calendar 15 Apr 07:06
eye 66
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekistonning Bosniya va Gersegovinaga birinchi elchisi tayinlandi

image
Oʻzbekistonning Bosniya va Gersegovinaga tayinlangan birinchi Favqulodda va Muxtor Elchisi Baxtiyor Ibragimov ushbu davlat Prezidiumi raisi Jelka Sviyanovichga ishonch yorligʻini topshirdi. Bu haqida 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.

Tadbir chogʻida Oʻzbekiston va Bosniya va Gersegovina oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm sohalarida hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

'Bosniya va Gersegovina yetakchisi Jelka Sviyanovich Oʻzbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va ularning natijalarini yuqori baholadi', deyiladi agentlik xabarida.

Shuningdek, marosim davomida har ikki tomon munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichiga olib chiqishga tayyor ekanligini tasdiqlagan.

Eslatib oʻtamiz, Baxtiyor Ibragimov bungacha Oʻzbekistonning Avstriya, Albaniya va Slovakiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi sifatida akkreditatsiya qilingan edi. Xususan, diplomat 2023-yil noyabr oyida Avstriya Prezidenti Aleksandr Van der Bellenga, 2025-yil yanvar oyida Albaniya Prezidenti Bayram Begayga va shu yilning mart oyida Slovakiya Prezidenti Peter Pellegriniga oʻzining ishonch yorliqlarini topshirgan edi.

Shuningdek, Baxtiyor Ibragimov 2023-yil oktyabr oyida YEXHT, YUNODC, MAGATE va Yadro sinovlarini keng qamrovli taqiqlash toʻgʻrisidagi shartnoma tashkiloti kabi xalqaro tuzilmalar va BMTning Vena shahridagi boshqa institutlarida mamlakatimizning rasmiy vakili sifatida ham akkreditatsiyadan oʻtgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:27
 
127
0
xs.uz

Gʻazoda 300 mingdan ortiq falastinliklar surunkali kasallikdan aziyat chekmoqda

Gʻazodagi 300 mingdan ortiq falastinliklar turli surunkali kasalliklardan aziyat chekmoqda, deb xabar berdi 'Al Jazeera' nashri.Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gʻazodagi ekspertlari va tibbiyot xodimlari hamda xayriya tashkilotlari uzoq vaqtdan buyon Isroil kuchlarini Gʻazodagi tibbiyot xodimlari va tibbiyot muassasalarini qasddan nishonga olganlikda ayblab keladi.Ekspertlarning fikricha, Isroil kuchlarining bunday harakatlari Falastin aholisi uchun yashash sharoitlarini yaroqsiz qilishga

04 Jun 02:45
 
25
0
xs.uz

Isroil soʻnggi 8 kun ichida yordam markazlariga borgan 102 nafar falastinlikning html5-dom-document-internal-entity1-quot-endyostigʻini quritdihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end

Maʼlum qilinishicha, Isroil kuchlari ochlikdan azob chekayotgan falastinliklarni Gʻazo gumanitar jamgʻarmasi tomonidan boshqariladigan yordam markazlariga jalb qilgan. Ushbu markazlarga borgan falastinliklar Isroil askarlari tomonidan hujumga uchragan.Mazkur hujumlar oqibatda soʻnggi 8 kun ichida 102 nafar falastinlik halok boʻlgan. Yana koʻplab insonlar turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonaga joylashtirilgan.Gʻazo sogʻliqni saqlash vazirligi bergan maʼlumotlariga koʻra, Rafa

13 May 14:38
 
117
0
xs.uz

HAMAS AQSH fuqarosini ozod qildi. U soʻnggi tirik asir boʻlishi mumkin

HAMAS garovga olingan AQSH va Isroil fuqarosi hisoblangan Aleksander Idenni ozod qildi. 'The Times of Israel' nashrining xabar berishicha, Iden Xalqaro qizil Xoch qoʻmitasi xodimlariga topshirilgan. Hozirda u Isroil hududida.Taʼkidlanishicha, 20 yoshli Aleksander yaxshi jismoniy holatga ega emas, unda mushak distrofiyasi belgilari aniqlangan. 2023-yil oktyabr oyida qoʻlga olingan paytda Isroil armiyasida xizmat qilgan Aleksander Amerika fuqaroligiga ega boʻlgan HAMAS qoʻlidagi soʻnggi tiri

31 May 08:50
 
25
0
xs.uz

Kanadada 150 dan ortiq yongʻinlar nazoratdan chiqib ketdi

Yongʻinlar Saskatchevan va Manitobada avj olib bormoqda. Bunda iqlim oʻzgarishlari oʻtning kuchayishiga zamin yaratgan. Manitobaning oʻzida oʻrmon yongʻinlarining 22 ta yirik oʻchogʻi qayd etilgan. Ularning bittasi Flin-Flon shahri yaqinida kuchayib, qariyb 20 ming gektar hududni egallagan.Hozirda ikki provinsiyada ham favqulodda holat eʼlon qilinib, evakuatsiya ishlari ketmoqda. Koʻchirilganlar soni 17 mingga yaqinlashgan va bu soʻnggi yillardagi eng katta evakuatsiya hisoblanadi.Kan