezident Donald Tramp maʼmuriyati koʻrsatilgan yordam miqdorini 300 milliard dollardan 100 milliard dollarga tushirdi', ' deyiladi manbada.Agentlik manbalariga koʻra, O
Isroilning navbatdagi hujumlari oqibatida Gʻazoda yana ellik nafardan ortiq odam halok boʻldi
Chorshanba kuni Isroilning Gʻazo sektoriga bergan navbatdagi zarbalari oqibatida halok boʻlganlar soni 50 nafardan oshdi. Bu haqda 'Al-Jazira' telekanali Falastin tibbiy manbalariga tayanib xabar tarqatdi.'Isroilning chorshanba kuni ertalabdan Gʻazoga bergan zarbalari oqibatida 56 kishi halok boʻldi', ' deyiladi manbada.Avvalroq, Gʻazo sektori shimolidagi Jabaliya shahri va shu nomdagi lagerning bombardimon qilinishi oqibatida 30 nafardan ortiq odam halok boʻlgani xabar qilingandi.Falastin