calendar 27 Jul 17:16
eye 76
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Shahzoda Garri xotini Meganga suiqasd uyushtirilishidan qo‘rqmoqda

image

Britaniya qiroli Charlz III ning kenja o‘g‘li shahzoda Garri agar uning rafiqasi, Sasseks gersoginyasi Megan Markl Buyuk Britaniyaga qaytib kelsa, unga nisbatan suiqasd uyushtirilishidan cho‘chimoqda. Bu haqda u ITV’ga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Shahzodaning aytishicha, Britaniya tabloidlari amerikalik aktrisaning salbiy obrazini yaratishi, bu ruhiy jihatdan nosog‘lom odamni ham jinoyat sodir etishga undashi mumkin.

Shahzoda Garri bir necha yildan buyon qirollik sudlarida Britaniya tabloidlariga qarshi urush olib bormoqda. Garri hattoki onasi malika Diananing o‘limida bir qator jurnalistlar hamda OAV nashrlarini ayblagan. 2023 yilning dekabr oyida Angliya va Uels Oliy sudi “Mirror Group Newspapers”ni qirollik oilasi, xususan, shahzoda haqida ma’lumot to‘plashda noqonuniy metodlarni qo‘llaganini isbotladi.

“Nima bo‘lishidan qat’i nazar, noto‘g‘ri ma’lumotlar hamda tabloidlar meni chin dildan tashvishga soladi. Va bu xotinimni mamlakatga qaytarishni istamasligimning sabablaridan biri”, degan shahzoda Garri.

Qayd etish joizki, 2022 yilda Yelizaveta II vafot etganida istalmagan kelin Megan Markldan qirolicha bilan vidolashishga kelmaslik so‘ralgan. O‘shanda shahzoda Garri otasining iltimosiga binoan qirolicha bilan xayrlashish uchun Shotlandiyaning Balmoral qasriga amerikalik rafiqasi Megan Marklsiz yolg‘iz o‘zi kelgandi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning may oyida Sasseks gersoginyasi Megan Markl Nigeriyada “Vindzor” libosida ko‘rinish bergani uchun ikkiyuzlamachilikda ayblandi. Gersoginya 2018 yilgi “Vindzor” kolleksiyasidan joy olgan, dizayner Xaydi Merrik tomonidan zeb berilgan libosini kiygani uchun tanqidga uchragan. Meganning xeyterlariga ko‘ra, shahzoda Garrining xotini qirollik vakolatlaridan voz kechgani uchun bunday kiyimlarni kiya olmaydi.

Netflix 2022 yilda shahzoda Garri va Megan Markl haqida hujjatli film olgandi. Ushbu filmdan shahzoda Garri va Megan Marklning shaxsiy fotosuratlari, ularning to‘y tantanalari, Megan homilador bo‘lgan vaqtda juftlikning Afrikaga amalga oshirgan safari namoyish etiladi. Qolaversa, Buyuk Britaniya Qirollik oilasi bilan ular birgalikda o‘tkazgan so‘nggi oilaviy tadbir va ularning yuqori lavozimni tark etgan kunlari ham hujjatli filmdan o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq shahzoda Garri va Megan Markl ikkinchi bor ota-ona bo‘lgani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Jul 15:12
 
116
0
xs.uz

Dmitriy Medvedev Ukraina prezidentini “xudosiz masxaraboz” deb atadi

U Zelenskiyning radikal millatchilar bilan aloqalari va Gʻarbning koʻmagi tinchlik muzokaralariga toʻsiq boʻlayotganini tilga olib, sulhning amalga oshishiga shubha bildirgan va Ukraina prezidentini 'xudosiz masxaraboz', deb atagan.Medvedev AQSH rahbariyatidagi oʻzgarish Ukraina elitasini muzokaralar sari undashi mumkinligini taʼkidlab, ammo bu Rossiyaga foyda keltirishiga shubha qildi. Uning aytishicha, Rossiya faqat Ukraina mojaro natijalarini tan olsa va NATOga aʼzolikni rad etsagina m

29 Jul 11:28
 
71
0
qalampir.uz

Maduro Venesueladagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi

Venesuelaning amaldagi Prezidenti Nikolas Maduro respublikadagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi. U uchinchi olti yillik muddatga qayta saylandi. Bu haqda Venesuela Milliy saylov kengashi raisi Elvis Amoroso ovoz berish natijalaridan so‘ng ma’lum qildi. Ovozlarning 80 foizi sanab chiqilgach, Maduroni 5 million 150 ming 92 nafar saylovchi yoki ovoz berganlarning 51,2 foizi qo‘llab-quvvatlagani ma’lum bo‘ldi. Maduroning asosiy raqibi, o‘ta o‘ng partiyalardan nomzod E

27 Jul 19:10
 
80
0
qalampir.uz

AQSH 2025 yilda Markaziy Osiyoga yordamni 10 foizga qisqartirishi mumkin 

Qo‘shma Shtatlar mintaqa bilan aloqalarni rivojlantirish niyatini e’lon qilganiga qaramay, 2025 yilda Markaziy Osiyo mamlakatlariga yordam mablag‘larini qisqartirishni rejalashtirmoqda. Buni Davlat departamenti tarkibiga kiruvchi Xalqaro hamkorlik agentligi (USAID)  rahbarining Osiyo bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Anjali Kaur ham tasdiqladi. Vakillar palatasining Tashqi aloqalar qo‘mitasida tinglash uchun tayyorlangan bayonot matniga ko‘ra, AQSH ma’muriyatining 2025 mol

15 Jul 12:03
 
47
0
xs.uz

Buyuk Britaniyada Jo Bayden prezidentlik poygasidan voz kechishga chaqirildi

Britaniyalik tadbirkor va milliarder Richard Brenson AQSH prezidenti Jo Baydenni prezidentlik poygasidan voz kechishga chaqirdi.Brensonning aytishicha, Amerikaning hozirgi rahbari estafetani mamlakat va insoniyatni olgʻa siljita oladigan yosh avlodga topshirishi kerak.'Hozir toʻgʻri qaror qabul qilish hamda Amerika va erkin dunyo uchun chetga chiqish uchun hali kech emas', deydi tadbirkor.Avvalroq, Pentagonning sobiq maslahatchisi polkovnik Duglas Makgregor Baydenning Vashingtondagi NATO samm