calendar 14 Aug 06:38
eye 42
comments 0
comments Manba: xs.uz

Putin Ukraina munosib javob olishidan ogohlantirdi

image
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina mamlakat janubiga bostirib kirib, Rossiya barqarorligiga putur yetkazmoqchiligini taʼkidladi. Unga koʻra, shu sabab Ukrainaga munosib javob beriladi. Oʻtgan hafta Ukraina kuchlari Rossiya chegarasini kesib oʻtib, Kursk viloyatining gʻarbiy qismlarini yorib kirdi. Ukraina harbiy qoʻmondoni uning kuchlari Rossiya hududining ming kvadrat kilometrga yaqinini nazorat qilayotganini aytdi. Moskva hujumni toʻxtatish uchun oʻz qoʻshinlarini joylashtirib, harbiy zarba berdi. Rossiya Mudofaa vazirligi dushanba kuni Kursk shahriga qoʻshimcha kuchlar va resurslar kelganini maʼlum qilgan. 12-avgust kuni Zelenskiy Kursk ichida Ukraina harbiy kuchlari harakatlanayotganini ilk marotaba tasdiqladi. Avvalroq, Kursk gubernatori Aleksey Smirnov olti kunlik Ukraina hujumlari 28 ta aholi punktlariga zarar yetkazgani va hujum chegaradan taxminan 12 km ichkarida, 40 km kenglikda davom etayotganini maʼlum qilgan. Uning qoʻshimcha qilishicha, 12 nafar tinch aholi halok boʻlgan va 121 ming kishi evakuatsiya qilingan yoki jang maydonlarini tark etgan. Rejaga koʻra, 180 ming nafar aholi evakuatsiya qilinishi lozim. Viloyat gubernatori Vyacheslav Gladkovning soʻzlariga koʻra, dushanba kuni Rossiyaning Belgorod viloyatida ham evakuatsiya buyrugʻi chiqarildi. Bunga Kurs bilan chegaradosh Krasnaya Yaruga tumani Ukraina kuchlari tomonidan bosib olinishiga boʻlgan qoʻrquv sabab boʻlgan. Ukraina xavfsizlik xizmati Rossiya Kiyev harbiylarini urush jinoyatlarida yolgʻon ayblashga urinayotganini maʼlum qildi. Shuningdek, Moskva ham ikkinchi tomonni soxta operatsiyalar oʻtkazishda ayblamoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:22
 
18
0
xs.uz

Trampning bosimi Daniyaning mudofaa xarajatlarini oshirishiga sabab boʻldi

Kopengagen mudofaa xarajatlarini oshirib, ittifoqchilari bilan muzokaralar olib bormoqda. Shuningdek, Daniya Arktika va Shimoliy Atlantika mintaqasida harbiy ishtirokini kuchaytirish rejalarini oshkor qilgan.Mamlakat dushanba kuni xavfsizlik uchun qoʻshimcha 2 milliard AQSH dollaridan koʻproq mablagʻ ajratishni eʼlon qildi. Bu islohot Yevropa davlati AQSH prezidenti Donald Trampning Grenlandiya ustidan nazoratni topshirish talabiga qarshilik koʻrsatayotgan bir paytda eʼlon qilindi.'Yevropa

27 Jan 00:54
 
23
0
xs.uz

Tolibon rahbariyatini qoʻlga olish uchun Bin Ladenga eʼlon qilgandan koʻra koʻproq mukofot puli ajratamiz — AQSH davlat kotibi

AQSH Tolibonning yuqori martabali rahbarlarini qoʻlga olish uchun Usama bin Laden uchun belgilangandan kattaroq mukofot eʼlon qilishi mumkin, deb xabar bermoqda 'Newsweek' nashri.Maʼlumotlarga koʻra, Tolibon garovda ushlab turgan amerikaliklarning soni avval xabar qilingandan koʻproq boʻlishi mumkin. Agar bu maʼlumotlar oʻz tasdigʻini topsa AQSH Tolibon rahbariyatini qoʻlga olish uchun katta miqdordagi mukofot puli berishini eʼlon qilgan.Taʼkidlanishicha, Tolibon hukumati 2022-yilnin

31 Jan 15:22
 
22
0
xs.uz

Germaniya va Fransiya Daniyani qoʻllab-quvvatlaydi

Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen AQSH prezidenti Donald Trampning Grenlandiya ustidan nazoratni oʻz qoʻliga olish haqidagi tahdidlariga qarshi turishda yordam soʻrab, boshqa Yevropa davlatlaridan buni olganini aytdi.Aytish kerakki, Tramp Daniyaning avtonom hududi Grenlandiyani AQSH milliy xavfsizligi uchun muhim ekanini aytib kelar ekan, hududni egallash uchun harbiy kuch ishlatishni istisno qilishdan bosh tortgan.Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen seshanba kuni Yevropaning uchta poytax

31 Jan 15:22
 
18
0
xs.uz

Mudofaa va ichki ishlar vazirlari qatnashgan choʻmilish tadbirida 7 kishi vafot etdi – Hindiston

Hindistonda millionlab odamlarning bir vaqtda choʻmilishi oqibatida kamida 7 kishi vafot etdi. Bu mamlakatda oʻtkazilayotgan 'Kumbh Mela' festivalida fojia yuz berdi, deb xabar bermoqda 'NBS News' nashri.Xabarda aytilishicha, 29-yanvar kuni festival ishtirokchilari choʻmilish tadbirini oʻtkazmoqchi boʻlishgan. Millionlab odamlarning bir vaqtda choʻmilishga urinishi oqibatida ommaviy tiqilinch yuzaga keldi. Natijada 7 kishi vafot etib, oʻnga yaqin inson jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan