calendar 27 Jul 19:10
eye 81
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

AQSH 2025 yilda Markaziy Osiyoga yordamni 10 foizga qisqartirishi mumkin 

image

Qo‘shma Shtatlar mintaqa bilan aloqalarni rivojlantirish niyatini e’lon qilganiga qaramay, 2025 yilda Markaziy Osiyo mamlakatlariga yordam mablag‘larini qisqartirishni rejalashtirmoqda. Buni Davlat departamenti tarkibiga kiruvchi Xalqaro hamkorlik agentligi (USAID)  rahbarining Osiyo bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Anjali Kaur ham tasdiqladi.

Vakillar palatasining Tashqi aloqalar qo‘mitasida tinglash uchun tayyorlangan bayonot matniga ko‘ra, AQSH ma’muriyatining 2025 moliya yili uchun Markaziy Osiyo mamlakatlariga byudjet so‘rovi 18,9 million dollarni tashkil etadi. Ya’ni, bu 2023 moliya yilida ajratilganidan 10 foizga kamroq summadir.

Shu bilan birga, USAID vakili Kaurning ta’kidlashicha, Afg‘oniston va Pokistonni hisobga olmaganda, AQSH hukumati 2025 moliya yilida Janubiy Osiyo uchun 480,2 million dollar talab qilmoqda. Bu o‘tgan moliya yilida federal byudjetdan ajratilganidan 18,2 million dollar (4 foiz) ko‘pdir.

Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi Donald Lu esa o‘sha tinglovda Amerika Qo‘shma Shtatlarining Osiyoda birinchi raqamli ustuvor yo‘nalishi Hind va Tinch okeani mintaqalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ekanligini ta’kidlagan.

“Bizning ikkinchi raqamli ustuvor vazifamiz o‘tgan yili Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan sammitda Prezident Jo Bayden va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikka asoslanishdir”, degan Lu.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentga kelgan AQSH Xalqaro hamkorlik agentligi (USAID)  rahbari Samanta Pauer O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash va xususiy sektorni mustahkamlash uchun 14,2 million dollar ajratilishini e’lon qilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:03
 
66
0
xs.uz

Dunyoda maymun chechagi kasalligi yana avj ola boshladi — JSST

Maʼlum qilinishicha, kasallik shu yil 8-maydan 2-iyul sanasiga qadar Janubiy Afrika Respublikasida yashovchi 20 nafar bemorda aniqlangan. Infeksiya oqibatida 3 kishi hayotdan koʻz yumgan. Bu mintaqada 2022-yildan buyon qayd etilgan ilk holat.Bungacha besh kishiga maymun chechagi tashxisi qoʻyilgan, biroq oʻlim holatlari qayd etilmagandi. 2024-yilning 1-mayidan 31-mayiga qadar 26 ta davlatda ushbu virusni yuqtirgan 646 nafar bemor roʻyxatga olingan.Eng koʻp kasallanish koʻrsatkichlari Afri

15 Jul 12:02
 
31
0
qalampir.uz

Nigeriyada maktab binosi qulashi oqibatida 22 bola halok bo‘ldi

Kecha, 12 iyul kuni Nigeriyada Busa Buji jamoasiga tegishli, Saint akademiyasi qaramog‘idagi ikki qavatli maktab binosi qulashi oqibatida 22 bola halok bo‘ldi. Vayronalar ostida esa bino ichida bo‘lgan jami 154 kishi qolib ketgan. Bu haqda “The Hindu” xabar berdi. Halokat Plato shtatida ro‘y bergan. Eski va yaroqsiz holatga kelib qolgan maktab binosi devorlari darz ketib yorilishi oqibatida qulab tushgan. Baxtsiz hodisaning yuz berishiga inshootning juda uzoq muddat xizmat

26 Jul 10:19
 
36
0
qalampir.uz

Qirg‘izistonda firma nomlarida diniy so‘zlarni ishlatish taqiqlandi

Qirg‘izistonda firma nomlarida diniy so‘zlardan foydalanish taqiqlandi. Tegishli qonun Prezident Sadir Japarov tomonidan imzolandi.  Bunday qonun qabul qilinishining sababi firibgarlar investorlarning pullarini jalb qilish maqsadida shirkat nomlarida diniy atamalar ishlatgan. Taqiqlash ustavida asosiy maqsad daromad olishdan iborat bo‘lmagan diniy notijorat tashkilotlarga, shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarida nazarda tutilgan yuridik shaxslarga

15 Jul 12:02
 
42
0
qalampir.uz

NATOga a’zo bo‘lsakkina tinch uxlaymiz – Kuleba

Ukriana Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba NATOga qo‘shilish uchun mamlakat yana 75 yil kuta olmasligini aytdi. Bu haqda u SNN telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi. “Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi haqidagi va’da bajarilishi kerak, ammo ukrainaliklar buni yana 75 yil kuta olmaydi. Biz alyansga a’zo bo‘lganimizdagina to‘liq xursand bo‘lamiz va tinch uxlaymiz”, degan TIV rahbari. Shu bilan birga, vazirning ta’kidlashicha, so‘nggi ikki kun ichida